![]() |
«TASDIQLAYMAN» Akademik ishlar boʻyicha prorektor I. Gʻ. Mamajonov ________________________ «____»________________ 2025-yil |
RAQAMLI TARIX FANI BOʻYICHA SILLABUS
fani boʻyicha sillabus
1. Umumiy maʼlumotlar
2. Fan maqsadi
Mazkur fanning maqsadi Tarix fani sohasida innovatsiyalar va raqamli texnologiyalarning tutgan oʻrni haqida muayyan tasavvurga ega boʻlishi, ularni bilishi va amaliyotda foydalana olishi kerak.Zamonaviy axborot texnologiyalarining umumiy imkoniyatlarini, tarix sohasida ulardan foydalanish koʻnikmalariga ega boʻlish
3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar
Boshlangʻich bilimlar uchun fan qoʻshish
1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi.
4. Taʼlim natijalari
4.1. Bilimlar jihatidan:
- Tarixshunoslikda raqamli texnologiyalarning ahamiyatini tushunadi va ularning fan sifatida shakllanishidagi oʻrnini izohlab bera oladi;
- Raqamli tarixning metodologik asoslarini, asosiy tushunchalari va yondashuvlarini tahlil qila oladi;
- Raqamli tarix doirasida axborot madaniyati, intellektual mulk va etik masalalar boʻyicha asosli pozitsiyani shakllantira oladi;
4.2. Koʻnikmalar jihatidan:
- – Raqamli manbalar bilan ishlash – elektron arxivlar, raqamli kutubxonalar va tarixiy hujjatlarning raqamlashtirilgan shakllarini topish, yuklab olish va tahlil qilish.
- – Maʼlumotlarni vizual koʻrinishda ifodalash – tarixiy axborotlarni grafik, jadval, xarita va infografika shaklida tayyorlash.
- – Texnik savodxonlik – asosiy raqamli vositalar, dasturiy taʼminotlar va onlayn platformalar bilan samarali ishlay olish.
5. Fan mazmuni
5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni
| № | Mavzu va rejalar Agar mavzular tartibini ID bo'yicha qayta tartiblashni xohlasangiz, shu yerga bosing! |
soatlar hajmi | Pos | |
|---|---|---|---|---|
| 1. |
Kirish. fanning maqsadi va vazifalari. Raqamli tarix fanining shakllanishi va taraqqiyoti
|
2 |
1 |
|
| 2. |
Tarix fanida axborot texnologiyalarining qo‘llanilishi. Elektron manbalarning tarixiy tadqiqotlardagi ahamiyati
|
2 |
2 |
|
| 3. |
Internet va uning tarixchi uchun imkoniyatlari. Tarixiy tadqiqotda qidiruv tizimlaridan foydalanish
|
2 |
3 |
|
| 4. |
Elektron kutubxonalar va arxivlar bilan ishlash
|
2 |
4 |
|
| Jami | 8 | |||
Amaliy ish mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Amaliy ish oʻtish nazarda tutilmagan
5.2. Seminar mashgʻulotlari mazmuni
| № | Mavzu va rejalar Agar mavzular tartibini ID bo'yicha qayta tartiblashni xohlasangiz, shu yerga bosing! |
soatlar hajmi | POS | |
|---|---|---|---|---|
| 1. |
Kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Raqamli tarix fanining shakllanishi va taraqqiyoti.
|
2 |
1 |
|
| 2. |
Elektron kutubxonalar va arxivlar bilan ishlash.
|
2 |
2 |
|
| 3. |
Tarixiy jarayonlarni modellashtirish va qayta tiklash. 3D modеllashtirishning tarixiy tadqiqotlarda qo‘llanilishi. Virtual muzeylar va ularning ahamiyati.
|
2 |
3 |
|
| Jami | 6 | |||
Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan
6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari
| № | Topshiriqlar mazmuni Agar mavzular tartibini ID bo'yicha qayta tartiblashni xohlasangiz, shu yerga bosing! |
POS | |
|---|---|---|---|
| 1. |
Raqamli tarix: tushuncha, shakllanish bosqichlari va metodologiyasi |
1 |
|
| 2. |
Tarixshunoslikda raqamli manbalar va ularning ishonchliligi |
2 |
|
| 3. |
Elektron arxivlar va ularning zamonaviy tarixiy tadqiqotlardagi o‘rni |
3 |
|
| 4. |
Tarixiy jarayonlarni GIS va raqamli xaritalash orqali tahlil qilish |
4 |
|
| 5. |
Sun’iy intellekt va mashinali o‘rganish vositalarining tarix fanidagi roli |
5 |
|
| 6. |
Tarixiy vizualizatsiya: infografika, vaqtliniyalar va interaktiv taqdimotlar |
6 |
|
| 7. |
Raqamli tarixiy loyihalarni yaratish va baholash mezonlari |
7 |
|
| 8. |
3D modellashtirish texnologiyalari yordamida tarixiy obidalarni tiklash |
8 |
|
| 9. |
Raqamli muzeylar va virtual ekskursiyalar: imkoniyat va muammolar |
9 |
|
| 10. |
O‘zbekistonda raqamli tarix tadqiqotlarining holati va istiqbollari |
10 |
|
| 11. |
Raqamli axborot xavfsizligi va intellektual mulk huquqlari tarixiy tadqiqotda |
11 |
|
| 12. |
Raqamli tarix va ommaviy tarix: ilmiylik va ommaboplik muvozanati |
12 |
|
| 13. |
Raqamli matn tahlili vositalari (Voyant Tools, NVivo va boshqalar) |
13 |
|
| 14. |
Raqamli tarixiy ma’lumotlar bilan ishlashda etik me’yorlar |
14 |
|
| 15. |
Tarix fanida raqamli kompetensiyalarni rivojlantirish yo‘llari |
15 |
|
Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki kichik guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot/media/yozma/viziual koʻrinishida himoya qiladi. Guruh aʼzolari (komanda) uyushgan holda pedagog-oʻqituvchi tomonidan berilgan topshiriqni bajarib kelishadi. Guruhga qoʻyilgan umumiy ball, har bir aʼzo-talabaga qoʻyilgan individual ball sifatida qayd etiladi.
7. Foydalanilgan adabiyotlar:
7.1. Asosiy adabiyotlar
- Dadamirzayeva G.A. Raqamli tarix: Barcha mutaxassislik yo‘nalishi talabalari uchun darslik. – Toshkent. Tamaddun, 2023. – 192 bet.
- Мўминов Х. Рақамли тарих дарслик – Тошкент: «Nurafshon business», 2022.- 276 б.
- Мўминов Х. Тарих фанида инновациялар: технологоялар, моделлар ва методлар дарслик. – Тошкент: Nurafshon business, 2020.
7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar
- Tog‘ayev J. Raqamli tarix. Uslubiy qo‘llanma. – Toshkent. Tamaddun, 2024. – 92 bet.
- Dadamirzayeva G.A. Raqamli tarix darslik. – Toshkent. O‘zkitobsavdo, 2023. – 194 bet.
7.3. Axborot manbaalari
- https://namdu.uz/media/Books/pdf/2025/01/17/NamDU-ARM-15178-Raqamli_tarix_.pdf
- https://scholar.google.com/citations?user=fGKLnlsAAAAJ&hl=ru
Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova
8. Fanni baholash mezoni va rejasi
8.1. Talabalar bilimini baholash turlari
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:
- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;
- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi;
- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;
- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.
Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (3-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.
Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida Ogʻzaki shaklda olinadi.
8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni
| № | Nazorat turlari | Izoh | Ball | Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi) | |
|---|---|---|---|---|---|
| Joriy baholash (JB) | |||||
| Kuzgi semestr | |||||
| 1 | Workshop | Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki | 5 | 1-3 hafta(lar) davomida | |
| 2 | Mustaqil ish | Taqdimot / media / yozma / visual shakllarda amalga oshiriladi | 10 | 1-3 hafta(lar) davomida | |
| 3 | Vazifa / topshiriqlar | Esse / hisobot koʻrinishida rasmiylashtiriladi | 10 | 1-3 hafta(lar) davomida | |
| 4 | Davomat | Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. | 15 | 1-3 hafta(lar) davomida | |
| Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish | |||||
| Jami | 40 | ||||
| Oraliq imtihon (OI) | |||||
| 1. | Ogʻzaki | Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar bileti boʻyicha | 20 | 3-hafta | |
| Jami | 20 | ||||
| Yakuniy imtihon (YI) | |||||
| 1. | Ogʻzaki | Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar | 40 | Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng | |
| Jami | 40 | ||||
| Jami | 100 | ||||
8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi
| Baho | Foiz | GPA |
|---|---|---|
| A+ | 95-100 | 4.5 |
| A | 90-94 | 4.0 |
| B+ | 80-89 | 3.5 |
| B | 70-79 | 3.0 |
| C+ | 65-69 | 2.5 |
| C | 60-64 | 2.0 |
| F | 0-59 | 0 |
Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.
Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
- fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
- fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
- berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
- konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
- mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
- fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
- tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;
b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
- fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
- fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
- fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
- fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.
c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
- fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
- bayon qilish ravon boʻlmasa;
- fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
- fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
- fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
- fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
- fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
- fanni bilmasa.
9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar
|
1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi. 2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi. 3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas. 4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi. |
5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno. 6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi. 7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi. |
10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot
| Mualliflar: |
Mamajanov Azizbek Alisher oʻgʻli, KUAF, Tarix va ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti, t.f.f.d (PhD) Xomidov Dilshodbek Ilxomjon oʻgʻli, KUAF, Tarix va ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti, t.f.f.d (PhD) Yangi muallif qo'shsh |
|---|---|
| Elektron pochta: |
azizbekmamajonov90g mail.com dilshodbekxomidov@gmail.com |
| Tashkilot va kafedra: | Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Tarix va ijtimoiy fanlar kafedrasi |
| Taqrizchilar: |
B.Tojibayev - Boʻlim boshligʻi, dotsent O.Komilov - Professor, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Yangi taqrizchi qo'shsh |
| Talabalarni erkin qabul qilish kuni: | Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, ______ – xona. |
Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.
Sillabus «Tarix va ijtimoiy fanlar» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.
|
(imzo) Gʻ.Xolbutayev Akademik ishlar departamenti boshligʻi |
(imzo) S.Dadabayev Fakultet dekani |
(imzo) B.Tojibayev Kafedra mudiri |
(imzo) A.Mamajanov Fan oʻqituvchisi |
|||
|
(imzo) D.Xomidov Fan oʻqituvchisi |
