431
| ID | 431 |
|---|---|
| Fan dasturi nomi | Eski oʻzbek yozuvi |
| Fan kodi | EOʻY2404 |
| Semestrlar | 4 |
| Fanga ajratilgan kredit | 4 |
| Fan turi | tanlov |
| Fan dasturining amal qilish yili | 2025 |
| Fan tili | 1 |
| Vazirlik | (qiymatlanmagan) |
| Oliy taʻlim muassasasi | 1 |
| OTM rahbari | (qiymatlanmagan) |
| Bilim sohasi | 3 |
| Taʼlim sohasi | 5 |
| Taʼlim yoʻnalishi | 107 |
| Haftadagi dars soatlari | (qiymatlanmagan) |
| Auditoriya mashgʻulotlari (soat) | 60 |
| Mustaqil taʼlim (soat) | 60 |
| Fanni oʻqitishdan maqsad | “Eski oʻzbek yozuvi” boʻyicha bakalavr kursining maqsad va vazifalari oʻzbek tili va adabiyotining har tomonlama taraqqiy topishida Mahmud Koshgʻariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy kabi ilmu fan va adabiyot namoyandalarining xizmati va qoldirgan merosini, ayniqsa Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Muhammadrizo Ogahiy, Boborahim Mashrab, Muqimiy, Furqat kabi oʻnlab mumtoz adiblarimizning umumbashariyat madaniy xazinasidan munosib oʻrin olgan oʻlmas asarlarini chuqur oʻrganish va ilmiy asosda tadqiq etishga qaratilgan boʻlib talabalarda ilmiy axborot bilan ishlash koʻnikmalarini va malakalarini shakllantirish, oʻqish, yozish, arab imlosidagi qoʻlyozma, toshbosma gazeta, jurnal va ilmiy asarlarni oʻqishga, ulardan oʻz faoliyati uchun zarur boʻlgan axborotlarni olishga oʻrgatish, joriy imloga tabdil va tahlil qila olishlariga erishish. “Eski oʻzbek yozuvi” fani “Oʻzbek tili tarixi”, “Oʻzbek folklori”, “Oʻzbek adabiyoti tarixi”, “Navoiyshunoslik”, “Matnshunoslik”, “Oʻzbek tilshunosligi tarixi”, “Leksikografiya asoslari”, “Oʻzbek dialektologiyasi”, “Oʻzbek mumtoz poetikasi asoslari” kabi umumkasbiy fanlar bilan uzviy bogʻlangan boʻlib, ushbu fanlarda aks etgan ayrim adabiy-nazariy masalalarni qamrab olishi jihatidan uygʻunlik kasb etadi. |
| Fanning vazifasi | |
| Taʼlim natijalari boʻyicha bilimlar jihatidan talaba | |
| Taʼlim natijalari boʻyicha koʻnikmalar jihatidan talaba | |
| Malaka | |
| Talablar | |
| Kafedra | 13 |
| Oʻqish davomiyligi (yil) | 4 |
| Akademik darajasi | 1 |
| Taʼlim shakli | 1 |
| Modul davomiyligi (hafta) | 15 |
| Oraliq | ogʻzaki |
| Joriy | amaliy mashgʻulot |
| Yakuniy | yozma |
| Maʼruza | 30 |
| Amaliy | 16 |
| 4.1. Bilimlar jihatidan | arab yozuvi va uning tarqalishi, arab harflarining oʻziga xos xususiyatlari, Eski oʻzbek yozuviga xos unlilar va boshqa belgilar, arab va eski oʻzbek yozuvidagi oʻzaro farqlar haqida tasavvurga ega boʻlishi; eski oʻzbek yozuvi imlo qoidalarini, eski oʻzbek yozuvidagi matnlarni qiyinchiliksiz mutolaa qilib tabdil qila olishni, oʻzbek tili tarkibidagi arab va fors soʻzlarni tahlil qila olishni; |
| 4.2. Koʻnikmalar jihatidan | eski oʻzbek yozuvi imlosining oʻziga xos xususiyatlarini aniqlash, bu yozuvdagi manbalarni farqlash, matnlarni oʻqish, ularni transkripsiya qilish, arab imlosida yozishni bilish, arab va fors tillaridagi soʻz va iboralarini tarjima qilishda lugʻatdan foydalana bilish, arab imlosida xatosiz yoza bilishi va ulardan foydalana olishi; ilmiy axborot bilan ishlash, oʻqish, yozish, arab imlosidagi qoʻlyozma, toshbosma gazeta, jurnal va ilmiy asarlarni oʻqish, ulardan oʻz faoliyati uchun zarur boʻlgan axborotlarni olish, joriy imloga tabdil va tahlil qila olish va ulardan foydalanish koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak. |