![]() |
«TASDIQLAYMAN» Akademik ishlar boʻyicha prorektor I. Gʻ. Mamajonov ________________________ «____»________________ 2025-yil |
Hozirgi oʻzbek adabiy tili
fani boʻyicha sillabus
1. Umumiy maʼlumotlar
2. Fan maqsadi
Mazkur fanning maqsadi Fanning asosiy maqsadi — boʻlajak oʻqituvchilarga oʻzbek tilining fonetik xususiyatlari, talaffuz meʼyorlari, lugʻat (leksik) boyligi, imlo qoidalari va grammatik qurilishi yuzasidan nazariy bilim berish, talabalarning ogʻzaki va yozma nutqini oʻstirish va savodxonligini oshirish, takomillashtirish (bunda lotin yozuviga asoslangan imloni ham oʻzlashtira borish) yuzasidan amaliy malaka hosil qilishdir. Fanning vazifasi — tilshunoslikning barcha boʻlimlari yuzasidan talabalarga nazariy bilimlar berish va amaliyotda qoʻllashga oʻrgatish. Talabalarda tilshunoslik fanining nazariy asoslariga oid. bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirish, talabalarni oʻzbek tili fani asoslari bilan tanishtirish.
3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar
1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi.
4. Taʼlim natijalari
4.1. Bilimlar jihatidan:
- Fan boʻyicha talabalarning bilim, koʻnikma va malakalarga quyidagi talablar qoʻyiladi “Hozirgi oʻzbek adabiy tili”ning fan sifatidagi oʻrni, uning umumxalq tili bilan aloqasi, rivojlanish va qoʻllanish tamoyillari haqida tushunchaga ega boʻlishi;
- Adabiy tilning oʻziga xos meʼyorlarini anglash uni shevadan farqlay olish koʻnikmalariga ega boʻlishi zarur;
- Oʻzbek tilining fonetik sathiga doir nazariy bilimlarni bilib oladilar: tovush va fonema, oʻzbek tilining vokalizmi, konsonantizmi, boʻgʻin va urgʻu, segmentatsiya, intonatsiya va silloberma, fonetik hodisalar.
- Orfoepiya, orfografiya va punktuatsiya yuzasidan maʼlumotlarni oʻzlashtiradilar.
- Leksikologiya boʻlimi haqida nazariy bilimlarni egallaydilar, yaʼni oʻzbek tili leksikasining tarixiy taraqqiyoti, leksema, semema, leksik maʼno taraqqiyoti, oʻzbek tili fzeologiyasi.
4.2. Koʻnikmalar jihatidan:
- Adabiy meʼyor inson talaffuzini shakllantirish omili ekanligini anglagan holda unga amal qiladilar.
- Til va nutq, tovush va fonemani farqlaydilar, talaffuz hamda imlodagi munosabat va ziddiyatlarni anglaydilar.
- Hayoti va faoliyati davomida orfografik va orfoepik qoidalarga amal qiladirlar.
- Yozma nutqda punktuatsiya qoidalariga rioya qiladilar.
- Leksikologiya boʻlimida oʻrgangan bilimlarini amaliyotda qoʻllaydilar.
5. Fan mazmuni
5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni
5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni
Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan
Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan
6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari
| № | Topshiriqlar mazmuni |
|---|---|
| 1. |
Fonetika va fonologiya |
| 2. |
HO‘Tning unli fonemalari paradigmasi, undagi fonologik oppozitsiyalar va ularning belgilari. |
| 3. |
Fonologik muhim va nomuhim belgilari. |
| 4. |
Unli fonemalarning nutqda voqelanishi va o‘zgarish darajalari. |
| 5. |
O‘zbek tili vokalizmi |
| 6. |
O‘zbek tili konsonantizmi |
| 7. |
Ho‘zirgi o‘zbek tilida undosh fonemalar paradigmasi, undagi fonologik ahamiyatli belgilar. |
| 8. |
Undoshlar paradigmasidagi fonologik oppozitsiyalar, ulardagi asosiy va qo‘shimcha belgilar. |
| 9. |
Undosh fonemalarning voqelanish va o‘zgarish darajalari. |
| 10. |
Fonemalarning variantlashuvi. |
| 11. |
So‘z tarkibidagi fonetik o‘zgarishlar |
| 12. |
So‘z tarkibidagi kombinator o‘zgarishlar. |
| 13. |
Pozitsion omillar ta’sirida sodir bo‘ladigan jarayonlar. |
| 14. |
Geminatsiya, uning til va nutqdagi ahamiyati. |
| 15. |
Intonatsiya va sillaberma |
| 16. |
Orfografiya |
| 17. |
Orfoepiya |
| 18. |
Punktuatsiya |
| 19. |
Leksemaning semantik tarkibi |
| 20. |
Sememaning nutqqa xoslanishi. |
| 21. |
Hosila sememaning vujudga kelish yo‘llari.Leksik-semantik munosabatlar. |
| 22. |
Leksemalar ma'noviy xususiyatlariga ko‘ra guruhlarga ajratilishi |
| 23. |
Fonologiyaning jahon va o‘zbek tili miqyosida o‘rganilishi |
| 24. |
Jahon tilshunosligida fonologiya fanining shakllanishi va asosiy nazariyalari |
| 25. |
O‘zbek tilshunosligida fonologiya masalalarining o‘rganilishi |
| 26. |
Fonologik tadqiqotlarning hozirgi davrdagi yo‘nalishlari va ahamiyati |
| 27. |
O‘zbek tili frazeologiyasi |
| 28. |
Frazeologiya va frazeologizm. |
| 29. |
Frazeologizmlarning semantik strukturasi. |
| 30. |
Frazeologizmlarda semantik munosabatlar (frazeologik sinonimiya, antonimiya) omonimiya). |
Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni loyiha ishi, kazus yoki media koʻrinishida topshirishadilar.
7. Foydalanilgan adabiyotlar:
7.1. Asosiy adabiyotlar
- Sayfullayeva R va b. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Darslik. – Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2009. 424 bet
- Jamolxonov H, Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Darslik. Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. – Toshkent: O‘zMU, 2013.137 bet
7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar
- Mahmudov N, Nurmonov A. O‘zbek tilining nazariy grammatikasi. Darslik – Toshkent: O‘qituvchi, 1995.-450 bet
- Mirtojiyev M. O‘zbek tili semasiologiyasi. Darslik– Toshkent: Mumtoz so‘z, 2011.-360 bet
- Mirtojiyev M, O‘zbek tili fonetikasi. Darslik – Toshkent: Fan, 2013.- 400 bet
7.3. Axborot manbaalari
- https://ziyonet.uz/
- https://inlibrary.uz/
- https://arxiv.uz/
Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova
8. Fanni baholash mezoni va rejasi
8.1. Talabalar bilimini baholash turlari
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:
- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;
- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi;
- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;
- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.
Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.
Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi.
8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni
| № | Nazorat turlari | Izoh | Ball | Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi) |
|---|---|---|---|---|
| Joriy baholash (JB) | ||||
| Kuzgi semestr | ||||
| 1 | Workshop | Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki | 5 | 2-13 hafta(lar) davomida |
| 2 | Mustaqil ish | Taqdimot / media / yozma / visual shakllarda amalga oshiriladi | 10 | 4-14 hafta(lar) davomida |
| 3 | Vazifa / topshiriqlar | Taqdimot / hisobot koʻrinishida rasmiylashtiriladi | 10 | 4-13 hafta(lar) davomida |
| 4 | Davomat | Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. | 15 | 1-15 hafta(lar) davomida |
| Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish | ||||
| Jami | 40 | |||
| Oraliq imtihon (OI) | ||||
| 1. | Ogʻzaki | Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar bileti boʻyicha | 20 | 8-hafta |
| Jami | 20 | |||
| Yakuniy imtihon (YI) | ||||
| 1. | Test | Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar | 40 | Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng |
| Jami | 40 | |||
| Jami | 100 | |||
8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi
| Baho | Foiz | GPA |
|---|---|---|
| A+ | 95-100 | 4.5 |
| A | 90-94 | 4.0 |
| B+ | 80-89 | 3.5 |
| B | 70-79 | 3.0 |
| C+ | 65-69 | 2.5 |
| C | 60-64 | 2.0 |
| F | 0-59 | 0 |
Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.
Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
- fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
- fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
- berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
- konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
- mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
- fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
- tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;
b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
- fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
- fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
- fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
- fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.
c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
- fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
- bayon qilish ravon boʻlmasa;
- fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
- fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
- fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
- fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
- fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
- fanni bilmasa.
9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar
|
1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi. 2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi. 3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas. 4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi. |
5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno. 6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi. 7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi. |
10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot
| Mualliflar: |
Kabuljonova Gulbaxor Komiljonovna, KUAF, Oʻzbek va rus filologiyasi kafedrasi dotsenti, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Arabboyeva Maxfuzaxon Akramjonovna, KUAF, Oʻzbek va rus filologiyasi kafedrasi oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Yangi muallif qo'shsh |
|---|---|
| Elektron pochta: |
kabulzonovagulbahor@gmail.com mahfuzaarabboyeva@gmail.com |
| Tashkilot va kafedra: | Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Oʻzbek va rus filologiyasi kafedrasi |
| Taqrizchilar: |
O.Azamatova - ADPI, Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti v.b., --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- F.Xabibullayeva - KUAF, Oʻzbek va rus filologiyasi kafedrasi dotsenti, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Yangi taqrizchi qo'shsh |
| Talabalarni erkin qabul qilish kuni: | Chorshanba-Juma, soat 15:00 – 18:00, B bino 401-xona. |
Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.
Sillabus «Oʻzbek va rus filologiyasi» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.
|
(imzo) Gʻ.Xolbutayev Akademik ishlar departamenti boshligʻi |
(imzo) S.Dadabayev Fakultet dekani |
(imzo) F.Xabibullayeva Kafedra mudiri |
(imzo) M.Arabboyeva Fan oʻqituvchisi |
|||
|
(imzo) G.Kabuljonova Fan oʻqituvchisi |
