Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Psixologik konsultatsiya va psixokorreksiya

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60310900 - Psixologiya
Oʻqish davomiyligi (yil) 5 Semestr 8
Fan nomi Psixologik konsultatsiya va psixokorreksiya Fan kodi PSYConM406
Taʼlim shakli sirtqi Fan turi majburiy
Fan tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    6    Baholash shakli oraliq: test
joriy: amaliy topshiriqlar
yakuniy: amaliy
Ajratilgan akademik soat hajmi 180 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
24
(aud)
156
(must)
12 12
 

2. Fan maqsadi

Mazkur fanning maqsadi talabalarga professional aloqa oʻrnatish va yordam berish sharoitlari, asosiy insoniy muammolarii psixologik tushunish, shuningdek, kasbiy koʻnikmalarni takomillashtirish tugʻrisida maʼlumotlar berishdan iborat.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Umumiy psixologiya (Gen PSYM01)

2. Rivojlanish psixologiyasi (Dev PSY M 106)

3. Amaliy psixologiya (PracPsyM206)

4. Psixologik trening asoslari (BasPsyM206)

5. Psixodiagnostika (PsyDiagM206)

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:     

  • psixokonsultatsiya va psixokorrektsiya sohasiga doir nazariyalar va ilmiy tushunchalar haqida bilimga ega boʻlishi lozim;
  • psixologik muammo va uning yechimlari, yosh davrlariga oid konsultatsiya turlari, konsultativ yordam tamoyillariga oid bilimlar shakllantiriladi;
  • konsultativ taʼsir etish texnologiyasi, konsultatsiya bosqichlari, psixologik konsultatsiyaning maxsus muammolari boʻyicha nazariy bilimlarni egalashi talab etiladi;
  • psixologik korreksiya, psixoterapiya, psixologik trening tushunchalarining nisbati, psixologikkorreksiyani tashkil etishning metodologik asoslari, psixologikkorreksiyani tashkil etish uchun psixologoik maʼlumotlarni olish xususiyatlarini bilishi kerak.

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • konsultativ taʼsir etish texnologiyasi usullarini qoʻllashni tasavvur eta olishi kerak;
  • yetakchi zamonaviy konsultativ nazariyalar hamda texnologiyalarni taʼlqin qila olgan xolda koʻnikmalarni shakllantirish;
  • korreksion ishlar koʻrinishlari yuzasidan malakasiga ega boʻlishi kerak;
  • yoshga oid psixokorreksion ishlarning oʻziga xosligini tushinib, amaliyotda qoʻllay olish malakasiga ega boʻlishi lozim.

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Psixologik konsultatsiyaning asosiy tushunchalari va predmeti.

  1. Konsultativ psixologiya va psixokorreksiya fanining vujudga keligi va rivojlanishi.
  2. Psixologik konsultatsiyaning predmeti va vazifalari.
  3. Psixologik trening, psixoterapiya,psixologik korreksiya, diagnostika kabi turli koʻrinishdagi psixologik yordamni qiyosiy tahlil qilish.
2
2.

Psixologik muammo. Konsultativ yordam tamoyillari

  1. Psixologik muammo турлари.
  2. Konsultativ vazifalar. Psixologik talab.
  3. Muammoli vaziyat va patsientning shikoyatlari tahlili.
  4. Tipik talablar klassifikatsiyasi.
  5. Muammolarni identifikatsiyalash.
  6. Psixologik diagnoz muammolari.
  7. Konsultativ yordam tamoyillariнинг ўзига хослиги
  8. “Konsultativ alyans”. “Muammoli diagnostika”.
  9. Psixologik vositachilik.
  10. Nomunipulyativ yondashuv
  11. Patsientni oʻz oʻziga yoʻnaltirish
2
3.

Konsultatsiya bosqichlari. Konsultativ ta’sir etish texnologiyasi

  1. Konsultatsiyani oʻtkazish bosqichlari va strukturasi.
  2. Patsient bilan tanishish va suhbatni boshlash.
  3. Konsultativ taxminni tekshirish va ifodalash.
  4. Suhbatni tugatish
  5. Konsultatsiyani oʻtkazishning besh qadamli modeli.
  6. Konsultatsiya oʻtkazish mikrotexnikalari.
  7. Psixologik qoʻllab-quvvatlash vositalari.
  8. Faol tinglash.
  9. Yashirin fikr va hislarni aniqlash
2
4.

Psixologik konsultatsiyaning maxsus muammolari. Konsultatsiya amaliyotidagi ayrim yoʻnalishlar

  1. Xavotirlangan patsientlar konsultatsiyasi.
  2. Fobiya va qoʻrquv holati konsultatsiyasi.
  3. Tajovuzkor va qasoskorlik kayfiyatidagi patsientlar psixologik konsultatsiyasi.
  4. “Motivatsiyalashmagan” patsientlar konsultatsiyasi.
  5. Turli xulq-atvorga ega patsientlar bilan konsultatsiya tashkillash
  6. Turli madaniy va etnik olam vakillariga konsultatsiyani joriy qilish.
  7. Ayrim madaniy guruh vakillariga konsultatsiyani joriy qilishning oʻziga xosligi.
  8. Yoshga oid hamjihatlik konsultatsiyasi.
  9. Individual va guruhiy konsultatsiya.
2
5.

Yetakchi zamonaviy konsultativ nazariyalar va texnologiyalar talqini

  1. Psixoanalitik konsultatsiya.
  2. Klassik psixoanaliz.
  3. Adlerian konsultatsiya.
  4. Konsultatsiyada shaxslilik-markazda yondashuvi.
  5. K.Rodjersning shaxslilik-markazda yondashuvi.
  6. Ekzistensial konsultatsiya.
  7. Olimlar yondashuvlariga oid konsultatsiya turlari.
2
6.

Korreksion ishlar koʻrinishlari va tushunchalari

  1. Psixologik korreksiya, psixoterapiya, psixologik trening tushunchalarining nisbati.
  2. Psixokorreksion jarayonining maqsad va vazifalari.
  3. Psixologikkorreksiyani tashkil etishning metodologik asoslari.
  4. Psixologikkorreksiyani tashkil etish uchun psixologoik maʼlumotlarni olish xususiyatlari.
  5. Guruhiy psixokorreksiyaning asosiy metodlari.
2
Jami 12
 

 

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Psixologik konsultatsiya va psixokorreksiyaning asosiy tushunchalari va predmeti. Psixologik muammo.  

  1. Psixologik konsultatsiya talablari
  2. Konsultantga qoʻyiladigan talablar
  3. Mijoz va ishonch.
  4. Psixologik muammo yoki psixologik muammoli vaziyat haqida tushuncha
  5. Muammo turini aniqlash (muammoli dinamika, muammoli tana, muammoli fikrlash, muammoli yashash tarzi,muammoli obraz)
  6. Psixologik muammo tiplariga doir masalallar yechish (individga oid,subʼektiv, shaxsiy, individual muammolar)
  7. S.S . Xudoyan kdassifikatsiyasiga muvofiq psixologik muammo turini aniqlash
2
2.

Konsultativ yordam tamoyillari. Konsultatsiya bosqichlari. Konsultativ ta’sir etish texnologiyasi  

  1. Yu. Ye. Alyoshina boʻyicha anʼanaviy psixologik konsultatsiya tamoyillari
  2. Mijozga nisbatan doʻstona va tanqidsiz munosabat oʻrnatish texnikasi.
  3. Psixologning mijozning meʼyorlari va qadriyatlariga yoʻnaltirilishi tamoyili oid amaliy mashqlar
  4. Maslahat berishni taqiqlash tamoyiliga oid bilimlarni shakllantirish
  5. Anonimlikni saqlash qoidalari
  6. Shaxsiy va professional munosabat chegaralari va uni saqlash qoidalari
  7. Mijoz bilan tanishish bosqichi texnikasi
  8. Haqoniy muammonianiqlash bosqichida qoʻllaniladigan texnika va iboralar
  9. Muammo bilan ishlash bosqichida mijozning psixologik xolatini yaxshilash usullari
  10. Konsultatsiyani yakunlash bosqichining oʻziga xos tomonlari.
  11. Individual psixologik maslahat berish texnikasi (faol eshitish, ovozsiz tinglash, maʼlumotlarni teskari aloqasi, ochiq savollar, yopiq savollar, muqobil savollar, yumshoq intervyu, xissiyotlar aksi, xissiyotlarni boshqarishga koʻmaklashish, “ichki ovoz”, rezyumelashtirish, emotsional rezyumelashtirish)
  12. Guruhiy psixologik maslahat berish texnikasi (tsirkulyar (aylana)intervyu, guruhiy bahs, modellashtirilgan oʻyin)
2
3.

Psixologik konsultatsiyaning maxsus muammolari.  

  1. Yuqori talab qoʻyuvchi patsientlar konsultatsiyasi.
  2. Oʻzini oʻzi ayblash holati konsultatsiyasi.
  3. Yigʻloqi patsientlar konsultatsiyasi. Isterik shaxslar konsultatsiyasi.
  4. Paranoidal buzilishlar konsultatsiyasi.
  5. Shizoid shaxslarning psixologik konsutatsiyasi.
  6. Asotsial shaxslar konsultatsiyasi. Alkogolizm konsultatsiyasi.
  7. Psixosomatik buzilishlar konsultatsiyasi. Suitsidal ahd va tushkunlik holati konsultatsiyasi.
  8. Yaqinlarini yoʻqotish bilan bogʻliq konsultatsiya.
  9. Oʻlayotgan inson bilan suhbatlashish xususiyatlari.
2
4.

Konsultatsiya amaliyotidagi ayrim yoʻnalishlar. Yetakchi zamonaviy konsultativ nazariyalar va texnologiyalar talqini.  

  1. Individual va guruhiy konsultatsiya.
  2. Oila-nikoh konsultatsiyasi.
  3. Mansab masalalariga oid konsultatsiya.
  4. Telefon orqali konsultatsiya.
  5. Bixevioral va kognitiv-bixevioral texnika.
  6. Klassik bixeviorizm (B.F.Skinner) va konsultatsiya.
  7. Jetonli dasturlash.texnikasi.
  8. D.Krambols. D.Michebaum texnikasi.
  9. Reallik terapiyasi (U.Glasser).
  10. Oilaviy terapiya.
  11. M.Bouenning poligeneratsion yondashuvi
4
5.

Korreksion ishlar koʻrinishlari va tushunchalari. Ratsional-emotiv terapiya. Art-terapiya.  

  1. “Korrektsiya ” termini talqini.
  2. Psixokorrektsion metodlarni tanlashga taʼsir qiluvchi omillar.
  3. Bolallar va oʻsmirlarda qoʻllaniladigan 5 asosiy metodlar.
  4. Katta yoshli mijojlarda qoʻllaniladigan 3 asosiy metodlar.
  5. Olamni irrotsional tasavvur qilish modellari.
  6. REPT ning kognetiv, emotsional, xulq-atvorga oid birlashgan texnikalari
  7. REPT ning samaradorligi va kamchiliklari
  8. Fototerapiya bilan tanishtirish.
  9. Qoʻgʻirchoq terapiya texnikasi.
  10. Drammaterapiya va uning samaradorligi.
  11. Raqs terapiya bilan shugʻullanish.
2
Jami 12

Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni
1.

Psixologik konsultatsiyaning maxsus muammolari

2.

Ratsional-emotiv terapiya.

3.

Oilaviy terapiya.

4.

Korreksion ishlar koʻrinishlari va tushunchalari.

5.

Art-terapiya

6.

Raqs terapiya

7.

Berilgan mavzu yuzasidan referat tayyorlash

8.

Mustaqil ta’lim mavzusini himoya qilish

9.

Konsultatsiya bosqichlari

10.

Psixosomatik buzilishlar konsultatsiyasi. Suitsidal ahd va tushkunlik

11.

Yaqinlarini yoʻqotish bilan bogʻliq konsultatsiya.

12.

Konsultatsiya amaliyotidagi ayrim yoʻnalishlar

13.

Amaliy mashgʻulotlarda berilgan topshiriqlarni bajarish

14.

Psixologik konsultatsiya va psixokorreksiyaning asosiy tushunchalari

15.

Konsultativ yordam tamoyillari. Konsultatsiya bosqichlari. Konsultativ ta’sir etish texnologiyasi

16.

Psixologik konsultatsiyaning maxsus muammolari.

17.

Korreksion ishlar koʻrinishlari va tushunchalari. Ratsional-emotiv terapiya. Art-terapiya.

18.

Mustaqil ta’lim mavzularini o‘zlashtirish

19.

Psixologik konsultatsiyaning asosiy tushunchalari va predmeti.

20.

Psixologik muammo

21.

Konsultativ yordam tamoyillari

22.

Konsultativ ta’sir etish texnologiyasi

23.

Yuqori talab qoʻyuvchi patsientlar konsultatsiyasi.

24.

Asotsial shaxslar konsultatsiyasi. Alkogolizm konsultatsiyasi.

25.

Yetakchi zamonaviy konsultativ nazariyalar va texnologiyalar talqini

26.

Reallik terapiyasi (U.Glasser).

  Talabalar mustaqil taʼlim topshiriqlarini xisobot, media va taqdimot shaklida topshiradilar

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

  1. Nishonova Z.T. Psixologik maslaxat. Toshkent 2020 y, 256 b
  2. Arzikulov D.N. Psixologik konsultatsiya va psixokorreksiya - “Grand kondor print” Toshkent – 2024.
  3. Ro’ziyev U.M. Psixologik konsultatsiya va psixokorreksiya - “Durdona” nashryoti Buxoro – 2021

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. Гулина М. Терапевтическая и консультативная психология.- СПб.,2001.О.Б.Хухлаева. Психологическое консультирование и психологическая коррекция. Учебник и практикум для академического бакалавриата-М.Юрайт., 2015
  2. Смирнова Т.П. (Смирнова Тамара Петровна).Психологическая коррекция агрессивного поведения детей: диагностические критерии. Коррекционная работа. Психологические методики Феникс.,2005

7.3. Axborot manbaalari

  • https://unilibrary.uz/literature/19241
  • https://en.wikipedia.org/wiki/E-commerce

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (3-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida amaliy shaklda olinadi.


8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
Kuzgi semestr
1WorkshopTalabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki51-4 hafta(lar) davomida
2Mustaqil ishTaqdimot / media / yozma / visual shakllarda amalga oshiriladi102-4 hafta(lar) davomida
3Vazifa / topshiriqlarEsse / hisobot koʻrinishida rasmiylashtiriladi103-4 hafta(lar) davomida
4DavomatTalabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.151-4 hafta(lar) davomida
Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish
Jami 40  
Oraliq imtihon (OI)
1. Test Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan test savollar boʻyicha 20 3-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (YI)
1. Amaliy Oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar asosida 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar: Jabborova Musharrafxon Zafarbek qizi,
KUAF, Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--
Yangi muallif qo'shsh
Elektron pochta: musharrafjabborova8@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi
Taqrizchilar:

X.Xaydarova - KUAF, Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi dotsenti v.b., ps.f.n.

I.Yusupjonova - ADU, Psixologiya va pedagogika kafedrasi dotsenti, p.f.f.d., (PhD)

Yangi taqrizchi qo'shsh
Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, oʻqituvchilar xonasi.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

 

       

(imzo)

Gʻ.Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

B.Kurbonov

Fakultet dekani

(imzo)

M.Bakiyeva

Kafedra mudiri

(imzo)

M.Jabborova

Fan oʻqituvchisi

Ichki taqriz yuklanmagan
Tashqi taqriz yuklanmagan