![]() |
«TASDIQLAYMAN» Akademik ishlar boʻyicha prorektor I. Gʻ. Mamajonov ________________________ «____»________________ 2025-yil |
Ichki kasalliklar propedevtikasi
fani boʻyicha sillabus
1. Umumiy maʼlumotlar
2. Fan maqsadi
Mazkur fanning maqsadi Fanni oʻqitishdan maqsad - boʻlajak umumiy amaliyot shifokorlarni (OSh) ichki aʼzolarning xolatini tekshirish usullarini va shu orqali organizm xolatiga baho bera olishni oʻrgatish, tibbiy muassasalarda ichki kasalliklar modulini oʻqitish metodikasini oʻrgatish.
3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar
1. 1. Tibbiy biologiya. Umumiy genetika (TBUG1106)
4. Taʼlim natijalari
4.1. Bilimlar jihatidan:
- Bilimlar jihatidan:
- Aʼzolar va tizimlar boʻyicha bemorlardan anamnez toʻplash, klinik tekshirish (soʻrab-surishtirish, koʻzdan kechirish, palpatsiya, perkussiya, auskultatsiya koʻnikmalarini egallash) qobiliyatlarini ishlab chiqish;
- Talabalarda shifokorlik deontologiyasining asosiy koʻnikmalarini ishlab chiqish;
- Talabalarda kasallik, tashxis, tashxis tamoyillari, simptomlar va sindromlarning kelib chiqish mexanizmlari haqida zamonaviy tasavvurni shakllantirish;
- Zamonaviy ichki kasalliklar klinikasida foydalaniladigan funksional, labarator va instrumental tekshiruv natijalarini interpretatsiyasini oʻrgatish;
- Kasalliklarning asosiy klinik sindromlarini aniqlashni oʻrganishi kerak.
4.2. Koʻnikmalar jihatidan:
- Koʻnikmalar jihatidan:
- Bemorlardan anamnestik maʼlumotlarni yigʻa bilish (kasallik va hayot tarixi);
- Shifokorlik deontologiyasi koʻnikmasini xosil qilish;
- Bemorni organlar boʻyicha umumiy koʻrikdan oʻtkazish (soʻrab-surishtirish, koʻzdan kechirish, palpatsiya, perkussiya, auskultatsiya);
- Taxminiy tashxisni asoslash va bemorni tekshirish rejasini tuzish;
- Umumiy klinik laborator tekshiruvlar natijalari va qon, siydik, balgʻam, axlatning bakteriologik ekish natijalarini interpretatsiya qila olish. Qonning bioximik tekshiruvlari natijalarini tahlil qila olish;
- Koʻkrak qafasi aʼzolari, oshqozon-ichak trakti va siydik yoʻllari rentgenologik tekshiruvlari natijalarini interpretatsiya qila olish;
- EKGni olish va oʻqishni bilish. Yurak va qon tomirlari, qorin boʻshligʻi aʼzolari va buyraklar UTT tekshiruvlari natijalarini tahlil qila olish;
- Klinik tashxisni asoslash. Qiyosiy taqqoslash. Yakuniy tashxisni asoslash;
- Ichki kasalliklarda bemorlarga parxez stoli va rejali davolashni tavsiya etish va foydalana olish malakasiga ega boʻlishi kerak.
5. Fan mazmuni
5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni
5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni
Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan
Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan
6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari
| № | Topshiriqlar mazmuni |
|---|---|
| 1. |
Pnevmoniya simtomatologiyasi, diagnostik mezonlari. |
| 2. |
Bronxial astma – klinikasi, kechishi, tashxislash va davolash. |
| 3. |
Bronxoektatik kasallik. Klinik, laborator va instrumental tekshirish usullari. Bronxografiya, bronxoskopiya. |
| 4. |
Plevritlar simtomatologiyasi, diagnostik mezonlari. |
| 5. |
Elektrokardiografiya. Normada EKG. |
| 6. |
Aritmiyalar – EKG dagi o‘zgarishlar. |
| 7. |
Mitral klapan nuqsonlari, diagnostik mezonlari. |
| 8. |
Aortal klapan nuqsonlari, diagnostik mezonlari. |
| 9. |
Surunkali toshli xolesistit simptomatologiyasi, diagnostik mezonlari. |
| 10. |
Jigar sirrozi. Klinik, laborator va instrumental tekshirish usullari. |
| 11. |
Qandli diabetda surunkali buyrak yetishmovchiligi: tashxislash usullari. |
| 12. |
Surunkali buyrak kasalligi simptomatologiyasi. |
| 13. |
Surunkali miyeloleykoz simptomatologiyasi. |
| 14. |
Qandli diabet simptomatologiyasi, diagnostik mezonlari. |
| 15. |
Tireotoksikoz simptomatologiyasi, diagnostik mezonlari. |
| 16. |
Itsenko - Kushinga kasalligi. Diagnostik mezonlari. |
| 17. |
Akromegaliya simptomatologiyasi, diagnostik mezonlari. |
Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni taqdimot slaydlar, tahliliy maʼlumot, tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish, maqola, tezislar va maʼruza tayyorlash, amaliy mazmundagi nostandart masalalarni yechish va ijodiy ish koʻrinishida topshiradi.
7. Foydalanilgan adabiyotlar:
7.1. Asosiy adabiyotlar
- Gadayev A.G. Karimov M.SH. Ichki kasalliklar propedevtikasi Darslik (1-2-tom). Toshkent: Muharrir nashriyoti. 2018. – 434 bet (1-tom) – 425 bet (2-tom).
- Гадаев А.Г. Пропедевтика внутренних болезней (на рус.яз.) Учебник. Ташкент: Муҳаррир нашриёти 2018. – 598 стр
- Мухин Н.А., Моисеев В.И. Пропедевтика внутренних болезней Учебник. Москва. М: Геотар-Медиа. 2020 г. – 609 стр.
7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar
- Струтынский А.В. А.П.Баранов, Г.Е.Ройтберг, Ю.П.Гапоненков Основы семиотики заболеваний внуренних органов. Учебное пособие. М: Медпресс-Информ. 12-е издание. 2020. 27 стр.
- Внутренние болезни по Девидсону. Учебное пособие (перевод с английского под редакцией акад. РАМН Ивашкина В.Т.) (5 томов). М: Геотар Медиа. 2023.
- Skott D.K. Stern, Adam S. Sifu, Diana Oltkorn. От симптома к диагнозу (Simptom to Diagnosis. An Evidence-Based Guide) .Руководство для врачей, Геотар-Медиа. 2025. 856 стр.
- Доцэнко. Э.А., Буракова И.И.. Пропедевтика внутренних болезней. Учебное пособие. Минск: РИПО, 2020. –289 стр.
7.3. Axborot manbaalari
- www.tma.uz
- www.ziyonet.uz
- www.medlincs.ru
- www.medbook.ru
Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova
8. Fanni baholash mezoni va rejasi
8.1. Talabalar bilimini baholash turlari
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:
- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;
- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi;
- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;
- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.
Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (10-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.
Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida ogʻzaki shaklda olinadi.
8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni
| № | Nazorat turlari | Izoh | Ball | Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi) |
|---|---|---|---|---|
| Joriy baholash (JB) | ||||
| Kuzgi semestr | ||||
| 1 | Workshop | Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki | 5 | 2-13 hafta(lar) davomida |
| 2 | Mustaqil ish | Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi | 10 | 4-14 hafta(lar) davomida |
| 3 | Vazifa / topshiriqlar | Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi | 10 | 4-13 hafta(lar) davomida |
| 4 | Davomat | Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. | 15 | 4-13 hafta(lar) davomida |
| Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish | ||||
| Jami | 40 | |||
| Oraliq imtihon (OI) | ||||
| 1. | Ogʻzaki | Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha | 20 | 10-hafta |
| Jami | 20 | |||
| Yakuniy imtihon (YI) | ||||
| 1. | Ogʻzaki | Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar boʻyicha | 40 | Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng |
| Jami | 40 | |||
| Jami | 100 | |||
8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi
| Baho | Foiz | GPA |
|---|---|---|
| A+ | 95-100 | 4.5 |
| A | 90-94 | 4.0 |
| B+ | 80-89 | 3.5 |
| B | 70-79 | 3.0 |
| C+ | 65-69 | 2.5 |
| C | 60-64 | 2.0 |
| F | 0-59 | 0 |
Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.
Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
- fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
- fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
- berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
- konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
- mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
- fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
- tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;
b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
- fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
- fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
- fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
- fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.
c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
- fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
- bayon qilish ravon boʻlmasa;
- fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
- fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
- fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
- fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
- fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
- fanni bilmasa.
9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar
|
1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi. 2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi. 3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas. 4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi. |
5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno. 6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi. 7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi. |
10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot
| Mualliflar: |
Abdilxayeva Zuxraxon Adxamjonovna, KUAF, Klinik fanlar kafedrasi dotsenti, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Yangi muallif qo'shsh |
|---|---|
| Elektron pochta: |
chess_genius@mail.ru |
| Tashkilot va kafedra: | Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Klinik fanlar kafedrasi |
| Taqrizchilar: |
G.Qutlikova - KUAF, Klinik fanlar kafedrasi mudiri, dotsent, PhD: X.Musashayxov - Kafedra mudiri, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Yangi taqrizchi qo'shsh |
| Talabalarni erkin qabul qilish kuni: | Payshanba-juma, soat 15.00 – 17.00, C- bino 105 -xona |
Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.
Sillabus «Klinik fanlar» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.
|
(imzo) Gʻ.Xolbutayev Akademik ishlar departamenti boshligʻi |
(imzo) F.Turdiyev Fakultet dekani |
(imzo) G.Qutlikova Kafedra mudiri |
(imzo) Z.Abdilxayeva Fan oʻqituvchisi |
