![]() |
«TASDIQLAYMAN» Akademik ishlar boʻyicha prorektor I. Gʻ. Mamajonov ________________________ «____»________________ 2025-yil |
Mintaqaviy iqtisodiyot
fani boʻyicha sillabus
1. Umumiy maʼlumotlar
2. Fan maqsadi
Mazkur fanning maqsadi talabalarda mintaqaviy iqtisodiyotning mohiyati, mintaqalarning turli tabiiy - iqlim sharoitlari, iqtisodiy salohiyatlarini, bozor islohotlarini amalga oshirish avvalo hududiy darajada namoyon boʻlishini, mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda hududiy boshqaruv organlari maʼsuliyati va ularning vakolatlarini kengayishini hamda muhim iqtisodiy masalalar tarmoq, umumrespublika miqyosidan hududiy darajaga oʻtkazilishini amalda qanday borayotganini oʻrgatish boʻyicha yoʻnalish ixtisosligiga mos bilim, koʻnikma va malaka shakllantirishdan iborat
3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar
1. Iqtisodiyot nazariyasi (ECOTHE16)
3. Iqtisodiy siyosat (ECOPOL6)
4. Institutsional iqtisodiyot (INSEC06)
5. Jahon iqtisodiyoti (WOREC06)
4. Taʼlim natijalari
4.1. Bilimlar jihatidan:
- mintaqalarning hududiy va tarmoq tarkibiga taʼsir etadigan omillar, hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish indikatorlari guruhlashtirish haqida tasavvurga ega boʻlishi kerak;
- davlat hokimiyati vakolatlarini turli pogʻonalari oʻrtasida taqsimlashning mitaqalar iqtisodiy taraqqiyotiga taʼsiri haqida bilimga ega boʻlishi kerak;
- mintaqa moliyaviy mablagʻlari va ularning shakllanish xususiyatlarini bilishi lozim;
- mintaqaviy iqtisodiyot fanining nazariy asoslari va tadqiqot usullari haqida tasavvurga ega boʻlishi kerak.
4.2. Koʻnikmalar jihatidan:
- hududiy budjetdan tashqari fondlar, hududiy oʻz-oʻzini moliya bilan taʼminlash, hududlarning moliyaviy resurslari boʻyicha koʻnikmaga ega boʻlishi kerak;
- mintaqalarda atrof-muhitni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish koʻnikmasiga ega boʻlishi kerak;
- yalpi hududiy mahsulot va yalpi ichki mahsulot tushunchalari hamda ularni hisoblash koʻnikmasiga ega boʻlishi kerak;
- yalpi hududiyotni rivojlantirish reja va strategiyalari mohiyatini anglash koʻnikmasiga ega boʻlishi kerak.
5. Fan mazmuni
5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni
5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni
Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan
Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan
6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari
| № | Topshiriqlar mazmuni |
|---|---|
| 1. |
"Mintaqaviy iqtisodiyot" faniga kirish |
| 2. |
Ishlab chiqarish kuchlarini hududiy joylashtirishning ilmiy-nazariy 8 asoslari |
| 3. |
Mintaqaviy iqtisodiy oʻsishning nazariy asoslari 8 |
| 4. |
Milliy iqtisodiyotning hududiy tarkibi |
| 5. |
Mintaqalar iqtisodiyoti tarkibiy tuzilishi |
| 6. |
Mintaqaviy boshqaruv tizimi |
| 7. |
Mintaqalar tabiiy-iqtisodiy salohiyatini oʻrganish va baholash |
| 8. |
Mintaqalarning demografik va mehnat salohiyati |
| 9. |
Mintaqalar investisiya salohiyati |
| 10. |
Mintaqaviy moliya |
| 11. |
Urbanizatsiya va aglomerasiyalarning samaradorligi |
| 12. |
Mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini oʻrganish va baholash |
| 13. |
Mintaqaviy diagnostika |
| 14. |
Mintaqaviy rivojlanishni davlat tomonidan tartibga solish |
| 15. |
Mintaqaviy rivojlanishni prognozlashtirish va rejalashtirish |
| 16. |
Mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyalari |
| 17. |
Mintaqalarning rivojlanish strategiyasini ishlab chiqarish |
| 18. |
Mintaqalarning hududiy tarkibining tahlili |
Mustaqil ish referat, hisobot va taqdimot koʻrinishida topshiriladi va himoya qilinadi.
7. Foydalanilgan adabiyotlar:
7.1. Asosiy adabiyotlar
- Yakubov I.O., Mintaqaviy iqtisodiyot: Darslik. - T.: "Innovasion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi", 2022 - 280 bet
- Исламов А.А., Алимова Г.А., Халбеков А.М., Казаков А.А., Региональная экономика, Т.: O’zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik institute, 2020. 257 с
- Shadieva G.M., Sharipov T.S., Sultonov Sh.A., Artikov Z.S., Maxmudov L.U., Xazratov A.P., Musinov D.S.. Mintaqaviy iqtisodiyot. [Matn]: darslik / Samarqand iqtisodiyot va servis instituti – Samarqand.: «FAN BULOG’I» nashriyoti, 2023 - 442 bet.
7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar
- Zaxidov G.E. , Amirov L.F. ,Sadullaev T.X. , Raximov X.Sh., Mahalliy salohiyat va iqtisodiy rivojlanish siyosati. (Oʻquv qoʻllanma). -T.: "Innovasion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi", 2022- 198b.
- Yakubov I.O., Islomov A.A., Sunnatov M.N., "Mintaqaviy iqtisodiyot"- T.;TDIU, 2019. - 228b.
- Roberta_Capello, Seminal Studies in Regional and Urban Economics, Springer International Publishing AG 2017, 672 Pages
- Philip McCann, Modern Urban and Regional Economics. Oxford University Press Sean Fox y Tom Goodfellow (2016) Cities and Development. Routledge
- Под редакцией В.И.Гришина, Г.Ю.Гагариной. Региональная экономика, учебник. – М.: Кнорус 2015. – 264 с.
7.3. Axborot manbaalari
- www.gov.uz
- www.lex.uz
- www.academy.uz
- www.cer.uz
Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova
8. Fanni baholash mezoni va rejasi
8.1. Talabalar bilimini baholash turlari
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:
- Interaktiv mashgʻulot. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;
- Mustaqil taʼlim soatining bajarilishi. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki kichik guruhlarga boʻlingan holda berilgan mavzuni taqdimot koʻranishida yoritib, himoya qiladi. Guruh aʼzolari (jamoa) uyushgan holda pedagog-oʻqituvchi tomonidan berilgan topshiriqni bajarib keladi. Guruhga qoʻyilgan umumiy ball, har bir aʼzo-talabaga qoʻyilgan individual ball sifatida qayd etiladi.;
- Amaliy topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat/masala/topshiriqlarni fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;
- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.
Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (3-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.
Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida yozma shaklda olinadi.
8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni
| № | Nazorat turlari | Izoh | Ball | Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi) |
|---|---|---|---|---|
| Joriy baholash (JB) | ||||
| Kuzgi semestr | ||||
| 1 | Interaktiv mashgʻulot | Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki | 5 | 1-3 hafta(lar) davomida |
| 2 | Mustaqil taʼlim soatining bajarilishi | Taqdimot/media/yozma/vizual shakllarda amalga oshiriladi | 10 | 1-3 hafta(lar) davomida |
| 3 | Amaliy topshiriqlar | Fan boʻyicha masalalar yechish | 10 | 1-3 hafta(lar) davomida |
| 4 | Davomat | Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. | 15 | 1-3 hafta(lar) davomida |
| Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish | ||||
| Jami | 40 | |||
| Oraliq imtihon (OI) | ||||
| 1. | Yozma | Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar bileti boʻyicha | 20 | 3-hafta |
| Jami | 20 | |||
| Yakuniy imtihon (YI) | ||||
| 1. | Yozma | Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar | 40 | Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng |
| Jami | 40 | |||
| Jami | 100 | |||
8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi
| Baho | Foiz | GPA |
|---|---|---|
| A+ | 95-100 | 4.5 |
| A | 90-94 | 4.0 |
| B+ | 80-89 | 3.5 |
| B | 70-79 | 3.0 |
| C+ | 65-69 | 2.5 |
| C | 60-64 | 2.0 |
| F | 0-59 | 0 |
Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.
Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
- fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
- fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
- berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
- konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
- mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
- fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
- tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;
b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
- fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
- fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
- fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
- fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.
c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
- fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
- bayon qilish ravon boʻlmasa;
- fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
- fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
- fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
- fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
- fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
- fanni bilmasa.
9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar
|
1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi. 2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi. 3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas. 4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi. |
5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno. 6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi. 7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi. |
10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot
| Mualliflar: |
Iminov Zafarjon Maxammatibroximovich, KUAF, Iqtisodiyot va moliya kafedrasi katta oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Islamov Anvar Ashurqulovich, Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Iqtisodiyot va moliya kafedrasi dotsenti, i.f.n., --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Yangi muallif qo'shsh |
|---|---|
| Elektron pochta: |
z.iminoff@yandex.com a.islamov@gmail.com |
| Tashkilot va kafedra: | Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Iqtisodiyot va moliya kafedrasi |
| Taqrizchilar: |
S.Maxmudov - KUAF, Iqtisodiyot va moliya kafedrasi professori v.b., i.f.d., (DSc) A.Mamajonov - AQXAI, kafedra mudiri, i.f.f.d., professor, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Yangi taqrizchi qo'shsh |
| Talabalarni erkin qabul qilish kuni: | Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, ______ – xona. |
Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.
Sillabus «Iqtisodiyot va moliya» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.
|
(imzo) Gʻ.Xolbutayev Akademik ishlar departamenti boshligʻi |
(imzo) B.Kurbonov Fakultet dekani |
(imzo) I.Mitillayev Kafedra mudiri |
(imzo) Z.Iminov Fan oʻqituvchisi |
|||
|
(imzo) A.A.Islamov Fan oʻqituvchisi |
