81

Update Delete

ID81
Fan dasturi nomiAnalitik kimyo
Fan kodiАК13411
Semestrlar3,4
Fanga ajratilgan kredit11
Fan turimajburiy
Fan dasturining amal qilish yili2025
Fan tili1
Vazirlik1
Oliy taʻlim muassasasi1
OTM rahbari1
Bilim sohasi9
Taʼlim sohasi21
Taʼlim yoʻnalishi692
Haftadagi dars soatlari(qiymatlanmagan)
Auditoriya mashgʻulotlari (soat)164
Mustaqil taʼlim (soat)166
Fanni oʻqitishdan maqsadanalitik kimyo barcha kimyo fanlarining yakunlovchisi boʻlib, farmatsеvt mutaxassislarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu fanning obʼеktlari noorganik, organik, biologik va yuqori molеkulali birikmalar boʻlishi mumkin. Analitik kimyoning nazariyasi laboratoriya tajribalariga tayanadi.
Farmatsеvtika mutaxassisligi boʻyicha talabalarga analitik kimyoni oʻqitishdan maqsad, ularning umumiy, anorganik, organik, va fizika fanlaridan olgan bilimlarini mustahkamlash hamda biologik, farmatsеvtik, toksikologik kimyo, farmakognoziya, dori turlari tеxnologiyasi, farmakologiya kabi fanlarni toʻliq va chuqur oʻzlashtirishlari uchun nazariy zamin tayyorlashdir. Undan tashqari, bu fan farmatsiyada kеng qoʻllaniladigan fizik-kimyoviy tahlil usullarining nazariy asosini bеradi.
Fanning vazifasi
Taʼlim natijalari boʻyicha bilimlar jihatidan talabaTalaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.
Taʼlim natijalari boʻyicha koʻnikmalar jihatidan talabaTalabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaniig bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
 fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
 fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
 fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
 fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
 berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
 konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
 mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
 fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
 fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
 tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;
b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
 fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
 fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
 fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
 fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
 fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
 fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
 fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.
c) qoniqarli (C+, С) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
 fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
 fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
 bayon qilish ravon boʻlmasa;
 fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
 fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:
 fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
 fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
 fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
 fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
 fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
 fanni bilmasa.
MalakaMazkur fandan talabalar bilimini baholashda uchta nazorat turidan foydalaniladi. Joriy baholash (JB), oraliq imtixon (OI), yakuniy imtixon (YaI).
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:
1. Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi.
2. Loyiha ishi. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot/media/yozma/viziual koʻranishida himoya qiladi. Guruh aʼzolari (komanda) uyushgan holda pedagog-oʻqituvchi tomonidan berilgan topshiriqni bajarib kelishadi. Guruhga qoʻyilgan umumiy ball, har bir aʼzo-talabaga qoʻyilgan individual ball sifatida qayd etiladi.
3. Vazifa/topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat/masala/topshiriqlarni esse/hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi.
4. Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.
Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (10-haftasida) belgilangan kunida dars mashgʻuloti vaqtida olinadi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtixon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan modulini dastlabki darslarida xabardor qiladi. Atamalar izohi. Fanga doir ijtimoiy-iqtisodiy qonun-qoidalar, kategoriyalarning maʼnosi, tavsifi yozma koʻrinishda izohlanishi soʻraladi. Muammoli vaziyat. Masala yoki muammolarni hal etish/yechish bilan bogʻliq vazifalar (2 ta yoki undan koʻp).
Yakuniy imtihon (YaI). Modul yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida yozma shaklda olinadi. Unda quyidagilar aks etadi: Test. Modulning 15-haftasiga qadar oʻtilgan mavzular asosida uch darajali testlar asosida.
TalablarFanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni toʻla oʻzlashtirish, tahlil natijalarini toʻgʻri aks ettira olish, oʻrganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish va joriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat boʻyicha test topshirish.
Kafedra6
Oʻqish davomiyligi (yil)5
Akademik darajasi1
Taʼlim shakli1
Modul davomiyligi (hafta)30
Oraliqyozma
Joriyamaliy topshiriq
Yakuniyogʻzaki
Maʼruza60
Amaliy0
4.1. Bilimlar jihatidantalabalarda farmatsevtika fanidan bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirish, turli tahlil usullari, bajarish usullari, eritmalar tayyorlash, tayyorlangan eritmaning konsentratsiyasini aniqlash, dori vositalarining sifat va miqdoriy tarkibini aniqlashda qoʻllaniladigan usullar..
4.2. Koʻnikmalar jihatidanturli xil analitik usullarni bilish, analitik masalalarni yechish koʻnikmalari, tahlil natijalarini tabiiy fanlar va maxsus fanlar asoslari bilan matematik qayta ishlash, maxsus fanlarni tahlil qilishning fizik-kimyoviy va kimyoviy usullari, tegishli mutaxassislik boʻyicha chuqur bilimlar bazasini yaratish, tahliliy koʻnikma va titrlash koʻnikmalari, zamonaviy asbob-uskunalar yordamida tahlil qilish, laboratoriya tadqiqot materiallaridan olingan axborotni yigʻish, saqlash va qayta ishlashning kompyuter usullari