Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

INTELLEKTUAL MULK ASOSLARI

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60610500 - Kompyuter-injineringi
Oʻqish davomiyligi (yil) 5 Semestr 6
Fan nomi INTELLEKTUAL MULK ASOSLARI Fan kodi INPROBAS6
Taʼlim shakli sirtqi Fan turi tanlov
Fan tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    6    Baholash shakli oraliq: yozma
joriy: amaliy topshiriqlar
yakuniy: test
Ajratilgan akademik soat hajmi 180 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
22
(aud)
158
(must)
12 10
 

2. Fan maqsadi

Mazkur fanning maqsadi Talabalarda − intellektual mulk sohasidagi asosiy tushunchalar, huquqiy asoslar, mualliflik huquqi, patent huquqi, sanoat mulki, tijorat sirlari va ularning himoyasi boʻyicha bilim va koʻnikmalarni shakllantirish, shuningdek, oʻzlarining ilmiy yoki ijodiy ishlari natijasida yaratilgan intellektual mulk obyektlarini huquqiy jihatdan muhofaza qilish imkoniyatlarini toʻgʻri baholash va qoʻllashga oʻrgatishdir.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Ma`lumotlar bazasini boshqarish tizimlari ((PCE202s).)

2. Obyektga yo`naltirilgan dasturlash ((DAT201).)

3. Elektronika va sxemotexnika ((PCE201s).)

4. Sun`iy intelekt asoslari ((FOA116MBK).)

5. Operatsion tizimlar ((OSYS16MBK).)

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:     

  • – intellektual mulkning mohiyati, turlari va huquqiy asoslarini tasavurga ega boʻlishi;
  • – mualliflik huquqi, patent huquqi, sanoat mulki kabi obyektlar boʻyicha asosiy bilimlarga ega boʻladi;
  • – Oʻzbekiston va xalqaro miqyosdagi intellektual mulkni tartibga soluvchi asosiy qonun va meʼyoriy hujjatlarni biladi;

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • – intellektual mulk obyektlarini aniqlash, huquqiy himoya qilish va rasmiylashtirish tartiblarini amaliyotda qoʻllay oladi;
  • – oʻzining ilmiy yoki ijodiy faoliyati natijasida yaratilgan intellektual mulk obyektlarini baholay oladi va ularni tijoratlashtirish imkoniyatlarini aniqlaydi.
  • – patent, mualliflik huquqi, tovar belgisi va boshqa intellektual mulk shakllari uchun zarur hujjatlarni mustaqil tayyorlay oladi;
  • – milliy va xalqaro intellektual mulk tizimlaridagi farqlarni anglaydi va ularni amaliyotda inobatga oladi;
  • – innovatsion gʻoyalarni himoya qilish va ularni bozorda muvaffaqiyatli joriy etish uchun huquqiy va iqtisodiy mexanizmlarni qoʻllay oladi;

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Ixtiro va lisenziyalash.

  1. Ixtiro va lisenziyalash. Intellektual faoliyat.
  2. Yangi gʻoya. Texnik echim
  3. Ixtiroga Oʻzbekiston Respublikasida patent va lisenziya berish uchun talabnoma tuzish qoidalari.
2
2.

Intellektual mulk asoslari fanining maqsadi va vazifalari

  1. Ilm-fan, texnika va innovatsion taraqqiyotda intellektual mulkning ahamiyati
  2. Globallashuv sharoitida huquqiy himoya zarurati
  3. Intelektual mulklarning turlari
2
3.

Intellektual mulk ob'ektlarini muhofazalash sohasidagi qonunchilik

  1. Ozbekiston respublikasidagi IMAlari ustidagi qonunchililar
  2. Intellektual mulk obʼektlarini muhofazalash.
  3. Mualliflik huquqi va sanoat mulki
2
4.

Ilmiy kashfiyotlar, uning ob’ektlari. EHM uchun dastur va ma’lumot bazalari

  1. Kashfiyot. Kashfiyot ustunligi.
  2. Kashfiyotlarni aniqlash.
  3. Dasturlar va maʼlumotlar bazalarining nusxalariga qonuniy egalik qilish.
4
5.

Sanoat namunalari. Mahsulot belgisi. Asosiy tushunchalar

  1. Sanoat namunasi.
  2. Sanoat namunasining estetik va (yoki) ergonomik xususiyatlarini belgilovchi muhim belgilari (alomatlari) majmui.
  3. Tovar belgilarini huquqiy muhofazasi. Intellektual mulk obʼekti.
2
Jami 12
 

 

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

EHM uchun dastur va ma'lumot bazalari.  

  1. Intellektual mulk obyekti sifatida dasturlar
  2. Markaziy boohsqaruv dasturlari
  3. EHM va maʼlumot bazalari uchun ariza topsirish tartibi.
2
2.

Ixtiro  

  1. Intellektual mulk obyekti sifatida ihtiro qidirish tizimlari
  2. Ixtiro va ixtiro usullari uchun ariza topsirish tartibi.
  3. Intelektual mulkning turlari
4
3.

Sanoat namunalari.  

  1. Mahsulot shakli, bezagi, rang-grafik yechimlari
  2. Rasmiy roʻyxatdan oʻtkazish tartibi
  3. Maxsulot uchun IMAda qoʻyilgan talablar
2
4.

Tovar belgisi.  

  1. Tovar belgisiga qoʻyiladigan talablar
  2. Tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi
  3. Tavar belgisiga qoʻyiladigan talablar
2
Jami 10

Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni
1.

Piracy (piratlik) va kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurash

2.

Intellektual mulk huquqlarini buzish uchun javobgarlik turlari

3.

Sud amaliyotida intellektual mulk nizolarini ko‘rib chiqish

4.

Startaplar uchun intellektual mulk strategiyasi

5.

Brending va intellektual mulk

6.

Sun’iy intellekt yaratgan asarlar va ularning huquqiy maqomi

7.

Insondagi intellektual qobiliyat.

8.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulk egasining xuquqi

9.

Intellektual salohiyati natijalariga va mulkchilik huquqi

10.

Intellektual mulk ob'ektlarini muhofazalash.

11.

Patent huquqi va fuqaro munosabatlari ishtirokchilarining individuallashtirish vositalarini muhofazalash..

12.

Mualliflik huquqi va sanoat mulki.

13.

EHM xotirisiga yozish va xotirasida saqlash, ko'rinib turgan xatolarini tuzatish huquqi

14.

Intellektual ijod natijalari.

15.

O'zbkistonda intellektual mulk ob'ektlarini huquqiy muhofazalash sohasidagi amaldagi Qonunchilik

16.

Kashfiyot. Kashfiyot ustunligi. Kashfiyotlarni aniqlash.

17.

O'zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksi va "mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risida"gi qonuni.

18.

Dasturlar va ma'lumotlar bazalarining nusxalariga qonuniy egalik qilish.

19.

Ixtiro va lisenziyalash. Intellektual faoliyat. Yangi g'oya. Texnik echim

20.

Intellektual mulkning iqtisodiy ahamiyati va innovatsion rivojlanishdagi o‘rni

21.

Sanoat mulki ob’ektlari: foydali model va sanoat namunalari

22.

Tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgilari, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi

23.

Geografik ko‘rsatkichlar va kelib chiqish nomlarini huquqiy muhofaza qilish

24.

Savdo sirlarini (know-how) himoya qilish va tijorat maxfiyligi rejimi

25.

Intellektual mulk sohasida xalqaro tashkilotlar (WIPO, WTO va boshqalar) roli

26.

Parij konvensiyasi, Bern konvensiyasi va TRIPS kelishuvi

27.

O‘zbekistonning xalqaro intellektual mulk tizimiga integratsiyasi

28.

Patent olish jarayoni: ariza berish, ekspertiza, ro‘yxatga olish

29.

Patent talabnomasi tuzish texnikasi va patent da’volari

30.

Litsenziya shartnomalari: turlari, shartlari, huquq va majburiyatlar

31.

Franchayzing va intellektual mulk

32.

Mualliflik huquqida erkin foydalanish holatlari (fair use)

33.

Raqamli muhitda mualliflik huquqlarini himoya qilish

  Elektron shaklda prezintatsiya tayyorlanadi

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

  1. Salixov S.A.. «Patentshunoslik, litsenziyalash va sertifikatlash» fani (darslik). T.: - TDIU, 2010 yil. 248 bet.
  2. Making Innovation Policy Work for Development. WIPO, 2024

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. O'zbekiston Respublikasining "ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to'g'risida"gi Qonuni.
  2. O'zbekiston Respublikasining "Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma'lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to'g'risida"gi Qonuni.
  3. Патентное право : учебное пособие / под ред. И. А. Близнеца. — М. : Юрайт, 2021.

7.3. Axborot manbaalari

  • www.fipsfips.ru
  • http://ep.espacenet.com com/
  • www.uspto.gov
  • www.jpo jpo-miti.go.jp

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (4-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi.


8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
Kuzgi semestr
1WorkshopTalabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki51-5 hafta(lar) davomida
2Mustaqil ishTaqdimot / media / yozma / visual shakllarda amalga oshiriladi102-5 hafta(lar) davomida
3Vazifa / topshiriqlarEsse / hisobot koʻrinishida rasmiylashtiriladi102-5 hafta(lar) davomida
4DavomatTalabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.151-5 hafta(lar) davomida
Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish
Jami 40  
Oraliq imtihon (OI)
1. Yozma Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar bileti boʻyicha 20 4-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (YI)
1. Test Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar: Kabulov Nozimjon Abdukarimovich,
Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi mudiri, texnika fanlari falsafa doktori, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--
Yangi muallif qo'shsh
Elektron pochta: kabulov69@mail.ru
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi
Taqrizchilar:

Dj.Muxitdinov - TDTU, Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish kafedrasi professori, texnika fanlari doktori

N.Alimqulov - KUAF, Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi dotsenti, t.f.f.d., (PhD)

Yangi taqrizchi qo'shsh
Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, ______ – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

 

       

(imzo)

Gʻ.Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

S.Dadabayev

Fakultet dekani

(imzo)

N.Kabulov

Kafedra mudiri

(imzo)

N.Kabulov

Fan oʻqituvchisi

Ichki taqriz yuklanmagan
Tashqi taqriz yuklanmagan