Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Klinik restavratsion stomatologiya

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60910100 - Stomatologiya
Oʻqish davomiyligi (yil) 5 Semestr 4
Fan nomi Klinik restavratsion stomatologiya Fan kodi KRS 13408
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    6    Baholash shakli oraliq: ogʻzaki
joriy: Workshop,Mustaqil taʼlim soatlari, Vazifa,topshiriq, Davomat
yakuniy: amaliy
Ajratilgan akademik soat hajmi 180 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
90
(aud)
90
(must)
12 78
 

2. Fan maqsadi

Mazkur fanning maqsadi talabalarni klinik fikrlash qobiliyatini oʻstirishga qaratilgan uslublarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar orqali, yaʼni tish qattiq toʻqima kasalliklarining kelib chiqish sabablari, rivojlanish mexanizmlari, klinikalari, tashxis va qiyosiy tashxislari va davolash usullari hamda ularni oldini olish chora-tadbirlarini oʻrgata borish va shakllantirishdan iborat.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Stomatologiyaga kirish ( SK1104)

2. Preklinik restavratsion stomatologiya ( PRS 11208)

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:     

  • ogʻiz va tish kasalliklari, ularning sabablari va davolash usullari haqida bilimga ega boʻlishlari kerak;
  • ovqatlanish tizimi va tishlarning anatomik strukturasini aniqlash va ularni baholashni bilishlari lozim;
  • kasallar bilan munosabatlarda etik tamoyillarni qoʻllash haqida bilimga ega boʻlishlari kerak;
  • klinik restavratsion stomatologiyada yangi tendensiyalar, metodlar va texnikalarni oʻrganish va ularni amaliyotda qoʻllash bilishlari kerak.

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • klinik restavratsion stomatologiyaning sirlarini oʻrganish;
  • fiziologiya va kasalliklar haqida umumiy tushuncha boʻyicha xulosalar chiqarish;
  • klinik restavratsion jarayonlarini oʻrganish.

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar
Agar mavzular tartibini ID bo'yicha qayta tartiblashni xohlasangiz, shu yerga bosing!
soatlar hajmi
1.

Nokarioz kasalliklar tasnifi. Tish to‘qimalarining follikulyar rivojlanish davrida yuzaga keladigan shikastlanishlar. Gipoplaziya. Giperplaziya.

  1. Yuzaga kelish sabablari bilan tanishish
  2. Kasallik kelib chiqish mexanizmi
  3. Klinika
  4. Davolash
  5. Profilaktika
2
2.

Tish to‘qimalarining follikulyar rivojlanish davrida yuzaga keladigan shikastlanishlar. Tishlarning rivojlanishi va chiqish davridagi anomaliyalar, ularning rangining o‘zgarishi.

  1. Yuzaga kelish sabablari bilan tanishish
  2. Kasallik kelib chiqish mexanizmi
  3. Klinika
  4. Davolash
  5. Profilaktika
2
3.

Tish to‘qimalarining follikulyar rivojlanish davrida yuzaga keladigan shikastlanishlar. Endemik flyoroz.

  1. Yuzaga kelish sabablari bilan tanishish
  2. Kasallik kelib chiqish mexanizmi
  3. Klinika
  4. Davolash
  5. Profilaktika
2
4.

Tish to‘qimalarining follikulyar rivojlanish davrida yuzaga keladigan shikastlanishlar. Tishlarning irsiy rivojlanish buzilishlari. Irsiy tugallanmagan amelogenez. Qisqa annotatsiya:

  1. Yuzaga kelish sabablari bilan tanishish
  2. Kasallik kelib chiqish mexanizmi
  3. Klinika
  4. Davolash
  5. Profilaktika
2
5.

Tish to‘qimalarining follikulyar rivojlanish davrida yuzaga keladigan shikastlanishlar. Tishlarning irsiy rivojlanish buzilishlari. Irsiy tugallanmagan dentinogenez.

  1. Yuzaga kelish sabablari bilan tanishish
  2. Kasallik kelib chiqish mexanizmi
  3. Klinika
  4. Davolash
  5. Profilaktika
2
6.

Nokarioz tish shikastlanishlari, tishlar chiqgandan keyin yuzaga keladigan: Ponasimon nuqson. Tish eroziyasi.

  1. Yuzaga kelish sabablari bilan tanishish
  2. Kasallik kelib chiqish mexanizmi
  3. Klinika
  4. Davolash
  5. Profilaktika
2
Jami 12
 

 

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va rejalar
Agar mavzular tartibini ID bo'yicha qayta tartiblashni xohlasangiz, shu yerga bosing!
soatlar hajmi
1.

Nokarioz kasalliklar paytida tishlarning kasallik tarixini himoyalash.  

  1. Nokarioz kasalliklar paytida tishlarning kasallik tarixini himoyalash
  2. Ambulator kartalar
  3. Bemorlarga beriladigan maʼlumotnom
6
2.

Nokarioz kasalliklar tasnifi. Tish to‘qimalarining follikulyar rivojlanish davrida yuzaga keladigan shikastlanishlar. Gipoplaziya. Giperplaziya.  

  1. Yuzaga kelish sabablari bilan tanishish
  2. Kasallik kelib chiqish mexanizmi
  3. Klinika
  4. Davolash
  5. Profilaktika
6
3.

Tish to‘qimalarining follikulyar rivojlanish davrida yuzaga keladigan shikastlanishlar. Tishlarning rivojlanishi va chiqish davridagi anomaliyalar, ularning rangini o‘zgarishi.  

  1. Yuzaga kelish sabablari bilan tanishish
  2. Kasallik kelib chiqish mexanizmi
  3. Klinika
  4. Davolash
  5. Profilaktika
6
4.

Tish to‘qimalarining follikulyar rivojlanish davrida yuzaga keladigan shikastlanishlar. Endemik flyoroz.  

  1. Yuzaga kelish sabablari bilan tanishish
  2. Kasallik kelib chiqish mexanizmi
  3. Klinika
  4. Davolash
  5. Profilaktika
6
5.

Tish to‘qimalarining follikulyar rivojlanish davrida yuzaga keladigan shikastlanishlar. Tishlarning irsiy rivojlanish buzilishlari. Irsiy tugallanmagan amelogenez.  

  1. Yuzaga kelish sabablari bilan tanishish
  2. Kasallik kelib chiqish mexanizmi
  3. Klinika
  4. Davolash
  5. Profilaktika
6
6.

Tish to‘qimalarining follikulyar rivojlanish davrida yuzaga keladigan shikastlanishlar. Tishlarning irsiy rivojlanish buzilishlari. Irsiy tugallanmagan dentinogenez.  

  1. Yuzaga kelish sabablari bilan tanishish
  2. Kasallik kelib chiqish mexanizmKlinika
  3. Davolash
  4. Profilaktika
6
7.

Nokarioz tish shikastlanishlari, tishlar chiqgandan keyin yuzaga keladigan: Ponasimon nuqson. Tish eroziyasi.  

  1. Yuzaga kelish sabablari bilan tanishish
  2. Kasallik kelib chiqish mexanizmi
  3. Klinika
  4. Davolash
  5. Profilaktika
6
8.

Nokarioz tish shikastlanishlari, tishlar chiqgandan keyin yuzaga keladigan: Tish qattiq to‘qimalarining nekrozi. Tish qattiq to‘qimalarining patologik yemirilishi.  

  1. Yuzaga kelish sabablari bilan tanishish
  2. Kasallik kelib chiqish mexanizmi
  3. Klinika
  4. Davolash
  5. Profilaktika
6
9.

Nokarioz tish shikastlanishlari, tishlar chiqgandan keyin yuzaga keladigan: Giperesteziya (kuchli sezuvchanlik).  

  1. Yuzaga kelish sabablari bilan tanishish
  2. Kasallik kelib chiqish mexanizmi
  3. Klinika
  4. Davolash
  5. Profilaktika
6
10.

Nokarioz tish shikastlanishlari, tishlar chiqgandan keyin yuzaga keladigan: Tishlarning pigmentatsiyasi va plaklari. Tishlarni oqartirish.  

  1. Yuzaga kelish sabablari bilan tanishish
  2. Kasallik kelib chiqish mexanizmi
  3. Klinika
  4. Davolash
  5. Profilaktika
6
11.

Nokarioz tish shikastlanishlari, tishlar chiqgandan keyin yuzaga keladigan: Tish travmalari. Tishning zararlanishi, Tishning chiqib qolishi, Sinishi. Kombinatsiyalangan travma. Surunkali travma.  

  1. Yuzaga kelish sabablari bilan tanishish
  2. Kasallik kelib chiqish mexanizmi
  3. Klinika
  4. Davolash
  5. Profilaktika
6
12.

Karioz va nokarioz kasalliklarni charxlashning kam invaziv usullari  

  1. Charxlashning kam invaziv usullari
  2. Qoʻllash usullari
  3. Koʻrsatmalar
  4. Qarshi koʻrsatmalar
6
13.

Tishlar qattiq to‘qimalari rezistentligini oshirish usullari. Fissuralarning tuzilishi. Fissuralarni germetizatsiyalash (muhrlash) usullari. Tish qattiq to‘qimalarini remineralizatsiya qilish usullari.  

  1. Tish qattiq toʻqimalarining rezistentligini (qarshiligini) oshirish usullari
  2. Fissuralarni germetizatsiyalash (muhrlash) usullari.
6
Jami 78

Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni
Agar mavzular tartibini ID bo'yicha qayta tartiblashni xohlasangiz, shu yerga bosing!
1.

Tishlarning nokarioz shikastlanishlari etiologiyasi va klinik xususiyatlariga ko‘ra tasniflash.

2.

Follikulyar rivojlanish davrida shakllanuvchi tish qattiq to‘qimalaridagi gipoplaziya va giperplaziyani tavsiflash.

3.

Klinik amaliyotda tishlarning rivojlanishi, chiqishi va rang o‘zgarishidagi anomaliyalarni aniqlash.

4.

Endemik flyorozning patogenezi, klinik namoyon bo‘lishi va davolash prinsiplarini tushuntirish.

5.

Irsiy tugallanmagan amelogenezning genetik tabiati va klinik xususiyatlarini aniqlash.

6.

Irsiy tugallanmagan dentinogenezning genetik tabiati va klinik xususiyatlarini aniqlash.

7.

Ponasimon nuqsonlar va tish qattiq to‘qimalarining eroziyasini klinik va etiologik belgilar asosida differensiyalash.

8.

Tish qattiq to‘qimalarining nekrozi va patologik yemirilishining sabablarini va namoyon bo‘lishini bayon etish.

9.

Tish giperesteziyasining mexanizmlari, diagnostika usullari va davolash variantlarini muhokama qilish.

10.

Tishlarning pigmentatsiyasi va plaklar sabablarini sanab o‘tish hamda ularni oqartirish usullarini umumlashtirish.

11.

Tish travmalari turlarini tasniflash va ularda birinchi yordam hamda davolashini tavsiflash.

12.

Turli nokarioz tish shikastlanishlari o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlarni taqqoslash.

13.

Klinik va rentgenologik belgilar asosida karioz va nokarioz shikastlanishlarni differensiyalash.

14.

Kovaklarni charxlashda kam invaziv usullar prinsiplari va qo‘llanishini tushuntirish

15.

Fissuralarning tuzilishini tavsiflash va profilaktik maqsadlarda ularni muhrlash va remineralizatsiya qilish usullarini qo‘llash.

  Talabalar fan boʼyicha mustaqil ishni xar bir mavzusini amaliy mashgʻulot, taqdimot slaydlar koʼrinishida topshiradi.

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

  1. Bekchanova O.E., Yusupalixodjaeva, S.X., Klinik Restavratsion Stomatologiya, o‘quv darsligi, Toshkent 2020.-267 b.
  2. Yusupalikxodjaeva S.X., Shukurova U.A., Prelinik restavratsion stomatologiya, O‘quv darsligi, Toshkent 2022.-341 b.

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. Komilov H.F., Yusupalikxodjaeva S.X., Fakultet terapevtik stomatologiya, o’quv darslik, Toshkent 2017.-753 b.
  2. Боровский Е.В., Иванов В.С., Maксимовский Ю.M., Maксимовская Л.Н. Teрапевтическая стоматология. Учебник. –Moskva, 2002. – 825 c.
  3. Maксимовский Ю.M. Фантомный курс терапевтической стоматологии. Aтлас. Учебное пособие. –Moskva, 2005. – 624 c.

7.3. Axborot manbaalari

  • www.stomatologu.ru
  • www. medlibrary.ru
  • www. medline.ru
  • www. meduniver.com
  • www.studfayl.net

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (10-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida amaliy shaklda olinadi.


8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
Kuzgi semestr
1WorkshopTalabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki52-13 hafta(lar) davomida
2Mustaqil ishTaqdimot / media / yozma / visual shakllarda amalga oshiriladi104-14 hafta(lar) davomida
3Vazifa / topshiriqlarEsse / hisobot koʻrinishida rasmiylashtiriladi104-13 hafta(lar) davomida
4DavomatTalabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.154-13 hafta(lar) davomida
Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish
Jami 40  
Oraliq imtihon (OI)
1. Ogʻzaki Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar bileti boʻyicha 20 10-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (YI)
1. Amaliy Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar: Muxtorov Ixvoljon Ibragimovich,
KUAF, Stomatologiya kafedrasi oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--
Xasanov Axmadjon Odiljon o`g`li,
KUAF, Stomatologiya kafedrasi oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--
Yangi muallif qo'shsh
Elektron pochta: iqbolibragimovich7707@gmail.com
drkhasanov773@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Stomatologiya kafedrasi
Taqrizchilar:

G.Qutliqova - Qoʻqon universiteti Andijon filiali Klinik fanlar kafedrasi mudiri k.m.n.dotsent, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--

M.Safarov - TDSI Gospital ortapediya kafedrasi mudiri t.f.d Professor, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--

Yangi taqrizchi qo'shsh
Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Dushanba – Seshanba - Payshanba, soat 15.00 – 17.00, 301 - xona

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Stomatologiya» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

 

       

(imzo)

Gʻ.Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

F.Turdiyev

Fakultet dekani

(imzo)

M.Abduraxmonova

Kafedra mudiri

(imzo)

I.Muxtorov

Fan oʻqituvchisi

       

(imzo)

A.O.Xasanov

Fan oʻqituvchisi

Ichki taqriz yuklanmagan
Tashqi taqriz yuklanmagan