Maruza mavzulari
Yangi maruza mavzusini qoʻshish
Namoyish etilayabdi 121-140 ta yozuv 676 tadan.
| # | ID | Nomi | Mazmuni | Soati | Fan dasturi nomi | |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 121 | 133 | Davolash-profilaktika muassasalari gigiyenasining umumiy asoslari. . (SanQvaM 0020-22) Kasalxona ichi infeksiyalari va ularni oldini olish tadbirlari. (SanQvaM 0342-17). | Davolash-profilaktika muassasalari qurilishining gigiyenik asoslari (ambulatoriya-poliklinika muassasalari). O‘zRda DPMning moddiy-texnik bazasining holati va uni yaxshilash bo‘yicha bugungi kundagi vazifalar. DPMlar qurilishining zamonaviy muammolari. Davolovchi-himoyalovchi tartib haqida tushuncha, uning davolash-profilaktika muassasalarini obodonlashtirilganligi bilan bog‘liqligi. SanQvaM 0020-22 bo‘yicha O‘zRda DPMni rejalashtirish va loyihalashtirish reglamentlari va gigiyenik asoslari. DPMlarni rejalashtirishga bo‘lgan umumiy gigiyenik talablar. DPMlarni kommunal nuqtai-nazardan jihozlanishi (suv ta’minoti, kanalizatsiya, yoritilishi, shamollatilishi, chiqindilardan tozalash) Kasalxona ichi infeksiyasi haqida tushuncha va uni oldini olish choralari. . (SanQvaM 0342-17). Ixtisoslashgan markazlarga (jarrohlik, yuqumli kasalliklar va tug‘ruqxona) bo‘lgan asosiy gigiyenik talablar. | 2 | Gigiyena, harbiy gigiyena. tibbiy ekologiya ДАВОЛАШ 2 kurs | |
| 122 | 134 | Ovqatlanish va salomatlik. Bemorlarni parhez ovqatlantirishning gigiyenik asoslari | Ovqatlanishning salomatlik omili ekanligi Ovqatlanishning ijtimoiy-gigiyenik muammo ekanligi. Aholi salomatligi uchun ovqatlanishning ahamiyati. Oqilona ovqatlanish tushunchasi va unga bo‘lgan gigiyenik talablar, ovqatlanishning fiziologik me’yorlari. Asosiy oziq moddalarning manbalari va iste’molning gigiyenik me’yorlari. Alimentar kasalliklar haqida tushuncha, ularning tasnifi. Aholi ovqatlanishida ekologik muammolar. Ovqatdan zaharlanishlar va ularning tasnifi. Ovqatdan zaharlanishning muhim shakllarini kelib chiqishini oldini olish. O‘zbekiston Respublikasi aholisining hozirgi zamondagi ovqatlanish holatining tavsifi. Alimentar-bog‘liq kasalliklar va bizning respublikamizda dolzarb holatlar. Alimentar tanqislikning klinik ko‘rinishlari. Aholining ovqatlanishini biologik faol moddalar bilan maqsadli boyitish masalalari. Zamonaviy ekologik sharoitlarda ovqatlanishni ratsionallashtirish imkoniyati | 2 | Gigiyena, harbiy gigiyena. tibbiy ekologiya ДАВОЛАШ 2 kurs | |
| 123 | 135 | Suv salomatlik omili. Xavo muhiti gigiyenasi. | Suvning fiziologik, gigiyenik va epidemiologik ahamiyati. O‘zRsi aholisini suv bilan ta’minlashdagi eng muhim muammolar, mahalliy va markazlashgan suv ta’minoti haqida tushuncha. Respublika hududidagi suv manbalariga gigiyenik ta’riflar. Suv ta’minoti manbalariga bo‘lgan umumiy gigiyenik talablar. Suv manbalarining sanitar himoya mintaqalarini tashkil qilish. Sanitar himoya zonasi (SHZ) haqida tushuncha.g‘ O‘zRda suv iste’moli me’yorlari. Davlat Standarti haqida tushuncha. DavSt ga muvofiq ichimlik suvining sifatiga bo‘lgan talablar. Ichimlik suvining sifatini yaxshilash usullariga umumiy ta’rif. Ichimlik suvining sifatini yaxshilashdagi zamonaviy usullar haqida tushuncha, suvni tiniqlashtirish va zararsizlantirish (usullari, vositalari, ishlov berish tartibi va uning gigiyenik nazorati). Xavo muxitining fizikaviy va kimyoviy tarkibi. Xavo muxitining fizikaviy va kimyoviy tarkibining fiziologik axamiyati Xavo muxitining fizikaviy va kimyoviy tarkibining gigiyenik axamiyati Xavo muxiting biologik xossalari. | 2 | Gigiyena, harbiy gigiyena. tibbiy ekologiya ДАВОЛАШ 2 kurs | |
| 124 | 136 | Bolalar va o‘smirlar gigiyenasi. | Bolalar va o‘smirlar gigiyenasining umumiy asoslari. O‘zbekiston aholisi bolalar kontingentining salomatlik ko‘rsatkichlari. Aholi turmush sharoitining bolalarning salomatlik holatini belgilovchi muhim omil ekanligi. Uyushgan bolalar muassasalariga qo‘yiladigan gigiyenik talablar. Bolalarning jismoniy rivojlanishi, ularni tarbiyalash va o‘qitish sharoitlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqishning asosi ekanligi. Akseleratsiya, uning gigiyenik ahamiyati, maktabga etuklik tushunchasi. Bolalar muassasalarini qurish va jihozlashga bo‘lgan gigiyenik talablar. Bolalar va o‘smirlarni chiniqtiruvchi muolajalar va ularni qo‘llashda tavsiya qilinadigan tadbirlar. | 2 | Gigiyena, harbiy gigiyena. tibbiy ekologiya ДАВОЛАШ 2 kurs | |
| 125 | 137 | Mehnat gigiyenasi. Kasb kasalliklari, O‘zbekiston Respublikasi uchun bu muammoning dolzarbligi | Mehnat gigiyenasining umumiy asoslari va mehnatni muhofaza qilish. Texnik taraqqiyotning mehnat sharoitlari o‘zgarishidagi gigiyenik ahamiyati, ekologik muammolari. Mehnat gigiyenasi tushunchasi, mehnat gigiyenasi sohasidagi zamonaviy muammolar. Ishlab chiqarishga oid zararlar haqida tushuncha, ularning tasniflari. Sanoat korxonalari ishchi va xizmatchilariga tibbiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etishning asoslari. Ruhiy-fiziologik va biologik omillarga gigiyenik ta’rif, ularning ishchilar organizmiga zararli ta’sirini oldini olish tadbirlari. Ishlab chiqarish muhitidagi biologik omillarning gigiyenik ahamiyati. Kasbga oid infeksiyalar haqida tushuncha, ularni oldini olish tadbirlari. | 2 | Gigiyena, harbiy gigiyena. tibbiy ekologiya ДАВОЛАШ 2 kurs | |
| 126 | 138 | Ishlab chiqarish muhitining fizik va kimyoviy omillari haqida tushuncha. Ishlab chiqarishga doir zararli omillarning maxsus ta’siri: allergen, kanserogen, mutagen, teratogen, embriotoksik; oldini olish tadbirlari. | Ishlab chiqarish muhitidagi fizikaviy omillarga umumiy ta’rif: nomuvofiq mikroiqlim, shovqin, tebranish (fizikaviy ta’rif, ishchilar organizmiga zararli ta’siri, zararli ta’sirini oldini olish tadbirlari). Sanoat changlari, changlarning tasniflari, changga doir patologiyalar haqida tushuncha va ularni oldini olish tadbirlari. Ishlab chiqarish muhitidagi kimyoviy omillar va davolovchi profilaktik ovqatlanish haqida tushuncha. Ishlab chiqarish muhitidagi kimyoviy omillar haqida tushuncha, ularning gigiyenik ahamiyati: organizmga kirish yo‘llari, mumkin bo‘lgan ta’sir etish tabiati, ularning zaharliligi bo‘yicha tasnifi. O‘tkir va surunkali kasbiy zaharlanishlar haqida tushuncha, ularni oldini olish tadbirlari. Zararli kasblarda ishlovchi ishchilarga davolovchi-profilaktik ovqatlar berish va ularga gigiyenik ta’rif. O‘zR qishloq xo‘jaligida mehnat gigiyenasi asoslari. O‘zbekiston Respublikasi sharoitida qishloq xo‘jaligidagi mehnatning zamonaviy muammolari, o‘ziga xos xususiyatlari, qishloq xo‘jaligidagi ishchi va xizmatchilar organizmiga ta’sir ko‘rsatuvchi nomuvofiq omillarga umumiy ta’rif, ishchilarni sog‘lomlashtirishga doir tadbirlar. Mineral o‘g‘itlarni qo‘llash gigiyenasi. Pestitsidlar haqida tushuncha, ularning tasniflari. Ularni qo‘llaganda nomuvofiq ta’sir etish ehtimoli, oldini olish tadbirlari. | 2 | Gigiyena, harbiy gigiyena. tibbiy ekologiya ДАВОЛАШ 2 kurs | |
| 127 | 139 | Harbiy gigiyena. Qo‘shinlarni sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash va ovqatlanishini tashkil qilishning gigiyenik ahamiyati | O‘zR Qurolli Kuchlaridagi Sanitariya nazorati. Qo‘shinlarni ovqatlantirish gigiyenasi. Ayrim qo‘shin turlaridagi mehnat gigiyenasi. Harbiy gigiyena haqida tushuncha. Uning rivojlanish tarixi. Qurolli kuchlardagi sanitariya nazorati va gigienik ta’minotlar haqida tushincha. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi Sanitariya nazorati kuchlari va vositalari. Harbiy qo‘shinlarni joylashtirish, yuvintirish-kiyintirish bo‘yicha xizmat gigiyenasi. Harbiy xizmatchilarni ovqatlantirishni ahamiyati va kunlik ovqat mahsulotlarining me’yori. Tinchlik davrida Harbiy xizmatchilarning ovqatlanishini tashkil qilish va uning sanitar nazorati. Harbiy harakatlar davrida ovqatlanishni tashkil qilish va uning sanitar nazoratini amalga oshirish.. Tinchlik davrda qo‘shinlarning suv ta’minoti va uning sanitar nazoratini tashkil qilishning asoslari. Harbiy dala sharoitida suv ta’minoti va uning sanitar nazoratini tashkil qilish.Harbiy dala sharoitida tibbiy xizmat xodimining asosiy vazifalari. Dala sharoitida ichimlik sifatini yaxshilash usullari. Harbiy mehnat gigiyenasi haqida tushuncha. Ayrim qo‘shin turlaridagi mehnatning o‘ziga xos xususiyatlari. Tank qo‘shinlari mehnat gigiyenasi. Raketa qo‘shinlari mehnat gigiyenasi. Radiolokatsion stansiyalardagi Harbiy xizmatchilarning mehnat gigiyenasi. | 2 | Gigiyena, harbiy gigiyena. tibbiy ekologiya ДАВОЛАШ 2 kurs | |
| 128 | 140 | Tibbiy ekologiya haqida tushuncha. Insonlarning hozirgi zamondagi yashash muhitini shakllanishi uchun ilmiy-texnika taraqqiyoti va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarning ahamiyati. | Atrof muhitning ifloslanishi ilmiy-texnika taraqqiyotining asosiy negativ oqibati ekanligi. Ifloslanish turlari va ularning shahar hamda qishloq aholi yashash joylaridagi asosiy manbalari. Zararli omillarning biosferada bo‘lishi va oqibatining umumiy qonuniyatlari, biologik zanjirlar haqida tushuncha. Zamonaviy shaharlarda gigiyenik va ekologik muammolar. Tibbiy ekologiyaning zamonaviy muammolari. Ekologo-gigiyenik monitoring haqida tushuncha, uning vazifalari. Atrof muhitni ifloslanish omillarining tavsifi. Ksenobiotiklar va ularning atrof muhit uchun ahamiyati. O‘zbekiston respublikasi hududlarida ekologik vaziyatni tavsifi. Ekologik xavfli mintaqalar va ekologik zo‘riqqan zonalar. Ekologik vaziyat va ekopatologiyalar. Tibbiy ekologiya sohasida asosiy yo‘nalishlar. Atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlar | 2 | Gigiyena, harbiy gigiyena. tibbiy ekologiya ДАВОЛАШ 2 kurs | |
| 129 | 141 | Organik kimyo faniga kirish. | Kirish. Orgаnik kimyo fani predmeti. Orgаnik kimyo - farmatsevtikа tа’limi sistemаsidаgi fаn. Orgаnik moddalarni o‘rganishdagi dastlabki nazariyalar. Orgаnik birikmаlаrning аsosiy sinflаri. | 2 | Organik kimyo | |
| 130 | 142 | Organik birikmalarning tuzilishining nazariy asoslari. | Orgаnik birikmаlаrning nomlаnishi, hozirgi zаmon nomlаr mаjmui (IUPAC) ning аsosiy tamoyillari, o’rinbosаrli nomlаr mаjmui. Rаdikаl-funksionаl nomlаr mаjmuining bа’zi bir orgаnik birikmаlаr sinfini аtаshdа qo’llаnishi. A.M.Butlerovning kimyoviy tuzilish nazariyasi. | 2 | Organik kimyo | |
| 131 | 143 | To’yingan alifatik va alisiklik uglevodorodlar (alkanlar va sikloalkanlar). | Alifatik va Аlisiklik birikmаlаr hаqidа tushunchа, ularning tasnifi va izomeriyasi. To’yingan uglevodorodlar. Alkan va sikloalkanlarning tuzilishi va fizik-kimyoviy xossalari. Tibbiyotda qo’llaniladigan uglevodorod hosilalari. | 2 | Organik kimyo | |
| 132 | 144 | To‘yinmagan alifatik uglevodorodlar I (Alkenlar). | Alkenlarning gomologik qatori, tuzilishi. Alkenlarning nomlanishi va izomeriyasi. Alkenlarning olinishi. Alkenlarning fizikaviy xossalari. Alkenlarning kimyoviy xossalari. Alkenlarning ishlatilishi. | 2 | Organik kimyo | |
| 133 | 145 | To’yinmagan alifatik uglevodorodlar II (Diyen uglevodorodlar). | Sinflanishi. Oddiy bog’ bilan ajratilgan ikki qo’shbog’li (konyugatsion) diyenlar. Tabiiy va sintetik kauchuklar. Alkadiyenlarning farmatsevtikada qo’llanilishi. | 2 | Organik kimyo | |
| 134 | 146 | Alkinlar | Alkinlarning gomologik qatori va nomlanishi. Alkinlarning tuzilishi va izomeriyasi. Olinish usullari. Fizikaviy va kimyoviy xossalari. Atsetilen uglevodorodlarning ishlatilishi | 2 | Organik kimyo | |
| 135 | 147 | Aromatik uglevodorodlar – Benzol va uning gomologlari. | Аromаtik uglevodorodlаrning gomologlari. Ularning tuzilishi, izomeriyasi va olinishi. Аromаtik qаtordа elektrofil o’rin olish reaksiyalаri. Аromаtik uglevodorodlаrning fizik-kimyoviy xossalari. Ko’p yadroli aromatik uglevodorodlar. Аromаtik uglevodorodlаrning tibbiyotdagi ishlatilishi. | 2 | Organik kimyo | |
| 136 | 148 | Organik galogen birikmalar. | Organik galogen birikmalar. Ularning tuzilishi va olinishi. Organik galogen birikmalarda boradigan rеaksiyalar. Zaytsev qoidasi. Galogen uglevodorodlarning kimyoviy xossalari va ishlatilishi. | 2 | Organik kimyo | |
| 137 | 149 | Gidroksil guruh saqlagan birikmаlаr. Spirtlar. | Bir atomli to’yingan spirtlar. Ayrim vakillari va ahamiyati. To’yinmagan spirtlar. Ikki atomli spirtlar (glikollar). Uch atomli spirtlar | 2 | Organik kimyo | |
| 138 | 150 | Aromatik spirtlar. Fenollar. | Fеnоllаrning olinishi va xossalari. Bir va ko’p atomli aromatik spirtlar. Bir va ko’p atomli aromatik spirtlarning olinishi va xossalari. Aromatik spirtlar va fenollarni tibbiyotda qo’llanilishi. | 2 | Organik kimyo | |
| 139 | 151 | Oddiy efirlar. Ularni tibbiyotda qo‘llanilishi. | Oddiy efirlar nomenklaturasi va izomeriyasi. Oddiy efirlarning fizik va kimyoviy xossalari. Fenollarning oddiy efirlari. Oddiy efirlarni identifikatsiyalash usullari. | 2 | Organik kimyo | |
| 140 | 152 | Karbonil birikmalar - aldegid va ketonlar. | Aldegidlar. Ularning tuzilishi, olinishi, izomeriyasi va xossalari. Ketonlar. Ularning tuzilishi, olinishi, izomeriyasi va xossalari. Farmatsevtika sanoatida dori vositalari tarkibiga kiruvchi karbonil guruh tutgan hosilalari. | 2 | Organik kimyo |