Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Axborot kommunikatsiya texnologiyalari

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60410500 - Moliya va moliyaviy texnologiyalar
Oʻqish davomiyligi (yil) 4 Semestr 1
Fan nomi Axborot kommunikatsiya texnologiyalari Fan kodi INF101
Taʼlim shakli masofaviy Fan turi majburiy
Fan tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    5    Baholash shakli oraliq: yozma
joriy: amaliy topshiriq
yakuniy: test
Ajratilgan akademik soat hajmi 150 Auditoriya soatlari taqsimoti amal
30
(aud)
120
(must)
30
 

2. Fan maqsadi

Mazkur fanning maqsadi talabalarga axborot kommunikatsiya texnologiyalari, zamonaviy axborot tizimlari, dasturiy taʼminot va ulardan foydalana olish koʻnikmalari, bulutli servislar xizmatlaridan foydalana olishi koʻnikmalari, matn muhariri, elektron jadvallar bilan ishlash dasturiy taʼminotlaridan foydalanish koʻnikmalari, elektron platformalar bilan ishlash koʻnikmalari hosil qilishdan iborat

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi.

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:     

  • kompyuter va undan foydalanish boʻyicha dastlabki bilimlarga ega boʻlish;
  • matn va jadval axborotlarni shakillantirish va qayta ishlash tushunchalari haqida bilimga ega boʻlishlari kerak;
  • maʼlumotlar bazasi haqida tushunchaga ega boʻlish;
  • Elektron hukumat haqida tushunchaga ega boʻlish;
  • elektron platformalar va ulardan foydalanish tushunchalariga ega boʻlish;
  • zamonaviy sunʼiy intellekt tizimlari va ulardan foydlanish dastlabki tushunchalariga ega boʻlish.

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • ofis dasturlari va ulardan foydalanishni bilishi;
  • elektron jadvallar va ulardagi maʼlumotlar bilan ishlash;
  • zamonaviy axborot tizimlari va ulardan samarali foydalanish;
  • zamonaviy sunʼiy intellekt tizimlari va ulardan foydalanish;

5. Fan mazmuni

Maʼruza mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Maʼruza oʻtish nazarda tutilmagan

 

 

5.1. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va rejalar
Agar mavzular tartibini ID bo'yicha qayta tartiblashni xohlasangiz, shu yerga bosing!
soatlar hajmi
1.

Fanga kirish. Zamonaviy AKT tushunchasi va tasnifi  

  1. Axborot texnologiyalarining mazmuni va mohiyati.
  2. Axborot texnologiyalarining rivojlanish bosqichlari.
  3. Iqtisodiyotda qoʻllanilayotgan AKT misollari.
2
2.

Axborot texnologiyalari infratuzilmasi.  

  1. Axborot texnologiyalari infratuzilmasi tushunchasi
  2. AKT infratuzilmasi komponentlari, texnik vositalarning turlari va tendensiyalari.
  3. Shaxsiy va bloknot kompyuterlarining texnik tasnifi.
2
3.

Iqtisodiyotda dasturiy mahsulotlar  

  1. Dasturiy mahsulot tushunchasi va uning iqtisodiyotdagi oʻrni
  2. Dasturiy mahsulotlarning tasnifi, operatsion tizimlar (Windows, Linux, Android, iOS), amaliy dasturlar.
  3. Amaliy dasturiy taʼminotlar
2
4.

Zamonaviy matn redaktorlari  

  1. Zamonaviy matn redaktorlarining rivojlanish tarixi
  2. MS Word va Google Docs imkoniyatlari, matnni formatlash, jadval va SmartArt.
  3. AI yordamida matnlar bilan ishlash.
2
5.

Jadval redaktorlari va iqtisodiy masalalar  

  1. Jadval redaktorlarida maʼlumotlar bilan ishlash, statistik tahlil qilish imkoniyatlari.
  2. Elektron jadvallarda grafik axborotlar bilan ishlash.
  3. Moliyaviy hisob-kitoblar (daromad, xarajat, foyda)
2
6.

MS Excelda ma’lumotlarni tahlil qilish  

  1. Excelʼda maʼlumotlar bilan ishlash imkoniyatlari
  2. Excel funksiyalari, umumlashtirish instrumentlari, tahlil usullari.
  3. Formulalar bilan ishlash.
2
7.

Taqdimotlarni ishlab chiqish vositalari  

  1. Taqdimot tushunchasi va uning ahamiyati
  2. PowerPoint va Google Slides afzalliklari.
  3. AIga asoslangan dasturlar yordamida taqdimotlar tayyorlash
2
8.

Tarmoqli texnologiyalari va Internet xizmatlari  

  1. Kompyuter tarmoqlari turlari, internet xizmatlari.
  2. Kompyuter tarmoqlarining turlari (LAN, MAN, WAN)
  3. Internet brauzerlari va qidiruv tizimlari
2
9.

Ma’lumotlar bazalari va ular bilan ishlash  

  1. Maʼlumotlar bazasini yaratish jarayoni
  2. Maʼlumotlar bazasi modellari va boshqarish tizimlari.
  3. Jadval yoki forma yordamida strukturalangan maʼlumotlar bazasi
2
10.

Sun’iy intellekt tizimlari  

  1. Sunʼiy intellekt tushunchasi va mohiyati
  2. ChatGPT, Grok, DeepSeek,
  3. Prezi, Gamma, iqtisodiyotda AI qoʻllanishi.
2
11.

Axborot tizimlari  

  1. Axborot tizimlarini yaratish va joriy etish
  2. Axborot tizimlarining vazifalari, komponentlari, tasnifi.
  3. Axborot tizimlarini qurilish tamoyillari
2
12.

Elektron hukumat  

  1. Elektron hukumat tushunchasi, jahon tajribasi, interaktiv xizmatlar.
  2. Oʻzbekistonda electron hukumat konsepsiyasini rivojlanishi.
  3. Elektron hukumatni rivojlantirishdagi muammolar va yechimlar
2
13.

Bulutli texnologiyalar  

  1. Bulutli texnologiyalar tushunchasi, turlari,
  2. Iqtisodiy sohada qoʻllaniladigan bulutli texnologiyalar.
  3. Bulutli texnologiyalar yordamida biznes jarayonlarni avtomatlashtirish
2
14.

Elektron biznes va mobil tijorat  

  1. Elektron tovarlar, elektron toʻlovlarning rivojlanishi
  2. Internet-banking, mobil tijoratni rivojlantirish omillari (dasturiy taʼminoti)
  3. Elektron tijorat platformalari (Click, Payme, Uzum, Amazon, eBay)
2
15.

Axborot xavfsizligini ta’minlash  

  1. Shaxsiy va korporativ axborotni himoya qilish
  2. Axborot xavfsizligi tushunchasi, kriptografiya usullari.
  3. Kiberhavfsizlik tushunchasi
2
Jami 30

Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni
Agar mavzular tartibini ID bo'yicha qayta tartiblashni xohlasangiz, shu yerga bosing!
1.

Axborot va ma’lumot tushunchasi

2.

Axborot turlari (analog va diskret)

3.

Zamonaviy AKT texnologiyalari klassifikatsiyasi

4.

Axborot texnologiyalarining rivojlanish tarixi

5.

Dasturiy ta’minot tushunchasi va turlari

6.

Microsoft Word dasturining imkoniyatlari

7.

Axborot tizimlari va ularning hayotiy sikli

8.

Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari

9.

Kompyuter viruslari va antivirus dasturlari

10.

Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish usullari

11.

Dasturiy xavfsizlik va autentifikatsiya

12.

Elektron hukumat va Yagona interaktiv davlat portali

13.

Internet tarmoqlari va protokollar

14.

Ijtimoiy tarmoqlar va ularning tahdidlari

15.

Ma’lumotlarni vizualizatsiya qilish turlari

16.

Samarali infografika yaratish vositalari

17.

PowerPoint: Taqdimotlar dizayni va animatsiya

18.

Datawrapper, Canva va boshqa vizualizatsiya vositalari

19.

Mashinaviy o‘rganish asoslari

20.

AI yordamida matn generatsiyasi: ChatGPT

21.

Rasmlar yaratish texnologiyalari: DALL·E, Flux AI

22.

Sun’iy intellekt etikasi va xavflari

23.

Dasturlash tillari: Python, Java, C++

24.

Veb dasturlash asoslari: HTML, CSS, JavaScript

25.

Bulutli ma’lumotlar bazasi va Google Sheets

26.

Aqlli qurilmalar va IoT ilovalari (Smart Home, Smart City)

27.

Bulutli texnologiyalar va bulutli xizmatlar (Google Drive, Microsoft OneDrive)

28.

Virtual va kengaytirilgan reallik (VR/AR)

29.

Blokcheyn texnologiyasi va kriptovalyutalar

30.

FinTech ilovalari (Click, Payme, Uzum)

  Mustaqil ishlar taqdimot koʻrinishida boʻlishi kerak

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

  1. Dadabaeva R., Nasridinova Sh., N.Shoaxmedova, Ibragimova L., Ermatov Sh. Axborot – kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar. “Sanoatstandart” nashriyoti. O‘quv qo‘llanma. – 2020. -T. – 552 bet.
  2. Трофимова Б.Б. Информационные системе и технологии в экономике и управлении: учебник для бакалавров. 4-е изд. М.: Идательство Юрайт. – 2019. – 544 с.

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. Востретсова Е.В.. Основы информационной безопасности. Учебное пособие. Екатеринбург, Издательство Уральского университета, – 2019.
  2. Kelly R., Brad Prince, Hugh J. Watson. Management Information Systems. – 3rd Ed. Wiley, – 2015. – 576 p.
  3. Kenneth C. Laudon, Jane P. Laudon. Management Information Systems: Managing the Digital Firm., 15 th ed., Pearson. – 2022. – 648 p

7.3. Axborot manbaalari

  • https://kitob.sies.uz
  • https://ru.scribd.com
  • https:// namdu.uz

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- . .

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi.


8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
Kuzgi semestr
1WorkshopTalabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki102-13 hafta(lar) davomida
2Mustaqil ishTaqdimot / media / yozma / visual shakllarda amalga oshiriladi154-14 hafta(lar) davomida
3Vazifa / topshiriqlarEsse / hisobot koʻrinishida rasmiylashtiriladi154-13 hafta(lar) davomida
Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish
Jami 40  
Oraliq imtihon (OI)
1. Yozma Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar bileti boʻyicha 20 8-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (YI)
1. Test Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar: Eraliyev Humoyun Mamirjon oʻgʻli,
KUAF, Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--
Yangi muallif qo'shsh
Elektron pochta: eraliyevhumoyunmirzo@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi
Taqrizchilar:

A.Medatov - ADU, Axborot texnologiyalari kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi

M.Abduvoxidov - KUAF, Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi dotsenti, t.f.f.d (PhD)

Yangi taqrizchi qo'shsh
Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, ______ – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

 

       

(imzo)

Gʻ.Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

S.Dadabayev

Fakultet dekani

(imzo)

N.Kabulov

Kafedra mudiri

(imzo)

Fan oʻqituvchisi

Ichki taqriz yuklanmagan
Tashqi taqriz yuklanmagan