![]() |
«TASDIQLAYMAN» Akademik ishlar boʻyicha prorektor I. Gʻ. Mamajonov ________________________ «____»________________ 2025-yil |
Bolalar kasalliklari propedevtikasi
fani boʻyicha sillabus
1. Umumiy maʼlumotlar
2. Fan maqsadi
Mazkur fanning maqsadi Fanning nazariy,uslubiy va amaliy koʻnikmalarini oʻzlashtirish yoʻli bilan talabani mustaqil faoliyatga tayyorlash,nazariy va klinik fanlar oʻzlashtirish uchun zarur poyevor yaratish. Talabalarga turli yoshdagi bolalar organizmining anatomik – fiziologik hususiyatlaridan kelib chiqqan xolda, aʼzolar va tizimlarini tekshirish usullari va ularning asosiy kasalliklari semiotikasi haqida bilim, koʻnikma va malakani shakllantirishdir.
3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar
1. Tibbiy biologiya. Umumiy genetika (TBUG11-06)
2. Odam anatomiyasi (OAN11-312)
4. Taʼlim natijalari
4.1. Bilimlar jihatidan:
- 1 Bilimlar jihatidan:
- Talabalarni nazariy bilimlar,amaliy kunikmalar,eng koʻp uchraydigan kasalliklar kelib chiqiqsh asoslarini.
- Kasalhonagacha boʻlgan davrda umumiy tashxislash tamoyillari,
- Kasallikni klinik koʻrinish,laborator va instrumental tekshiruv usullari,davolashi,reabilitatsiyasini oʻrganish.
- kasallikni oldini olish usullarini (profilaktiaksi).
- Sogʻlom turmush tarzini targʻibot qilishni bilish va koʻnikmalarini hosil qilish.
- Talabalarga bola organizmi aʼzolarining anatomik–fiziologik hususiyatlarini eʼtiborga olgan xolda;
- obʼektiv tekshirish usullarini oʻrgatish va amaliy koʻnikmalar hosil qilish;
- bola organizmining asosiy kasalliklari simptom va sindromlarini oʻrgatish;
- sogʻlom bolalarni ratsional ovqatlantirishning asosiy qoidalarini oʻrgatish.
4.2. Koʻnikmalar jihatidan:
- Koʻnikmalar jihatidan:
- Amaliy mashgʻulotlarning maqsadini aniq belgilab olish;
- Oʻqituvchining innovatsion pedagogik faoliyati boʻyicha bilimlarni chuqurlashtirish
- imkoniyatlariga talabalarda qiziqish uygʻotish;
- Talabada natijani mustaqil ravishda qoʻlga kiritish imkoniyatini taʼminlash;
- Talabani nazariy-metodik jihatdan tayyorlash va h.k.
5. Fan mazmuni
5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni
5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni
Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan
Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan
6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari
| № | Topshiriqlar mazmuni |
|---|---|
| 1. |
Bolalarda og‘iz bo‘shlig‘i, xalqum, qizilo‘ngach anatomo-fiziologik hususiyatlari.Bolalarda me’da, ichaklarni anatomo-fiziologik hususiyatlari. Ichaklar biotsenozi haqida tushuncha |
| 2. |
Bolalarda hazm tizimini instrumental tekshirish usullari |
| 3. |
Bolalarda buyraklarni anatomo-fiziologik hususiyatlari. Bolalarda siydik yo‘li, siydik pufagi, siydik chiqarish kanali anatomofiziologik hususiyatlari |
| 4. |
Bolalarda qon yaratish tizimi anatomo-fiziologik hususiyatlari. Xar xil yoshdagi bolalarda gemogramma |
| 5. |
Immunitet haqida tushuncha. |
| 6. |
Ko‘krak bilan ovqatlantirishni zamonaviy tamoyillari |
| 7. |
Sun’iy ovkatlantirish to‘g‘risida tushuncha |
| 8. |
Aralash ovkatlantirish to‘g‘risida tushuncha. Ustama ovqat |
| 9. |
Bir yoshdan katta bolalarni ovqatlantirish hususiyatlari |
| 10. |
Bolalar muassasalarida ovkatlantirish tamoyillari. |
Talabalar fan boʼyicha mustaqil ishni taqdimot slaydlar, tahliliy maʼlumot, tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish, maqola, tezislar va maʼruza tayyorlash, amaliy mazmundagi nostandart masalalarni yechish va ijodiy ish koʼrinishida topshiradi.
7. Foydalanilgan adabiyotlar:
7.1. Asosiy adabiyotlar
- “Bolalar kasalliklari propedevtikasi” – Ashurova D.T. va boshq. Darslik .2018y 434 b.
- “Преподевтика детских болезней” – Ашурова.D.T. и др. Учебник 2018 g. 375 ст.
7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar
- Abdullayeva M.E. Raxmanova U.X., Karimova A.A. Bolalar kasalliklari proprdevtikasi. – O’quv qullanma. - Toshkent.-2021 y.-317 b.
- “Пропедевтика детских болезней”- Учебник. Мазурин А.В.1999 й 412 ст
- Пропедевтика децких болезней. Мазурин А.В., Воронсов И.М., Учебник . 2 ое издание Санкт. П. 2009. 426 ст
- Жураева М.А., Валиева М.Ю.,Ганиева И.У., Ашуралиева М.А. Клиническая лабораторная дтагностика. Учебник, Т. 2020 378 ст
- Нуритдинова Г.Т., Инакова Б.Б., Абдуллаева М.Э.Основы ухода за здоровыми и болными новорожденными детми. Учебное пособие, Т.2020 185 ст
- Nuritdinova G.T., Inakova B.B., Abdullayeva M.E. Yangi tug‘ilgan sog‘lom va kasal chaqaloqlarni parvarish asoslari. O‘quv qo‘llanma, T.2020. 176 b
7.3. Axborot manbaalari
- www.ziyonet.uz
- www.medlincs.ru
- www.medbook.ru
- http:/www.labirint.ru/books
- http://www.pediatr-russia.ru
Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova
8. Fanni baholash mezoni va rejasi
8.1. Talabalar bilimini baholash turlari
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:
- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;
- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi;
- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;
- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.
Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (10-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.
Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi.
8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni
| № | Nazorat turlari | Izoh | Ball | Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi) |
|---|---|---|---|---|
| Joriy baholash (JB) | ||||
| Kuzgi semestr | ||||
| 1 | Workshop | Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki | 5 | 2-13 hafta(lar) davomida |
| 2 | Mustaqil ish | Taqdimot / media / yozma / visual shakllarda amalga oshiriladi | 10 | 4-14 hafta(lar) davomida |
| 3 | Vazifa / topshiriqlar | Esse / hisobot koʻrinishida rasmiylashtiriladi | 10 | 4-13 hafta(lar) davomida |
| 4 | Davomat | Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. | 15 | 4-13 hafta(lar) davomida |
| Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish | ||||
| Jami | 40 | |||
| Oraliq imtihon (OI) | ||||
| 1. | Ogʻzaki | Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha | 20 | 10-hafta |
| Jami | 20 | |||
| Yakuniy imtihon (YI) | ||||
| 1. | Ogʻzaki | Oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha | 40 | Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng |
| Jami | 40 | |||
| Jami | 100 | |||
8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi
| Baho | Foiz | GPA |
|---|---|---|
| A+ | 95-100 | 4.5 |
| A | 90-94 | 4.0 |
| B+ | 80-89 | 3.5 |
| B | 70-79 | 3.0 |
| C+ | 65-69 | 2.5 |
| C | 60-64 | 2.0 |
| F | 0-59 | 0 |
Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.
Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
- fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
- fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
- berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
- konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
- mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
- fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
- tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;
b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
- fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
- fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
- fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
- fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.
c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
- fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
- bayon qilish ravon boʻlmasa;
- fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
- fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
- fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
- fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
- fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
- fanni bilmasa.
9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar
|
1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi. 2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi. 3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas. 4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi. |
5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno. 6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi. 7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi. |
10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot
| Mualliflar: |
Aripova Nargiza Kazbekovna, KUAF, Klinik fanlar kafedrasi oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Yangi muallif qo'shsh |
|---|---|
| Elektron pochta: |
nargiz.aripowa@gmail.com |
| Tashkilot va kafedra: | Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Klinik fanlar kafedrasi |
| Taqrizchilar: |
A.G.Ganiyev - kafedras dotsenti, Tibbiyot fanlari nomzodi (Phd) Ganiyev A.G X.Shuxratbek - kafedra professori, Andijon davlat Tibbiyot institute Fakultet pediatriya va neonatologiya kafedrasi : Xakimov Sh.X. Yangi taqrizchi qo'shsh |
| Talabalarni erkin qabul qilish kuni: | Payshanba-juma, soat 15.00 – 17.00, 02 –xona |
Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.
Sillabus «Klinik fanlar» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.
|
(imzo) Gʻ.Xolbutayev Akademik ishlar departamenti boshligʻi |
(imzo) F.Turdiyev Fakultet dekani |
(imzo) G.Qutlikova Kafedra mudiri |
(imzo) N.Aripova Fan oʻqituvchisi |
