44

Update Delete

ID44
Fan dasturi nomiTibbiy kimyo. biologik kimyo
Fan kodiTBK12308
Semestrlar2
Fanga ajratilgan kredit4
Fan turimajburiy
Fan dasturining amal qilish yili2026
Fan tili1
Vazirlik1
Oliy taʻlim muassasasi1
OTM rahbari1
Bilim sohasi9
Taʼlim sohasi21
Taʼlim yoʻnalishi631
Haftadagi dars soatlari(qiymatlanmagan)
Auditoriya mashgʻulotlari (soat)60
Mustaqil taʼlim (soat)60
Fanni oʻqitishdan maqsadumumiy, analitik, fizik va kolloid kimyo asoslari boʻyicha bilimlarga ega boʻlgan, tirik tabiatda sodir boʻlayotgan jarayonlar mohiyatini bilgan holda fizik-kimyoviy kattaliklarni hisoblashni bajara oladigan, organik kimyo asoslari boʻyicha bilimlarga ega boʻlgan holda, biokimyoning kirish qismi hisoblanadigan “Statik biokimyo”ni, biokimyoviy jarayonlarda qatnashuvchi biopolimerlar va bioboshqaruvchi moddalar tuzilishi, hossalari va funksiyalarini tushinadigan, ular ishtirokida boradigan jarayonlarni modellashtirib bajara oladigan, tirik organizmda kechuvchi kimyoviy jarayonlarning ilmiy asoslarini xujayra va molekulyar darajada tushinib yeta oladigan, olingan nazariy bilimlarini amaliyotda qoʻllay oladigan mutahassislarni tayyorlashdir.
Tibbiy kimyo fanining taʼlim berish maqsadi, tirik organizm tarkibiga kiruvchi moddalarning kimyoviy tarkibi va xususiyatlarini, organik birikmalarni tuzilishi va xossalarini, asosiy biopolimerlar-oqsillar, uglevodlar, nuklein kislotalar, lipidlar, fermentlar, vitaminlarning tuzilishi va xossalarini oʻrganash bilan bir qatorda talabalarda xozirgi kun yutuqlari asosida matearilistik dunyoqarashni shakllantirish; talabalarni umumnazariy bilim kompleksiga oʻrgatish: tirik organizmning kimyoviy tarkibi va butun organizmning faoliyat koʻrsatish jarayonida meyorda va patologik hollarda aʼzo, xujayra va molekulyar bosqichlarda vujudga keladigan oʻzgarishlar buning asosida boʻlajak mutaxassis umumiy shifokorni tayyorlash va aniq tashhisning ilmiy uslubiy asoslarini shakllantirishdan iboratdir.
Fanning vazifasi
Taʼlim natijalari boʻyicha bilimlar jihatidan talaba
Taʼlim natijalari boʻyicha koʻnikmalar jihatidan talaba
Malaka
Talablar
Kafedra6
Oʻqish davomiyligi (yil)5
Akademik darajasi1
Taʼlim shakli1
Modul davomiyligi (hafta)15
Oraliqyozma
Joriyamaliy mashgʻulot
Yakuniyogʻzaki
Maʼruza20
Amaliy20
4.1. Bilimlar jihatidanOrganizmdagi kimyoviy elementlar, ularning miqdoriy tarkibi va vazifalari. Organizmda elementlar bioakumulyatsiyasining oʻzgarishi bilan yuzaga keluvchi kasalliklarini bilishi kerak;
Metabolizm va energiya oʻrtasida oʻzaro bogʻliqlik. Termodinamikaning birinchi qonuni. Sistema va uning holat funksiyalari haqida bilimga ega boʻlishi kerak. Odam organizmi ochiq termodinamik sistema ekanligi;
Toʻqimalar va organizm suyuqliklarining elektr oʻtkazuvchanligi, tibbiyotda tashxis hamda davolashda elektrokimyoviy usullarni qoʻllanilishi. Ionlar konsentratsiyalarini aniqlashning elektrokimyoviy usullari haqida maʼlumotga ega boʻlishi kerak;
Klinik laboratoriyalardagi konduktometriya va potensiometriya usullari haqidagi tushuncha va koʻrsatmalarni bilishi lozim. Biologik suyuqliklarning biokimyoviy tahlilida ushbu usullarning qoʻllanilishi;
Antibiotiklar. Alkaloidlar ularni tuzilishi va reaksiya mexanizmlarini bilishi kerak. Tibbiyotda ushbu biologik faol moddalarning qoʻllanish oʻrinlarini bilish;
Organizmning asosi bolgan oqsil, yoʻgʻ, uglevod va nuklein kislotalar ularni tuzilishi. Organizmda boʻladigan jarayonlar haqidagi bilimga ega boʻlishi kerak. Yuqoridagi moddalar almashinuvi buzilishining patologik tomonlari va irsiy kasalliklar haqida bilimlarga ega boʻlish;
Organizmda kechadigan biokimyoviy jarayonlarning oʻzaro bogʻliqligi, gomeostaz va bu jarayonlarning boshqarilish mexanizmlari haqida; baʼzi patologik holatlarda: qandli diabet, ateroskleroz, gepatit, oshqozon kasalliklari, oʻt toshi va siydik toshi kasalliklari, gipertoniya, irsiy kasalliklar, pankreatit, gipo- va gipervitaminozlar, podagra, immun¬tanqislikda modda almashinuvining buzilishi haqida tasavvurlarga ega boʻlish;
Yoshga bogʻliq holda qon konstantalarining biokimyoviy koʻrsatkichlari (oqsil, uglevod, lipid almashinuv koʻrsatkichlari, fermentlar spektri); oshqozon shirasining meyorida va patologik holatlardagi biokimyoviy konstantlari; meyorda va patologik holatlarda siydikning biokimyoviy koʻrsatkichlari; organizmdagi modda almashinuvining biokimyoviy asoslarini bilishi kerak.
4.2. Koʻnikmalar jihatidanMiqdoriy tahlil uchun: tarozi, byuretka, pipetka, indikatorlar bilan ishlash koʻnikmasini shakllantirish;
Biologik suyuqliklarda titrlash koʻnikmasini hosil qilish;
Suv tarkibidagi Ca2+ ionlariga xos miqdoriy tahlil amaliy koʻnikmasiga ega boʻlish;
Suv tarkibidagi Mg2+ ionlariga xos miqdoriy tahlil amaliy koʻnikmasiga ega boʻlish;
Gipoatsedoz kasalligini oshqozon shirasi tarkibidagi HCl miqdorini aniqlash tahlili amaliyoti koʻnikmasini shakllantirish;
Giperatsedoz kasalligini oshqozon shirasi tarkibidagi HCl miqdorini aniqlash tahlili amaliyoti koʻnikmasini shakllantirish;
Oshqozon shirasi kislotaligi va patologik tarkibiy qismlarini aniqlay olishi; siydik analizini oʻtkazish va uning tarkibidagi patologik moddalarni aniqlash; fermentlar faolligi va turli biosuyuqliklardagi metabolitlar miqdorini reaktivlar toʻplami va biotestlardan bilan foydalangan holda aniqlay bilishi kerak.