![]() |
«TASDIQLAYMAN» Akademik ishlar boʻyicha prorektor I. Gʻ. Mamajonov ________________________ «____»________________ 2025-yil |
Biokimyo
fani boʻyicha sillabus
1. Umumiy maʼlumotlar
2. Fan maqsadi
Mazkur fanning maqsadi talabalarga biologik kimyo haqida umumiy tushuncha berish, talabalarni tirik organizmlar tarkibidagi asosiy biomolekulalar (oqsillar, lipidlar, uglevodlar, nuklein kislotalari) va ularning almashinuv jarayonlari haqida chuqur bilim berish. Metabolik jarayonlarning buzilishi natijasida yuzaga keladigan kasalliklar, ularning biokimyoviy diagnostikasi va davolash tamoyillarini tushuntirishdan iborat.
3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar
4. Odam anatomiyasi (Anat1043)
4. Taʼlim natijalari
4.1. Bilimlar jihatidan:
- Organizmda kechadigan biokimyoviy jarayonlarning oʻzaro bogʻliqligi, gomeostaz va bu jarayonlarning boshqarilish mexanizmlari haqida;
- baʼzi patologik holatlarda: qandli diabet, ateroskleroz, gepatit, oshqozon kasalliklari, oʻt toshi va siydik toshi kasalliklari, gipertoniya, irsiy kasalliklar, pankreatit, gipo- va gipervitaminozlar, podagra, immun¬tanqislikda modda almashinuvining buzilishi haqida tasavvurlarga ega boʻlishi.
- Yoshga bogʻliq holda qon konstantalarining biokimyoviy koʻrsatkichlari (oqsil, uglevod, lipid almashinuv koʻrsatkichlari, fermentlar spektri); oshqozon shirasining meyorida va patologik holatlardagi biokimyoviy konstantlari; meyorda va patologik holatlarda siydikning biokimyoviy koʻrsatkichlari; organizmdagi modda almashinuvining biokimyoviy asoslarini bilishi kerak.
4.2. Koʻnikmalar jihatidan:
- Oshqozon shirasi kislotaligi va patologik tarkibiy qismlarini aniqlay olishi; siydik analizini oʻtkazish va uning tarkibidagi patologik moddalarni aniqlash; fermentlar faolligi va turli biosuyuqliklardagi metabolitlar miqdorini reaktivlar toʻplami va biotestlardan bilan foydalangan holda aniqlay bilishi kerak.
- • fotoyelektrokolorimetr, polyarimetr, spektrofotometr, RN-metr, sentrifuga va termostatdan bilan foydalana bilishi; qoʻllanma, spravoshnik, jadvallardan foydalana koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak.
- • klinik biokimyoda kimyoviy va biokimyoviy sistemalardan foydalanishni, organizm asosiy sistemalarining funksional holatini belgilovchi koʻrsatkichlarni oʻlchash va baholashda malakalariga ega boʻlishi kerak.
5. Fan mazmuni
5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni
5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni
| № | Mavzu va rejalar | soatlar hajmi | |||
|---|---|---|---|---|---|
| Amaliy mavzular ID bo'yicha qayta tartiblandi. Yangi tartibni ko'rish uchun shu yerga kiring! |
|||||
| Kuzgi semestr | |||||
| 1. |
Moddalar almashinuviga kirish. Energiya manbalari va ozuqa komponentlari. To‘qlik, ochlik, uzoq davom etgan ochlik.
|
2 | |||
| 2. |
Kislotalar, ishqorlar, buferlar.
|
2 | |||
| 3. |
Aminokislotalar va peptid bog’lar.
|
2 | |||
| 4. |
|
2 | |||
| 5. |
Bioenergetika. Adenozin trifosfatning xususiyatlari.
|
2 | |||
| 6. |
Vitaminlar va elektron tashuvchilar.
|
2 | |||
| 7. |
Katabolizmning umumiy yo‘llari.
|
2 | |||
| 8. |
Piruvat metabolizmi va biologik oksidlanish.
|
2 | |||
| 9. |
Uglevodlar tuzulishi, proteoglikalar.
|
2 | |||
| 10. |
Glikoproteinlar va glikolipidlar.
|
2 | |||
| 11. |
Uglevodlar almashinuvi va funksiyalari. Glikogen tuzilishi, glikogen kasalliklari.
|
2 | |||
| 12. |
Glikoliz va uning boshqarilishi.
|
2 | |||
| 13. |
|
2 | |||
| 14. |
|
2 | |||
| 15. |
Fruktoza va galaktoza almashinuvi.
|
2 | |||
| 16. |
|
2 | |||
| 17. |
Qonda glyukoza miqdorining saqlanishi.
|
2 | |||
| 18. |
Taom tarkibidagi triatsilglitserolning hazmlanishi. Yog' kislotalari va triatsilgliserol sintezi.
|
2 | |||
| Bahorgi semestr | |||||
| 19. |
Yog' to‘qimasida triatsilgliserol zaxiralarining shakllanishi. Xolestrol va o‘t tuzlari metabolizmi.
|
2 | |||
| 20. |
Yog‘ to‘qimasi triatsilglitserollarining keyingi taqdiri. Yog‘ kislotalarining oksidlanishi. Keton tanachalari sintezi va utiliziatsiyasi.
|
2 | |||
| 21. |
Fosfolipid va sfingolipid metabolizmi.
|
2 | |||
| 22. |
Eykozanoidlar metabolizmi. Etanol metabolizmi.
|
2 | |||
| 23. |
Oqsillar hazmlanishi va aminokislotalar so‘rilishi. Aminokislota azoti qo‘shilishi va ajratilishi, (dezaminlanish, transaminlanish).
|
2 | |||
| 24. |
|
2 | |||
| 25. |
Qon biokimyosi. Qon tarkibi va vazifalari. Qon plazma oqsillari. Qon lipoproteinlari.
|
2 | |||
| 26. |
Limfa-retikulyar tizimi biokimyosi.
|
2 | |||
| 27. |
|
2 | |||
| 28. |
Biriktiruvchi to‘qima biokimyosi.
|
2 | |||
| 29. |
|
2 | |||
| 30. |
Oshqozon-ichak tizimi biokimyosi.
|
2 | |||
| 31. |
Jigar biokimyosi. Toksik moddalarni jigarda zararsizlantirilishi.
|
4 | |||
| 32. |
Fiziologik faol moddalar. Tetragidrofolat, vitamin B12 va S-adenozilmetionin. Aminokislotalardan hosil bo‘ladigan maxsus moddalar.
|
2 | |||
| 33. |
|
4 | |||
| Jami | 70 | ||||
Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan
5.3. Laboratoriya mashgʻulotlari mazmuni
6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari
| № | Topshiriqlar mazmuni |
|---|---|
| 1. |
Folat kislotasining yetishmovchiligi. Sulfanilamid preparatlarning bakteriostatik tasir mexanizmi. |
| 2. |
Buyraklarda urat toshlarini hosil bo‘lishi va davolash yo‘llari. |
| 3. |
Signallarni membranalar orqali o‘tkazilishi.Membranalar buzilishlarni patologik jarayonni kelib chiqishidagi o‘rni. |
| 4. |
Energiya almashinuvining boshqarilishi. |
| 5. |
Mitoxondrial kasalliklar. Gipoenergetik holatlar. |
| 6. |
Glikogen kasalliklari. |
| 7. |
Glyukoza tashuvchilarining tuzilishi, spetsifikligi, klinik ahamiyati. |
| 8. |
Surunkali gepatitlar va holetsistitlarda yog‘lar hazmlanishini buzilishi. |
| 9. |
Yog‘ kislotalarini α-omega oksidlanishi, ahamiyati, buzilishlari. |
| 10. |
Geteropolisaxaridlarni ontogenez va kasalliklarda o‘zgarishi. |
| 11. |
Lipidlarni peroksidlanishi va hujayra shikastlanishi patogenezidagi ahamiyati. |
| 12. |
Xolesterin tashilishida qatnashuvchi apo oqsillar. Yog‘ bosish, semirish. Sfingolipidozlar. |
| 13. |
Qandli diabet va ochlikda ketonuriya va ketonemiya. |
| 14. |
Oshqozon suyuqligi tashhisining klinik ahamiyati. |
| 15. |
Parenteral ovqatlanish va uning klinik ahamiyati. |
| 16. |
O‘tkir pankreatit kelib chiqishi va davolashning biokimyoviy asoslari. |
| 17. |
Katepsinlar, ularning klinik ahamiyati. |
| 18. |
Neyromediatorlar biosintezi, ahamiyati va kasalliklari. |
| 19. |
Buyraklarda urat toshlarini hosil bo‘lishi va davolash yo‘llari. |
| 20. |
Kallikrein-kinin tizimi, klinik ahamiyati. |
| 21. |
Jigarda gormonlarni zararsizlantirilishi, klinik ahamiyati. |
| 22. |
Endemik buqoq va gipotireoz patogenezi va davolash usullari. |
| 23. |
Leykotsitlar metabolizmi xususiyatlari. |
| 24. |
Nasliy va orttirilgan trombotsitopatiyalar. |
| 25. |
Kamqonlik turlari va sabablari. |
| 26. |
Qon ivish omillarining tug‘ma kasalliklari. |
| 27. |
Nafas va metabolik atsidoz va alkalozlarni kelib chiqishi, biokimyoviy tashxisi. |
| 28. |
Kollagenozlar, patogenezi va tashxisi. |
| 29. |
Genlar ta'sirini boshqarilishi, hujayra differentsirovkasi. |
| 30. |
Kollagenozlar, patogenezi va tashxisi. |
| 31. |
Genlar ta'sirini boshqarilishi, hujayra differentsirovkasi. |
| 32. |
Kollagenozlar, patogenezi va tashxisi. |
Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / hisobot koʻranishida himoya qiladi;
7. Foydalanilgan adabiyotlar:
7.1. Asosiy adabiyotlar
- Saidabbozov,S.Sh,Amanbayeva,S.S, Kuvvatov.J.D. “Biokimyo” Darslik Andijon :2025 y.
- Sobirova R.A., Yuldashev N.M.” Biokimyo”. Darslik 1 tom. Toshkent 2021 y.
- Sobirova R.A., Yuldashev N.M.” Biokimyo”. Darslik 2 tom. Toshkent 2021 y.
7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar
- Obidov O.O. va boshq. Biologik kimyo. Laboratoriya amaliyoti. 2010 y.
- Dalimova S.N., Umarova G.B. Klinik biokimyo o‘quv qo‘llanma Toshkent 2019 y.
7.3. Axborot manbaalari
- http://www.bioximia.narod.ru
- http://www.biochemistry.vcu.edu.com
Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova
8. Fanni baholash mezoni va rejasi
8.1. Talabalar bilimini baholash turlari
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:
- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;
- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma koʻranishida himoya qiladi;
- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;
- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.
Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (10-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.
Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida ogʻzaki shaklda olinadi.
8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni
| № | Nazorat turlari | Izoh | Ball | Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi) |
|---|---|---|---|---|
| Joriy baholash (JB) | ||||
| Kuzgi semestr | ||||
| 1 | Workshop | Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki | 5 | 3-13 hafta(lar) davomida |
| 2 | Mustaqil ish | Taqdimot / media / hisobot / essey shakllarda amalga oshiriladi | 10 | 1-13 hafta(lar) davomida |
| 3 | Vazifa / topshiriqlar | Taqdimot / hisobot / essey koʻrinishida rasmiylashtiriladi | 10 | 1-13 hafta(lar) davomida |
| 4 | Davomat | Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. | 15 | 1-13 hafta(lar) davomida |
| Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish | ||||
| Jami | 40 | |||
| Oraliq imtihon (OI) | ||||
| 1. | Ogʻzaki | Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar bileti boʻyicha | 20 | 10-hafta |
| Jami | 20 | |||
| Yakuniy imtihon (YI) | ||||
| 1. | Ogʻzaki | Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar | 40 | Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng |
| Jami | 40 | |||
| Jami | 100 | |||
8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi
| Baho | Foiz | GPA |
|---|---|---|
| A+ | 95-100 | 4.5 |
| A | 90-94 | 4.0 |
| B+ | 80-89 | 3.5 |
| B | 70-79 | 3.0 |
| C+ | 65-69 | 2.5 |
| C | 60-64 | 2.0 |
| F | 0-59 | 0 |
Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.
Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
- fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
- fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
- berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
- konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
- mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
- fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
- tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;
b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
- fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
- fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
- fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
- fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.
c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
- fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
- bayon qilish ravon boʻlmasa;
- fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
- fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
- fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
- fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
- fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
- fanni bilmasa.
9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar
|
1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi. 2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi. 3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas. 4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi. |
5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno. 6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi. 7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi. |
10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot
| Mualliflar: |
Amanbayeva Sanobar Sirojidinovna, KUAF, Biologik kimyo va farmatsevtika kafedrasi oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Yangi muallif qo'shsh |
|---|---|
| Elektron pochta: |
kuafbiochemistr@gmail.com |
| Tashkilot va kafedra: | Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Biologik kimyo va farmatsevtika kafedrasi |
| Taqrizchilar: |
J.Mamajonov - KUAF, Biologik kimyo va farmatsevtika kafedrasi dotsenti, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- K.Ubaydullayev - PhD, Starshiy prepodavatel kafedry Biologicheskaya ximiya Andijanskogo gosudarstvennogo meditsinskogo universiteta , --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Yangi taqrizchi qo'shsh |
| Talabalarni erkin qabul qilish kuni: | Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, ______ – xona. |
Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.
Sillabus «Biologik kimyo va farmatsevtika» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.
|
(imzo) Gʻ.Xolbutayev Akademik ishlar departamenti boshligʻi |
(imzo) F.Turdiyev Fakultet dekani |
(imzo) S.Saidobbozov Kafedra mudiri |
(imzo) S.Amanbayeva Fan oʻqituvchisi |
