Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

EKG asoslari

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60910300 - Pediatriya ishi
Oʻqish davomiyligi (yil) 6 Semestr 6
Fan nomi EKG asoslari Fan kodi EKGA2603
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi tanlov
Fan tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    3    Baholash shakli oraliq: Ogʻzaki
joriy: workshop/ talaba mustaqil ishi/ vazifa/topshiriqlar/davomat
yakuniy: Ogʻzaki
Ajratilgan akademik soat hajmi 90 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
44
(aud)
46
(must)
14 30
 

2. Fan maqsadi

Mazkur fanning maqsadi Fanni oʻqitishdan maqsad – talabani yurak elektr faoliyatini yozish, oʻqish va tahlil qilish boʻyicha bilim va amaliy koʻnikmalar bilan taʼminlash, normal hamda patologik EKG belgilarini farqlash, yurak ritmi va oʻtkazuvchanlik buzilishlarini aniqlash hamda EKG natijasidan asosli klinik xulosa chiqarishni oʻrgatishdir.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Normal fiziologiya (FZ13-408)

2. Odam anatomiyasi (AN11-312 )

3. Tibbiy va biologik fizika (TBF 1104)

4. Patologik anatomiya (PAN15-606)

5. Biokimyo (BK13-408)

6. Biokimyo (BK13-408)

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:     

  • Bilimlar jihatidan:
  • Elektrokardiografiya tekshiruvining fiziologik asoslari, yurak funksiyalari, tekshiruv maqsadi, kerakli jixozlari, oʻtkazilish texnikasi, EKG apparatini sozligini tekshirish
  • Bemorlarda elektrokardiografiya tekshiruvi klinik axamiyati, maqsadi va oʻtkazilish tartibi boʻyicha taʼsavvuriga ega boʻlishi
  • Elektrokardiografiya tekshiruvida EKG apparatini ishga yaroqliligini tekshirish, muolaja oʻtkazishga tayyorlash
  • Elektrokardiografiya tekshiruvini qadamma qadam oʻtkazish
  • Elektrokardiogramma toʻgʻri olinganligini tekshirish

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • Koʻnikmalar jihatidan:
  • EKG yozishni toʻliq bajarish – elektrodlarni toʻgʻri joylashtirish, apparatni sozlash va sifatli yozuv olish
  • Normal EKGni aniqlash – P-toʻlqin, QRS kompleksi, T-toʻlqin, PR, QT intervallari va ST segmentini topish va oʻlchash.
  • Yurak ritmi va chastotasini hisoblash – R-R oraligʻidan foydalanib ritm muntazamligi va yurak urish tezligini aniqlash.
  • Asosiy patologiyalarni aniqlash – aritmiyalar, blokadalar, ishemiya va elektrolit buzilishlari belgilarini farqlash.
  • Tibbiy xulosa tuzish – EKG natijasini qisqa, aniq va toʻgʻri tibbiy terminologiyada ifodalash

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Elektrokardiografiya asoslari

  1. EKG tarixi
  2. Kardiomiocitlar elektrofiziologiyasi, yurak elektr impulsining hosil boʻlish va tarqalish yoʻli
  3. Yurakning oʻtkazuvchi tizimi
2
2.

EKG apparati xaqida tushuncha

  1. Elektrodlar turlari, va fiksaciya joylari
  2. Bolani ECG ga tayorlash ECG registraciyasi texnikasi
2
3.

Bolalarda yoshiga xos normal ECG korsatkichlari

  1. P-toʻlqin, QRS kompleksi, T-toʻlqin, U-toʻlqin
  2. PR, QT, RR intervallari va ST segmenti
  3. Bolalarda yoshiga xos yurak urish tezligi
2
4.

Yurak ritmini baholash va yurak urish tezligini aniqlash

  1. R-R oraligʻi boʻyicha yurak urish tezligini hisoblash usullari
  2. Ritm muntazamligi va manbasini aniqlash
  3. Sinus, atrial, nodal va ventrikulyar ritmlar farqlari
2
5.

Aritmiyalar va o‘tkazuvchanlik buzilishlari

  1. Supraventrikulyar aritmiyalar: sinus taxikardiya, sinus bradikardiya, atrial fibrillyatsiya
  2. Ventrikulyar aritmiyalar: Ventrikulyar taxikardiya, fibrillyatsiya
  3. AV blokadalar (I, II, III darajalar)
  4. Tarmoqlar blokadasi (RBBB, LBBB) 2
2
6.

Aritmiyalar va o‘tkazuvchanlik buzilishlari

  1. Supraventrikulyar aritmiyalar: sinus taxikardiya, sinus bradikardiya, atrial fibrillyatsiya
  2. Ventrikulyar aritmiyalar: Ventrikulyar taxikardiya, fibrillyatsiya
  3. AV blokadalar (I, II, III darajalar)
  4. Tarmoqlar blokadasi (RBBB, LBBB)
2
7.

Klinik amaliyotda EKG tahlil algoritmi va xulosalash

  1. EKGni tizimli oʻqish bosqichlari (ritm, chastota, oʻtkazuvchanlik, oʻzgarishlar)
  2. Yurakning electr oʻqini aniqlash
  3. Artefaktlarni aniqlash va ularni bartaraf etish usullari
  4. Klinik holatlar asosida EKG tahlili
2
Jami 14
 

 

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

EKG asoslari va apparat bilan tanishuv  

  1. EKG nima, ishlash prinsipi, apparat qismlari
  2. Elektrod joylashuvi va 12-kanal yozish
2
2.

Yurakning elektr tizimi va fiziologiyasi  

  1. SA, AV tugun, Gis-Purkine tolalari
  2. Depolarizatsiya va repolarizatsiya
2
3.

EKG to‘lqinlari va segmentlari  

  1. P, QRS, T, U toʻlqinlari
  2. PR, QRS, QT oraligʻi va ularning normasi
2
4.

Normal EKGni o‘qish algoritmi  

  1. Ritm, yurak urish tezligi, elektr oʻq
  2. EKG tahlilining bosqichlari
2
5.

Sinus ritmlari va ularning buzilishlari  

  1. Sinus normal ritm
  2. Sinus taxikardiya, bradikardiya, aritmiyasi
2
6.

O‘tkazuvchanlik buzilishlari (bloklar)  

  1. AV blok (I, II, III)
  2. SA blok
  3. Tarmoqlararo bloklar (RBBB, LBBB) 2
2
7.

Supraventrikulyar aritmiyalar  

  1. Atrial fibrillyatsiya
  2. Atrial flutter (titrashi)
  3. PSVT
2
8.

Ventrikulyar aritmiyalar  

  1. Ventrikulyar taxikardiya
  2. Ventrikulyar fibrillyatsiya
  3. Idiyoventrikulyar ritm
2
9.

Bolalarda norevmatic karditning ECG korinishi  

  1. Electrick alternaciya
  2. Miokardda moddalar almashinuvi buzilishi, turli xil qamallar
2
10.

Yurak qorinchalarining erta qozg‘alishi sindromi  

  1. WPW, CLC, LGL,
  2. MAHAIMA sindromi va fenomeni
2
11.

Bolalarda yurak tug’ma nuqsonlari ECG korinishi  

  1. Qorinchalar aro va bolmachalar aro toʻsiq nuqsoni
  2. Dekstrokardiya, Yirik tomirlar transpoziciyzsi
2
12.

Elektrolit buzilishlari va dorilar ta’siri  

  1. Giper/gipokalemiya, giper/gipokalsemiya
  2. Digoksin va boshqa dorilar
2
13.

Bolalarda yurak aritmiyalari  

  1. Sinus taxikardiyasi va bradikardiyasi
  2. Ekstrasistoliya (yurakdan tashqarida paydo boʻladigan impulslar)
  3. Paroksizmal taxikardiyalar
2
14.

Artefaktlar va normal variantlar  

  1. Texnik xatolar
  2. Fiziologik oʻzgarishlar
2
15.

Noinvaziv ECG diagnostikaning usullari  

  1. Testlar,
  2. Dori sinamalari
  3. Xolter
2
Jami 30

Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni
1.

12-kanal EKG apparati va elektrodlarni to‘g‘ri joylashtirish texnikasi. Har bir elektrodning nomi, rangi va joylashuvi bo‘yicha chizma tayyorlash;

2.

Yurakning elektr o‘tkazuv tizimi va uning EKGda aks etishi. SA tugunidan Purkine tolalarigacha bo‘lgan jarayonni sxematik tasvirlash.

3.

EKG to‘lqinlari, segment va intervallarining normativ qiymatlari. Jadval va grafik shaklida taqdimot tayyorlash.

4.

Normal EKGni bosqichma-bosqich o‘qish algoritmi. Ritm, yurak urish tezligi, elektr o‘q va to‘lqin tahlili bo‘yicha refarat yozish.

5.

AV bloklar va tarmoqlararo bloklar. Har bir blok turining EKG belgilarini diagramma orqali ko‘rsatish.

6.

ST segment va T to‘lqin o‘zgarishlari. Ishemiyada uchraydigan asosiy o‘zgarishlarni misollar bilan tushuntirish.

7.

Miokard infarkti EKG belgilarini o‘rganish. O’tkir, o’tlir osti va eski infarkt EKGlarini taqqoslash jadvali tayyorlash.

8.

Elektrolit buzilishlarida EKG o‘zgarishlari. Giper/gipokalemiya va giper/gipokalsemiya belgilarini EKG misollari bilan taqdim etish.

9.

Artefaktlar va fiziologik variantlar. EKG yozishda uchraydigan texnik xatolarni aniqlash va oldini olish bo‘yicha tavsiyalar yozish.

  Talabalar fan boʼyicha mustaqil ishni taqdimot slaydlar, tahliliy maʼlumot, tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish, maqola, tezislar va maʼruza tayyorlash, amaliy mazmundagi nostandart masalalarni yechish va ijodiy ish koʼrinishida topshiradi.

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

  1. Abdurahmonov I.T. Синдром преждевременного воз буждения желудочков сердца у детей Monografiya. Andijon-2024. 166 стр.
  2. Макаров Л.М. - ЭКГ в педиатрии - Практическое руководство 265 стр.
  3. Херман Гутхайль, Ангелина Линдингер ЭКГ детей и подростков. Учебник 254 стр.
  4. Aбдигаффор Гадайев, Aбдунаби Разиқов, Матлуба Рахимова, Рустам Турақулов. Aмалий електрокардиография. Ўқув қолланма-2021. 190 б.

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. John R.Hampton. 150 ECG problems. Fourth edition 2013. O’quv qollanma

7.3. Axborot manbaalari

  • www.ziyonet.uz
  • www. islam.ru
  • www.bilim.uz.
  • www.gov.uz — Xukumat sayti
  • www.press-service.uz — Prezident sayti
  • www.edu.uz — Vazirlik sayti

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (10-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida Ogʻzaki shaklda olinadi.


8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
Kuzgi semestr
1WorkshopTalabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki52-13 hafta(lar) davomida
2Mustaqil ishTaqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi104-14 hafta(lar) davomida
3Vazifa / topshiriqlarTaqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi104-13 hafta(lar) davomida
4DavomatTalabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.154-13 hafta(lar) davomida
Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish
Jami 40  
Oraliq imtihon (OI)
1. Ogʻzaki Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha 20 10-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (YI)
1. Ogʻzaki Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar boʻyicha 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar: Abduraxmonov Ilxom Toshturgunovich,
KUAF, Klinik fanlar kafedrasi dotsenti, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--
Yangi muallif qo'shsh
Elektron pochta: Epinefrine89@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Klinik fanlar kafedrasi
Taqrizchilar:

G.Qutlikova - KUAF, Klinik fanlar kafedrasi mudiri, dotsent, PhD:

X.Musashayxov - Kafedra mudiri, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--

Yangi taqrizchi qo'shsh
Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Payshanba-juma, soat 15.00 – 17.00, 106 -xona

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Klinik fanlar» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

 

       

(imzo)

Gʻ.Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

F.Turdiyev

Fakultet dekani

(imzo)

G.Qutlikova

Kafedra mudiri

(imzo)

I.Abduraxmonov

Fan oʻqituvchisi

Ichki taqriz yuklanmagan
Tashqi taqriz yuklanmagan