Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Patologik fiziologiya

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60910200 - Davolash ishi
Oʻqish davomiyligi (yil) 6 Semestr 5,6
Fan nomi Patologik fiziologiya Fan kodi РFZ15606
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 30 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    6    Baholash shakli oraliq: ogʻzaki
joriy: workshop/loyiha ishi/ vazifa/topshiriqlar/davomat
yakuniy: ogʻzaki
Ajratilgan akademik soat hajmi 180 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
90
(aud)
90
(must)
24 66
12 | 12 32 | 34
 

2. Fan maqsadi

Mazkur fanning maqsadi talabalarda odam organizmida roʻy berishi mumkin boʻlgan xar xil kasalliklarni etiologiyasi, patogenezi va oqibatlarini umumiy qonuniyatlarini, hamda ularning yoshga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda koʻnikma va malakani shakllantirishdan iborat.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Odam anatomiyasi (AN112312)

2. Normal fiziologiya (FZ13408)

3. Biokimyo (BK13408)

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:     

  • umumiy nozologiyani tashkil etuvchi asosiy tushunchalarni;
  • organizmda kasallikning kelib chiqishida etiologik omil, ichki va tashqi shart-sharoitlarning ahamiyatini;
  • tipik patologik jarayonlarning rivojlanish mexanizmlarini, ularning patologiyadagi ahamiyatini;
  • patologiyani oʻrganishda tajribaviy modellashtirish uslubning ahamiyatini;
  • amaliy tibbiyotda patofiziologiyaning tutgan oʻrnini, uning tashhis, davolash va asoratlar profilaktikasidagi ahamiyatini;
  • patofiziologiya sohasi boʻyicha dunyo va oʻzbekiston olimlari tomonidan kashf etilgan yangiliklarni bilishi kerak;

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • kasallik rivojida mavjud simptom, metabolik va funksional oʻzgarishlarga toʻgʻri baho berish va oʻzaro bogʻliq xolda talqin etish;
  • kasallikka birlamchi tashxis qoʻyish, davolash tamoillarini belgilash toʻgʻrisida tasavvurga ega boʻlishi;
  • patologik jarayonlar sabablarini va rivojlanish mexanizmlarini;
  • normani patologiyadan farqlashi, yorugʻlik mikroskopi darajasida hujayraning patologik oʻzgarishini tahlil qila olishni;
  • turli kasalliklarda ichki organlardagi morfofunksional oʻzgarishlarning mohiyatlarini;
  • kasallikning etiologiyasi, patogenezi, morfogenezi, kasalliklar klassifikatsiyasi, morfologik asoslari, va ularni kliniko-anatomik tahlil qilishni;
  • tipik patologik jarayonlar bilan kechuvchi kasalliklar patogenezining asosiy va umumiy bosqichlarini ajratishni bilishi va ulardan foydalana olishi;

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
Mavzular ID bo'yicha qayta tartiblandi.
Yangi tartibni ko'rish uchun shu yerga kiring!
Kuzgi semestr
1.

Patologik fiziologiya faniga kirish. Organizmning umumiy reaktivligi va rezistentligi, ularning patologiyadagi roli.

  1. Klinik patofiziologiya haqida tushuncha
  2. Patofiziologiyaning asosiy rivojlanish bosqichlari
  3. Umumiy nozologiya tushunchasi. norma, sogʻlik.
  4. Immunologik reaktivlik haqida tushuncha, uni taʼminlovchi omillar va mexanizmlar.
2
2.

Yallig‘lanish patogenezining asosiy komponentlari.

  1. Alteratsiya. Ekssudatsiya. Mikrotsirkulyator oqim tomirlarini reaksiyasi.
  2. Yalligʻlanish oʻchogʻida qon reologik xususiyatlarining oʻzgarishlari.
  3. Yalligʻlanish oʻchogʻida reparativ jarayon rivojlanishini mexanizmlari.
2
3.

Periferik (to’qima) qon aylanishi va mikrotsirkulyasiya patofiziologiyasi.

  1. Arterial va venoz giperemiyalar.
  2. Periferik (toʻqima) qon aylanishi va mikrotsirkulyasiya patofiziologiyasi.
  3. Emboliya. Tromboembolik kasalliklar.
2
4.

Yurak patofiziologiyasi

  1. Yurak aritmiyalari, sabablari, rivojlanish mexanizmlari EKG dagi oʻzgarishlar.
  2. Ateroskleroz
2
5.

Yurak faoliyatini yetishmovchiligi.

  1. Yurak yetishmovchiligi, uning turlari. Yurak yetishmovchiligining miokardial shakli, etiologiya va patogenezi.
  2. Yurak shikastlanishining nokoronarogen shakllari.
2
6.

Buyrak patofiziologiyasi.

  1. Siydik xosil kilishdagi asosiy jarayonlar buzilishlari.
  2. Renal simtomlar. Protenuriya, gematouriya, leykotsitouriya, ularning sabablari va diagnostik axamiyati.
2
Bahorgi semestr
7.

Asosiy buyrak kasalliklari va sindromlari

  1. Nefropatiyalar
  2. Buyrak yetishmovchiligi
2
8.

Tashqi nafas tizimining patofiziologiyasi.

  1. Nafas yetishmovchiligi, etiologiyasi, kechishi, kompensatsiya darajasi, patogeneziga kura turlari.
  2. Alveolyar ventilyatsiya, ventilyatsion-perfuzion munosabatlar, aerogematik tusik orkali gazlar diffuziyasining buzilishlari.
  3. Gipoksiya va giperoksiyaga organizmning yoshiga karab sezgirligi
2
9.

Xazm qilish tizimi patofiziologiyasi.

  1. Xazm kilish tizimidagi buzilishlarning umumiy etiologiyasi va patogenezi. Oshkozonning rezeruar, sekretor va motor funksiyalarining buzilishi.
  2. Ingichka va yoʻgʻon ichak funksiyalarining buzilishlari.
2
10.

Jigar patofiziologiya

  1. Jigar parenximasining diffuz shikastlanishi
  2. Sariqliklarning patofiziologiyasi
2
11.

Endokrin tizimi patofiziologiyasi

  1. Gormonlar taʼsirining mexanizmlari
  2. Buyrak usti bezi faoliyatini buzilishi
2
12.

Asab tizimi patofiziologiyasi

  1. Asab tizimidagi patologik jarayonlarining rivojlanish mexanizmlari
  2. Nevrozlar
2
Jami 24
 

 

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
Kuzgi semestr
1.

Patologik fiziologiya fani. Umumiy tushunchalar. Hujayra shikastlanishi patofiziologiyasi.  

  1. Nozologiya. Umumiy etiologiya va patogenez.
  2. Kasallik rivojlanishida ichki va tashqi sharoitlarning ahamiyati.
  3. Hujayra shikastlanishida himoya moslashuv reaksiyalari.
4
2.

Yallig’lanish patofiziologiyasi.  

  1. Yalligʻlanishning umumiy taʼrifi va klassifikatsiyasi.
  2. Yalligʻlanish mediatorlari va ularning patogenetik roli.
  3. Yalligʻlanish patogenezining asosiy mexanizmlari.
  4. Yalligʻlanishning oqibatlari va klinik-patofiziologik ahamiyati.
4
3.

Reaktivlik. Patologik fiziologiya organizmining immunologik reaktivligi.  

  1. Allergik reaktsiyaning patofiziologiyasi asoslari. Allergik reaktsiyalarning tasnifi.
  2. Anafilaktik (reagin) va sitotoksik turdagi allergik reaktsiyalar
4
4.

Sekinlashgan allergik reaktsiyalarning patogenezi.  

  1. Immunokompleks allergik reaktsiyalar.
  2. Аllergik reaktsiyalarning patofiziologik bosqichlari.
2
5.

To'qimalarning o'sishining notipik buzilishlari. O’smalar.  

  1. Oʻsmalarning asosiy belgilari va tasnifi – yaxshi va yomon sifatli oʻsmalar.
  2. Oʻsmalarning patogenezi (genetik va atrof-muhit omillari), klinik va morfologik xususiyatlari.
2
6.

Gemodinamik buzilishlar:  

  1. Qon aylanishining umumiy buzilishlari (giperemiya, ishemiya, staz).
  2. Gemorragiyalar va ularning patogenetik mexanizmlari.
  3. Tromboz va emboliya.
  4. Ateroskleroz va terminal gemodinamik buzilishlar (shok, kollaps).
4
7.

Qon tizimi patofiziologiyasi  

  1. Qizil qon patofiziologiyasi: gemogramma koʻrsatkichlari va qon yoʻqotishdagi kompensator mexanizmlar.
2
8.

Leykotsitlar va trombotsitlarning patofiziologiyasi  

  1. Leykotsitlar patofiziologiyasi: leykotsitoz va leykopeniyaning patogenezi, ularni keltirib chiqaradigan omillar.
  2. Trombotsitlar patofiziologiyasi
4
9.

Yurak faoliyati buzilishlari  

  1. Yurak aritmiyalari: kelib chiqish sabablari va rivojlanish mexanizmlari, klinik turlari va ularning EKG-dagi oʻzgarishlari.
  2. Yurak va qon tomir yetishmovchiligining patofiziologik asoslari.
  3. Kompensator mexanizmlarning rivojlanish mexanizmlari (gipertrofiya, taxikardiya, neyro-gumoral mexanizmlar).
4
10.

Arterial bosim buzilishlari  

  1. Arterial gipertenziya: etiopatogenezi va rivojlanish mexanizmlari.
  2. Birlamchi (gipertoniya kasalligi) shakllari va bosqichlari.
  3. Ikkilamchi arterial gipertenziya: sabablari va klinik-patogenetik xususiyatlari.
  4. Arterial gipotenziya: turlari, sabablari va rivojlanish mexanizmlari.
2
Bahorgi semestr
11.

Tashqi nafas tizimi patofiziologiyasi  

  1. Nafas yetishmovchiligi: tushunchasi va etiologiyasi.
  2. Nafas yetishmovchiligining kechishi va kompensatsiya darajalari.
  3. Nafas yetishmovchiligining patogeneziga koʻra turlari.
  4. Tashqi nafas tizimi patofiziologiyasining klinik ahamiyati
2
12.

Gipoksiya patofiziologiyasi  

  1. Gipoksiya tushunchasi va umumiy xarakteristikasi, patologik jarayonlar va kasalliklarning asosiy patogenetik zvenosi sifatida.
  2. Gipoksiyalarning sinflanishi va himoya-moslashuv mexanizmlarining (tezkor va sekin) rivojlanishi.
  3. Alveolyar ventilyatsiya, ventilyatsion-perfuzion munosabatlar hamda aerogematik toʻsiq orqali gazlar diffuziyasi buzilishlarining gipoksiya patogenezidagi oʻrni.
  4. Gipoksiyani davolash va profilaktika prinsiplari, gipoksiya va giperoksiyaga organizmning yoshga qarab sezgirligi.
4
13.

Buyrak yetishmovchiligi patofiziologiyasi  

  1. Siydik hosil boʻlish jarayonida glomerulyar filtratsiya buzilishlari.
  2. Tubulyar reabsorbsiya buzilishlari va ularning oqibatlari.
  3. Sekresiya jarayonining buzilishlari va patofiziologik ahamiyati.
  4. Buyrak yetishmovchiligining shakllari (oʻtkir va surunkali) va klinik-patogenetik oqibatlari.
4
14.

Buyrak sindromlari va buyrak yetishmovchiligi  

  1. Renal katta va kichik sindromlarning patofiziologik mohiyati.
  2. Oʻtkir buyrak yetishmovchiligi: shakllari, etiopatogenezi va rivojlanish davrlari.
  3. Surunkali buyrak yetishmovchiligi: bosqichlari va klinik-patogenetik xususiyatlari.
  4. Buyrak yetishmovchiligini davolash prinsiplari va patogenetik asoslari
2
15.

Kislota-ishkor muvozanati patofiziologiyasi  

  1. Kislota-ishkor muvozanati tushunchasi va organizmda uning biologik ahamiyati.
  2. Kislota-ishkor muvozanatining sinflanishi: metabolik va respirator asidoz hamda alkaloz.
  3. Bemor hayvonlarda pH oʻzgarishining patofiziologik asoslari.
  4. Kislota-ishkor muvozanati buzilishlarining klinik oqibatlari va kompensator mexanizmlari.
2
16.

Suv-tuz almashuvining patofiziologiyasi:  

  1. Suv almashinuvi boshqarilishi
  2. Uning buzilish mexanizmlari.
  3. Disgidriya turlari, shishlar va uning rivojlanish mexanizmlari, turlari
2
17.

Xazm tizimi patofiziologiyasi.  

  1. Xazm tizimidagi buzilishlarning umumiy etiologiyasi va patogenezi.
  2. Xazm tizimi buzilishidagi sindromlar. Ogʻiz boʻshligʻi, oshkozon, ichaklarda sekretor, motor va soʻrilish funksiyalarining buzilishi.
4
18.

Jigar yetishmovchiligi umumiy etiologiyasi va patogenezi.  

  1. Jigar etishmovchiligida uchraydigan simptomlar va sindromlarning etiologiyasi va patogenezi.
  2. Jigar komasi etiologiya va patogenezi. Sariqlik tushunchasi, turlari, sabablari va koʻrinishlari.
  3. Jigar etishmovchiligi profilaktikasi yoʻnalishlari.
2
19.

Endokrinopatiyalarni umumiy etiologiyasi va patogenezi.  

  1. Gormonal yetishmovchilikning oʻziga xos hususiyatlari.
  2. Endokrin kasalliklari va sindromlari. Gigantizm, akromegaliya, gipofizar nanizm, Itsengo-Kushing kasalligi va sindromi, Konn sindromi, adrenogenital sindromlar.
  3. Buyrak usti bezining oʻtkir va surunkali yetishmovchiligi. Endemik va toksik boʻqoq. Jinsiy bezlarning gipo va giperfunksiyasi.
4
20.

Reproduktiv tizimi patofiziologiyasi  

  1. Reproduktiv tizim kasalliklarida uchraydigan asosiy simptomlar va sindromlarning etiologiyasi va patogenezi.
  2. Gormonal disbalans va reproduktiv tizim patologik jarayonlari: gipogonadizm, gipergonadizm, spermatogenez va ovulyatsiya buzilishlari, homiladorlik patologiyalari (toksikoz, preeklampsiya, homiladorlikni saqlay olmaslik) etiologiyasi va patogenezi.
2
21.

Asab tizimi patofiziologiyasi  

  1. Asab tizimidagi patologik buzilishlar
  2. Nevrozlar
4
22.

Stress va moslashuv va sress javobining buzilishlari:  

  1. Stressga neyroendokrin va immun javoblar.
  2. Stressga moslashuv va kurashish, moslashish qobiliyatiga taʼsir etuvchi omillar.
  3. Oʻtkir va surunkali stressning oqibatlari,
  4. Travmadan keyingi stress buzilishi (PTSB).
  5. Stress buzilishlarini davolash va tadqiqotlar.
2
Jami 66

Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni
1.

Gemostaz mexanizmlari va uning patologiyasi

2.

Genetik xastaliklarning molekulyar diagnostikasi asoslari

3.

O‘smadan muhofazalanishning immunmexanizmlari. Onkoviruslar, ularning tarqalish yo‘llari, o‘sma hosil qiluvchi ta’siri. Kanserogenez, unda hujayra onkogenlarining ahamiyati

4.

Qonning fizik-kimyoviy xususiyatlari o‘zgarishlari

5.

Gemorragik diatezlarning ko‘rinishlari

6.

Gipovolemiyalarda qon aylanishining o‘zgarishlari

7.

Mutloq va nisbiy toj tomir yetishmovchiligi. Yurak ishemik kasalligi, uning shakllari, sabablari va rivojlanish mexanizmlari

8.

Perikard patologiyasida yurak funksiyasining buzilishlari

9.

Arterial gipotenziyalar, ularning turlari, sabablari va rivojlanish mexanizmlari

10.

Essensial gipertoniya patogenezining zamonaviy aspektlari

11.

Havo ifloslanishining o‘pka patologiyasidagi ahamiyati

12.

O‘pkaning metabolik funksiyalari va ularning buzilishlari

13.

Oshqozon yarasi kasalligi: etiologiyasi va patogenezidagi zamonaviy aspektlar

14.

Ovqatlanishning buzilishi – jigar patologiyasining sababi

15.

Nefrotik sindromlar patofiziologik xususiyatlari

16.

Buyrak sinamalari. Siydikda qoldiq azot

17.

Buyrak sinamalari. Siydikda qoldiq azot, ammiak, kreatinin, mochevina miqdorini aniqlash

18.

Eritrotsitlar patofiziologiyasi. Qonning aterogen indeksini aniqlash Qon tarkibida shaklli elementlar miqdorini aniqlash

19.

Teri xastaliklari patofiziologiyasi

20.

Ona qornida rivojlanish patologiyasi

  Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni loyiha ishi, kazus yoki media koʻrinishida topshirishadilar.

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

  1. Abdullayev N.X., Karimov H.Yo., Irisqulov B.O’. – Patologik fiziologiya -:darslik.-Toshkent: “Innovatsiya-ziyo”, 2022, 532b.
  2. Новицкий В.В., Гольдберг Е.Д., Уразова О.И. Патофизиология. В 2 т. учебник / Под ред. В.В. Новицкого,Е.Д. Гольдберга, О.И. Уразовой - 4-е изд., перераб. и доп. - М. : ГЭОТАР-Медиа,2015.
  3. Schneider, Arthur S. Pathology / Arthur S. Schneider, Philip A. Szanto ; with special contributions by Anne Mills, Sandra I. Kim, and Todd A. Swanson. — 5th ed.2014

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. Xudoyberganov Sh.X., Turdiyev D.A. Patologik fiziologiya : tibbiyot oliygohlari talabalari uchun darslik / — Toshkent : Fan va texnologiya, 2018. — 640 b.

7.3. Axborot manbaalari

  • https://www.elsevier.com/books/robbins-basic-pathology
  • https://www.pathologyoutlines.com/
  • https://www.who.int/health-topics/pathology
  • https://www.cap.org/
  • https://webpath.med.utah.edu/

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Loyiha ishi. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot/media/yozma/viziual koʻranishida himoya qiladi. Guruh aʼzolari (komanda) uyushgan holda pedagog-oʻqituvchi tomonidan berilgan topshiriqni bajarib kelishadi. Guruhga qoʻyilgan umumiy ball, har bir aʼzo-talabaga qoʻyilgan individual ball sifatida qayd etiladi.;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (10-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi.


8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
Kuzgi semestr
1WorkshopTalabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki52-13 hafta(lar) davomida
2Loyiha ishitaqdimot/media/yozma/viziual koʻranishida himoya104-14 hafta(lar) davomida
3Vazifa / topshiriqlarmuammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni hisobot koʻrinishida104-13 hafta(lar) davomida
4DavomatTalabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.154-13 hafta(lar) davomida
Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish
Jami 40  
Oraliq imtihon (OI)
1. Ogʻzaki Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar bileti boʻyicha 20 10-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (YI)
1. Ogʻzaki Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar: Aysacheva Maftunabonu Oybek qizi,
KUAF, Normal va patologik fiziologiya kafedrasi oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--
Yangi muallif qo'shsh
Elektron pochta: m.aysacheva@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Normal va patologik fiziologiya kafedrasi
Taqrizchilar:

D.Kosimov - KUAF, Gistologiya, sitologiya va embriologiya kafedrasi mudiri, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--

E.X.Yuldashev - Andijon Davlat universiteti Odam fiziologiyasi va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi dotsenti, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--

Yangi taqrizchi qo'shsh
Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Juma soat 15.00 – 18.00, A 517– xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Normal va patologik fiziologiya» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

 

       

(imzo)

Gʻ.Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

F.Turdiyev

Fakultet dekani

(imzo)

A.Mutalipov

Kafedra mudiri

(imzo)

M.Aysacheva

Fan oʻqituvchisi

Ichki taqriz yuklanmagan
Tashqi taqriz yuklanmagan