1-mavzu. Zamonaviy gigiyena va tibbiy ekologiya, ularning tibbiyotdagi o‘rni.
  1. 1. Gigiyena fanining predmeti va vazifalari. Stomatolog shifokorlarni tayyorlash tizimida gigiyena fanining tutgan oʻrni va ahamiyati.
  2. 2. Ekologiya va tibbiy ekologiya haqida tushuncha. Zamonaviy inson ekologiyasi. Tibbiy taʼlim tizimida gigiyenaning oʻrni. Aholi salomatligi koʻrsatkichlarining yashash va turmush sharoitlariga bogʻliqligi. Atrof muhit tashqi omillari haqida tushuncha.
  3. 3. Gigiyenada qoʻllanadigan tekshirish usullari, gigiyenik meʼyorlashtirish va reglamentlashtirishning asoslari. Shifokor faoliyatida gigiyena fanining ahamiyati.
  4. 4. Inson ekologiyasi haqida tushuncha. Insonlarning hozirgi zamon yashash muhitini shakllanishi uchun ilmiy-texnika taraqqiyoti va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarning ahamiyati. Atrof muhitning ifloslanishi ilmiy-texnika taraqqiyotining asosiy negativ oqibati ekanligi.
  5. 5. Ifloslanish turlari va ularning shahar hamda qishloq aholi yashash joylaridagi asosiy manbalari. Zararli omillarning biosferada boʻlishi va oqibatining umumiy qonuniyatlari, biologik zanjirlar haqida tushuncha.
  6. 6. Ekologik vaziyatlar, ekologik ofatli mintaqalarga umumiy taʼrif va OʻzR hududidagi ekologik tanglik, atrof muhitni muhofaza qilishga doir tadbirlar. Shahar muhitiga gigiyenik taʼrif, uning aholi salomatligi uchun ahamiyati, uni yaxshilashga doir tadbirlar, zamonaviy turar-joy binolari va mavzelariga boʻlgan gigiyenik talablar.
2-mavzu. Davolash-profilaktika muassasalari gigiyenasining umumiy asoslari. Kasalxona ichi infeksiyalari va ularni oldini olish tadbirlari.
  1. 1. Davolash-profilaktika muassasalari qurilishining gigiyenik asoslari (stomatologik ambulatoriya-poliklinika muassasalari). OʻzRda DPMning moddiy-texnik bazasining holati va uni yaxshilash boʻyicha bugungi kundagi vazifalar.
  2. 2. DPMlar qurilishining zamonaviy muammolari. Davolovchi-himoyalovchi tartib haqida tushuncha, uning davolash-profilaktika muassasalarini obodonlashtirilganligi bilan bogʻliqligi.
  3. 3. SanQvaM 0292-11 boʻyicha OʻzRda DPMni rejalashtirish va loyihalashtirish reglamentlari va gigiyenik asoslari. DPMlarni rejalashtirishga boʻlgan umumiy gigiyenik talablar.
  4. 4. DPMlarni kommunal nuqtai-nazardan jihozlanishi (suv taʼminoti, kanalizatsiya, yoritilishi, shamollatilishi, chiqindilardan tozalash).
  5. 5. Kasalxona ichi infeksiyasi haqida tushuncha va uni oldini olish choralari. Ixtisoslashgan markazlarga (jarrohlik, yuqumli kasalliklar va tugʻruqxona) boʻlgan asosiy gigiyenik talablar.
3-mavzu. Ovqatlanish va salomatlik. Bemorlarni parhez ovqatlantirishning gigiyenik asoslari.
  1. 1. Ovqatlanishning salomatlik omili ekanligi Ovqatlanishning ijtimoiy-gigiyenik muammo ekanligi. Aholi salomatligi uchun ovqatlanishning ahamiyati. Oqilona ovqatlanish tushunchasi va unga boʻlgan gigiyenik talablar, ovqatlanishning fiziologik meʼyorlari.
  2. 2. Asosiy oziq moddalarning manbalari va isteʼmolning gigiyenik meʼyorlari. Alimentar kasalliklar haqida tushuncha, ularning tasnifi. Aholi ovqatlanishida ekologik muammolar.
  3. 3. Ovqatdan zaharlanishlar va ularning tasnifi. Ovqatdan zaharlanishning muhim shakllarini kelib chiqishini oldini olish.
  4. 4. Bemorlarning ovqatlanishini tashkil qilish va uning gigiyenik nazorati. Bemorlarning parxez ovqatlantirishning gigiyenik asoslari.
  5. 5. YUz-jagʻ kasalliklari bemorlarini parhezli ovqatlantirishning gigiyenik asoslari
4-mavzu. Suv salomatlik omili. Xavo muxiti gigiyenasi.
  1. 1. Suvning fiziologik, gigiyenik va epidemiologik ahamiyati. OʻzRsi aholisini suv bilan taʼminlashdagi eng muhim muammolar, mahalliy va markazlashgan suv taʼminoti haqida tushuncha.
  2. 2. Respublika hududidagi suv manbalariga gigiyenik taʼriflar. Suv taʼminoti manbalariga boʻlgan umumiy gigiyenik talablar. Suv manbalarining sanitar himoya mintaqalarini tashkil qilish. Sanitar himoya zonasi (SHZ) haqida tushuncha.
  3. 3. OʻzRda suv isteʼmoli meʼyorlari. Davlat Standarti haqida tushuncha.Davlat Standartiga muvofiq ichimlik suvining sifatiga boʻlgan talablar. Ichimlik suvining sifatini yaxshilash usullariga umumiy taʼrif.
  4. 4. Ichimlik suvining sifatini yaxshilashdagi zamonaviy usullar haqida tushuncha, suvni tiniqlashtirish va zararsizlantirish (usullari, vositalari, ishlov berish tartibi va uning gigiyenik nazorati).
  5. 5. Xavo muxitining fizikaviy va kimyoviy tarkibining fiziologik va gigiyenik axamiyati. Xavo muxiting biologik xossalari.
  6. 6. Xonalar mikroiqlimi koʻrsatkichlarini tekshirish va gigiyenik baxolash.
5-mavzu. Bolalar va o‘smirlar gigiyenasi.
  1. 1. Bolalar va oʻsmirlar gigiyenasining umumiy asoslari. Oʻzbekiston aholisi bolalar kontingentining salomatlik koʻrsatkichlari.
  2. 2. Aholi turmush sharoitining bolalarning salomatlik holatini belgilovchi muhim omil ekanligi. Uyushgan bolalar muassasalariga qoʻyiladigan gigiyenik talablar.
  3. 3. Bolalarning jismoniy rivojlanishi, ularni tarbiyalash va oʻqitish sharoitlarini muvofiqlashtirish boʻyicha tadbirlar ishlab chiqishning asosi ekanligi.
  4. 4. Akseleratsiya, uning gigiyenik ahamiyati, maktabga etuklik tushunchasi.
  5. 5. Bolalar muassasalarini qurish va jihozlashga boʻlgan gigiyenik talablar.
  6. 6. Bolalar va oʻsmirlarni chiniqtiruvchi muolajalar va ularni qoʻllashda tavsiya qilinadigan tadbirlar.
6-mavzu. Mehnat gigiyenasi. Ishlab chiqarish muhitining fizik va kimyoviy omillari haqida tushuncha.
  1. 1. Ishlab chiqarish muhitidagi fizikaviy omillarga umumiy taʼrif: nomuvofiq mikroiqlim, shovqin, tebranish (fizikaviy taʼrif, ishchilar organizmiga zararli taʼsiri, zararli taʼsirini oldini olish tadbirlari).
  2. 2. Sanoat changlari, changlarning tasniflari, changga doir patologiyalar haqida tushuncha .
  3. 3. Ishlab chiqarish muhitidagi kimyoviy omillar haqida tushuncha, ularning gigiyenik ahamiyati: organizmga kirish yoʻllari, mumkin boʻlgan taʼsir etish tabiati, ularning zaharliligi boʻyicha tasnifi.
  4. 4. Oʻtkir va surunkali kasbiy zaharlanishlar haqida tushuncha, ularni oldini olish tadbirlari. Zararli kasblarda ishlovchi ishchilarga davolovchi-profilaktik ovqatlar berish va ularga gigiyenik taʼrif.
  5. 5. Oʻzbekiston Respublikasi sharoitida qishloq xoʻjaligidagi mehnatning zamonaviy muammolari, oʻziga xos xususiyatlari, qishloq xoʻjaligidagi ishchi va xizmatchilar organizmiga taʼsir koʻrsatuvchi nomuvofiq omillarga umumiy taʼrif, ishchilarni sogʻlomlashtirishga doir tadbirlar.
  6. 6. Mineral oʻgʻitlarni qoʻllash gigiyenasi. Pestitsidlar haqida tushuncha, ularning tasniflari. Ularni qoʻllaganda nomuvofiq taʼsir etish ehtimoli, oldini olish tadbirlari