Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Iqtisodiy taʼlimotlar tarixi

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60410100 - Iqtisodiyot
Oʻqish davomiyligi (yil) 4 Semestr 1
Fan nomi Iqtisodiy taʼlimotlar tarixi Fan kodi ECON101
Taʼlim shakli masofaviy Fan turi majburiy
Fan tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    5    Baholash shakli oraliq: test
joriy: amaliy topshiriqlar,test
yakuniy: test
Ajratilgan akademik soat hajmi 150 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr
60
(aud)
90
(must)
60
 

2. Fan maqsadi

Mazkur fanning maqsadi talabalarga antik davrdan XXI asrgacha boʻlgan iqtisodiy gʻoyalarning rivojlanishi haqida umumiy maʼlumot berish; iqtisodchilar doimo duch kelgan va hal qilishga harakat qilgan muammolar mohiyatiga alohida eʼtibor berish; iqtisodchilarning muammolarni hal qilishdagi yondashuvlari uzluksizligi va oʻzgarishlarini tushunishga yordam beradi. Kursni muvaffaqiyatli tugatgandan soʻng talabalar iqtisodiy taʼlimotlar tarixidagi asosiy maktablar va tendentsiyalarni aniqlay olishlari, XIX-XX-asrlar iqtisodiy yondashuvlarining analitik asoslarini tushunishlari kerak.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi.

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:     

  • iqtisodiy kategoriyalar toʻgʻrisida tasavvurga ega boʻlishi;
  • iqtisodiy taʼlimotlar tarixidagi asosiy maktablar va tendensiyalarni ajrata olishlari;
  • iqtisodiy taʼlimotlar tarixi asoslarini bilishi.

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • makroiqtisodiy darajadagi vaziyatlarni tushinishi;
  • milliy iqtisodiyotning amal qilishi va rivojlanishi qonuniyatlarini bilishi kerak;
  • turli davrlar va jamiyatlarda paydo boʻlgan iqtisodiy fikrlar va taʼlimotlarning mamlakat rivojiga taʼsiri toʻgʻrisida bilishi;
  • iqtisodiy taraqqiyotga olib kelgan gʻoyalar va iqtisodiy siyosatning mazmunini, iqtisodiy rivojlanishning yuksalish va sustlashuv sabablarini, ijobiy gʻoyalarning iqtisodiy taʼlimot yoki nazariyalar darajasiga erishmaganligini, iqtisodiy gʻoyalari rivojidagi cheklanganlikni batafsil tahlil etish koʻnikmalariga ega boʻlishi;
  • turli davrdagi iqtisodiy gʻoyalarni umumlashtirish va tahlil etish, ulardan ilmiy- amaliy xulosalar chiqarish va takliflar bera olish, asosiy iqtisodiy kategoriyalarga berilgan taʼriflarning oʻsha davr va hozirgi zamon uchun ahamiyatini ochib berish, hozirgi zamonaviy iqtisodiy taʼlimotlar va nazariyalari bilan solishtira olish malakasiga ega boʻlishlari kerak.

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Iqtisodiy ta’limotlar tarixi faniga kirish

  1. Iqtisodiy taʼlimotlar tarixi fanining ahamiyati
  2. Iqtisodiy taʼlimotlarning asosiy yoʻnalishlari
  3. Ilk iqtisodiy qarashlarning shakllanishi
4
2.

Qadimgi dunyo iqtisodiy ta’limotlar

  1. Qadimgi sharqdagi iqtisodiy qarashlar
  2. Antik dunyodagi iqtisodiy qarashlar
4
3.

O‘rta asr davridagi iqtisodiy ta’limotlar

  1. Arab mamlakatlardagi iqtisodiy gʻoyalar
  2. Gʻarbiy Yevropadagi iqtisodiy gʻoyalar
4
4.

O‘rta Osiyodagi temuriylar davrigacha bo‘lgan iqtisodiy g‘oyalar.

  1. Forobiy asarlaridagi iqtisodiy gʻoyalar mohiyati.
  2. Beruniy asarlaridagi iqtisodiy taʼlimotlar.
  3. Yusuf Xos Hojib asarlaridagi iqtisodiy gʻoyalari.
4
5.

Amir Temur va temuriylar davridagi iqtisodiy g‘oyalar va iqtisodiy siyosat.

  1. Amir Temurning iqtisodiy qarashlari.
  2. Shoxruh Mirzo va Mirzo Ulugʻbek davridagi iqtisodiy islohotlar.
  3. Alisher Navoiy iqtisodiy taʼlimoti.
  4. Zahiriddin Muhammad Bobur va Boburiylar davri.
4
6.

Merkantalizm iqtisodiy ta’limoti

  1. Siyosiy iqtisodiyotning yuzaga kelishi
  2. Merkantalizm namoyondalari
  3. Merkantalizmning tarixiy ahamiyati
4
7.

Ilk klassik maktabning vujudga kelishi

  1. Klassik iqtisodiy maktabning paydo boʻlishining tarixiy shart-sharoitlari va uning tavsifi
  2. Angliya va Fransiyada klassik iqtisodiy maktabning vujudga kelishi
  3. U.Pettining iqtisodiy gʻoyalari
  4. A.Smit iqtisodiy nazariyalari.
  5. D. Rikardoning iqtisodiy taʼlimoti.
4
8.

Fiziokratlar

  1. F.Kenening iqtisodiy taʼlimoti
  2. F.Kenening “sof mahsulot” nazariy meʼrosi
  3. F.Kenening kapital va sinflar nazariyasi
  4. Iqtisodiyotning «sirli odаmi» Richard Kantilon
4
9.

Klassik iqtisodiy maktabga qarshi iqtisodiy g‘oyalar

  1. XIX ars iqtisodiy gʻoylarining shakllanishi
  2. Angliyadagi iqtisodiy qarashlar namoyondalari
  3. Fransiyadagi iqtisodiy qarashlar. J.B.Seyning iqtisodiy gʻoyalari
  4. Utopik qarashlar va ularning oʻziga xosligi
4
10.

Marjinalizm ta’limoti va neoklassik iqtisodiy maktab

  1. Marjinalizm iqtisodiy taʼlimotining shakllanishi
  2. Avstriya maktabi va uning xususiyatlari
  3. A.Marshal taʼlimoti
  4. Marjinalistik taʼlimotning ahamiyati
4
11.

Keyns va keynschilik

  1. Keyns taʼlimotining vujudga kelishi
  2. Keynschilik va neokeynschilik
  3. Keyns taʼlimotining hozirgi davrdagi ahamiyati
4
12.

Hozirgi zamon iqtisodiy ta’limotlarning asosiy yo‘nalishlari

  1. Institutsionalizm yoʻnalishi
  2. Nomukammal bozor taʼlimotlari
  3. Monetarizm va liberalizm
4
13.

Institutsionalizm yo‘nalishi mohiyati va ahamiyati

  1. Institutsionalizmning asosiy xususiyatlari
  2. T.Veblen va J.R.Kommons qarashlari.
  3. Uesli Kler Mitchell gʻoyalari
  4. Ijtimoiy-institutsional yoʻnalish evolyutsiyasi
4
14.

Jahon xo‘jaligi to‘g‘risida iqtisodiy ta’limotlar

  1. Xalqaro mehnat taqsimoti
  2. Xalqaro kapital harakati va investitsiyalar
  3. Xalqaro valyuta munosabatlar
4
15.

O‘zbekiston Respublikasining bozor munosabatlariga o‘tish konsepsiyasi

  1. Oʻzbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
  2. 6-reja
4
Jami 60
 

Amaliy ish mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Amaliy ish oʻtish nazarda tutilmagan

Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni
1.

Qadimgi Sharq, Yunon, Rim iqtisodiy qarashlari

2.

Skolastika va merkantilizm: asosiy g‘oyalar

3.

Fiziokratlar: Fransua Kene, Turgoning qarashlari

4.

Karl Marks: qo‘shilgan qiymat, ekspluatatsiya nazariyalari

5.

Iqtisodiy maktablar

6.

Bozor iqtisodiyotini shakllantirish bosqichlari

7.

Institutsionalizm yo‘nalishi

8.

Avstriya maktabi

9.

J.B.Seyning iqtisodiy g‘oyalari

10.

A.Smit iqtisodiy nazariyalari

11.

Angliya va Fransiyada klassik iqtisodiy maktabning vujudga kelishi

12.

Iqtisodiy o’sish to‘g’risidagi nazariyalar

13.

O‘zbekiston Respublikasining bozor munosabatlariga o‘tish konsepsiyasi

14.

Monetarizm

15.

Iqtisodiy ta‟limotlar tarixi fanining ahamiyati

  Mavzuning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot/media/yozma/viziual koʻranishida himoya qiladi. Guruh aʼzolari (komanda) uyushgan holda pedagog-oʻqituvchi tomonidan berilgan topshiriqni bajarib kelishadi. Guruhga qoʻyilgan umumiy ball, har bir aʼzo-talabaga qoʻyilgan individual ball sifatida qayd etiladi.

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

  1. Tashmatov.Sh.H. “Iqtisodiy ta’limotlar tarixi”. Darslik.; ‒T.: “Innovatsion rivojlanish nashriyot manbaa uyi”, 2021, 504 b.
  2. Mo'ydinov H.A. "Iqtisodiy ta'limotlar tarixi" O'quv qo'llanma-"Omadbek print number one" MCHJ. Andijon: 2025.-326 b.
  3. Axunov.M.A, Saidaxmedov N.X. “Iqtisodiy ta’limotlar tarixi”: O‘quv qo‘llanma/;; ‒A.: “Andijon nashriyot manbaa” MChJ, 2023, 220 b.

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. Asqarova M.T. va boshq. Makroiqtisodiyot. Darslik. –T.: Innovatsiyon rivojlanish nashriyot matbaa uyi, 2021. – 280 b.
  2. Yo‘ldashev.Q, Muftaydinov.Q, Abdurahmonov.V “Iqtisodiy ta’limotlar tarixi”. darslik,–T.: Iqtisodiyot, 2006, - 190 b.
  3. Islomov.A, Egamov. E, “Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” . O‘quv qo‘llanma..- T.: Iqtisodiyot Moliya Instituti.-2005-236 b.

7.3. Axborot manbaalari

  • https://ebook.tsue.uz/public/ebooks/ iqtisodiy_talimotlar_tarixi
  • https://arm-admin.xiuedu.uz/media/books/iqtisodiy_talimotlar_tarixi_1.pdf
  • https://imv.uz/

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Interaktiv mashgʻulot. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil taʼlim soatlarini bajarish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi;

- Amaliy topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi.


8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
Kuzgi semestr
1Interaktiv mashgʻulotTalabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki51-14 haftalar davomida
2Mustaqil taʼlim soatlarini bajarishTaqdimot / media / yozma / visual shakllarda amalga oshiriladi102-14 haftalar davomida
3Amaliy topshiriqlarEsse / hisobot koʻrinishida rasmiylashtiriladi103-14 haftalar davomida
4DavomatTalabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.151-14 haftalar davomida
Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish
Jami 40  
Oraliq imtihon (OI)
1. Test Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar bileti boʻyicha 20 8-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (YI)
1. Test Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar: Moʻydinov Xurshidbek ,
KUAF, Iqtisodiyot va moliya kafedrasi dotsenti, i.f.f.d., (PhD)
Yusupov Neʼmatillo Sayitturayevich,
KUAF, Iqtisodiyot va moliya kafedrasi oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--
Yangi muallif qo'shsh
Elektron pochta: Xurshidbek@gmail.com
proyekt.menejer.2023gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Iqtisodiyot va moliya kafedrasi
Taqrizchilar:

S.Maxmudov - KUAF, Iqtisodiyot va moliya kafedrasi professori v.v.b., --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--

A.Mamajonov - AQXAI, kafedra mudiri, i.f.f.d., professor, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--

Yangi taqrizchi qo'shsh
Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, ______ – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Iqtisodiyot va moliya» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

 

       

(imzo)

Gʻ.Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

B.Kurbonov

Fakultet dekani

(imzo)

I.Mitillayev

Kafedra mudiri

(imzo)

N.Yusupov

Fan oʻqituvchisi

       

(imzo)

X.Moʻydinov

Fan oʻqituvchisi

Ichki taqriz yuklanmagan
Tashqi taqriz yuklanmagan