Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Farmakologiya

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60910200 - Davolash ishi
Oʻqish davomiyligi (yil) 6 Semestr 5,6
Fan nomi Farmakologiya Fan kodi FR15606
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 30 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    6    Baholash shakli oraliq: yozma
joriy: amaliy mashgʻulot
yakuniy: test
Ajratilgan akademik soat hajmi 180 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal lab
90
(aud)
90
(must)
24 56 10
12 | 12 28 | 28 10 | 0
 

2. Fan maqsadi

Mazkur fanning maqsadi UASH tayyorlash jarayonida zamonaviy farmakologiyaning yutuqlari asosida talabalarda materialistik dunyoqarashni shakllantirish, dori vositalarining guruhlarini, ularning taʼsir mexanizmlarini, yoshga qarab terapevtik miqdorlarini, dori shakllariga retseptlar yozishni, kiritish yoʻllarini, kasalliklarda qoʻllanilishiga doir koʻrsatmalarini, nojoʻya taʼsirlarini va qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlarni oʻrgatish, olingan nazariy bilimlarini amaliyotda qoʻllay oladigan mutaxassislarni tayyorlashdan iboratdir. Fanning vazifalari: Oila shifokorlariga turli kasalliklarni davolash va oldini olishda ishlatiladigan dori vositalari toʻgʻrisida bilim, koʻnikma va malakalarni berishdan iborat. Fanning umumiy retseptura boʻlimida dori moddalarning shakllari, tayyorlanishi va retsept yozishning qonun-qoidalarini oʻrgatish, umumiy farmakologiya boʻlimida dori moddalarning farmakokinetika va boʻlimida nerv tizimiga, ijrochi aʼzolarga, metabolizmga taʼsir etuvchi, mikroorganizmlarga va oʻsmalarga qarshi boʻlgan moddalar farmakologiyasini oʻrgatishdir. Dori vositalar bilan zaharlanishlarda yordam choralarini qoʻllay bilishni va amaliyotda ulardan foydalana olishni, bolalarda dori moddalarning farmakokinetikasi va farmakodinamikasinining turli omillar taʼsirida oʻzgarishini oʻrgatish, shuningdek, Oʻzbekistonda farmakologiya fanining rivojlanish tarixi va farmakolog olimlarning erishgan yutuqlari bilan tanishtirishdan iborat.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Lotin tili va tibbiy terminologiya (LT1204)

2. Odam anatomiyasi (AN112312)

3. Normal fiziologiya (FZ13408)

4. Patologik anatomiya (PAN15606)

5. Patologik fiziologiya (PFZ15606)

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:     

  • Bilimlar jihatidan:
  • dori vositalarining tasnif guruhlari,
  • guruhlarga kiradigan dori vositalarining nomlari,
  • taʼsir mexanizmi, taʼsir turlari,
  • yoshga nisbatan alohida koʻrsatmalari, dori vositalaridan zaharlanganda koʻrsatiladigan yordam chora-tadbirlari va usullari toʻgʻrisida tasavvurga ega boʻlishi;
  • umumiy retsepturaning asosiy qonun-qoidalarini,
  • har xil shakldagi (suyuq, yumshoq, qattiq va ingalyasion) dori shakllariga retsept yoza olish,
  • dori moddalarning farmakokinetikasi va farmakodinamikasi asoslarini,
  • dori vositalarining qoʻllashga oid koʻrsatmalari,
  • nojoʻya taʼsirlari va qoʻllashga qarshi koʻrsatmalarini,
  • dori vositalarining yangi analoglarini,
  • dori vositalar bilan oʻtkir zaharlanish belgilari,
  • dori vositalarini tasniflash,
  • periferik nerv sistemasiga taʼsir etuvchi dori vositalarining oʻziga xos xususiyatlari, tasnifi, qoʻllash uchun koʻrsatmalar va qarshi koʻrsatmalar, ularga retsept yozish qoidalarini bilish,
  • markaziy nerv sistemasiga taʼsir etuvchi dori vositalarining oʻziga xos xususiyatlari, tasnifi, qoʻllash uchun koʻrsatmalar va qarshi koʻrsatmalar, ularga retsept yozish qoidalarini bilish,
  • farmakoterapevtik guruh preparatlarini qiyosiy baholash hamda nojoʻya taʼsirlarining oldini olish tadbirlarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
  • dori moddalarning faolligini,
  • ularning farmakologik xususiyatlari,
  • taʼsir mexanizmini hisobga olgan holda tahlil qila olishi,
  • dori vositalarning guruhlarini toʻgʻri aniqlash,
  • dori vositalarini bemorning yoshiga qarab dozalash,
  • dori vositalarini kiritish yoʻllarini aniqlash,
  • vaziyatli masalalarda dori vositalarni toʻgʻri tanlash va terapevtik taʼsirini aniqlay bilish,
  • retsept yozishning qonun-qoidalarini oʻzlashtirish,
  • har xil dori vositalarining turli shakllariga retsept yoza bilish va ularni tayyorlash kabi malakalariga ega boʻlishi kerak.

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • ijrochi aʼzolarga, metabolizmga taʼsir etuvchi, mikroorganizmlarga va oʻsmalarga qarshi boʻlgan moddalar farmakologiyasini oʻrgatishdir. Dori vositalar bilan zaharlanishlarda yordam choralarini qoʻllay bilishni va amaliyotda ulardan foydalana olishni haqida tasavvurga ega boʻlishi;
  • ijrochi aʼzolarga, metabolizmga taʼsir etuvchi, mikroorganizmlarga va oʻsmalarga qarshi boʻlgan moddalarni bilishi va ulardan foydalana olishi;
  • umumiy retsepturaning asosiy qonun-qoidalarini, har xil shakldagi (suyuq, quyuq, yumshoq, qattiq va inʼeksiyalar) dori vositalarini bemorning yoshiga qarab miqdorlash, dori moddalarning yuborish yoʻllarini aniqlash, vaziyatli masalalarda dori moddalarni toʻgʻri tanlash va terapevtik taʼsirini aniqlash, retsept yozishning qonun-qoidalarini bilish, har xil dori vositalarining turli shakllariga retsept yoza olish va ularni tayyorlash kabi amaliy koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak.

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
Kuzgi semestr
1.

1. Umumiy farmakologiya. 2. Dori moddalarning farmakokinetikasi va farmakodinamikasi.

2
2.

1. Efferent innervatsiya. 2. Xolinergik sinapslarga ta’sir etuvchi dori vositalar. 3. Adrenergik sinapslarni ta’sir etuvchi dori vositalar.

2
3.

1. Narkoz chaqiruvchi vositalar. Etil spirti. 2. Uxlatuvchi vositalar. 3. Tutkanoqqa va parkinsonizmga qarshi vositalar.

2
4.

Og‘riq qoldiruvchi vositalar.

2
5.

.Neyroleptiklar. 2.Trankvilizatorlar. 3.Sedativ vositalar. 4.Antidepressantlar, psixostimulyatorlar, litiy tuzlari, nootrop vositalar.

2
6.

1. Analeptiklar. 2. Nafas a’zolari faoliyatiga ta’sir etuvchi vositalar. 3. Hazm faoliyatiga ta’sir etuvchi dorilar.

2
Bahorgi semestr
7.

Kardiotonik va antianginal vositalar.

2
8.

Aritmiyaga qarshi vositalar. 2.Gipotenziv va gipertenziv vositalar.

2
9.

Siydik xaydovchi vositalar. 2.Miometriy tarangligi va qisqaruvchanligiga ta’sir etuvchi vositalar. 3.Qon tizimiga ta’sir etuvchi vositalar.

2
10.

1.Moddalar almashinuviga ta’sir etuvchi vositalar. 2.Vitamin preparatlar. Ateroskleroz va padagraga qarshi vositalar. 3.YAllig‘lanish va allergiyaga qarshi vositalar.

2
11.

1. Antiseptik va dezinfeksiyalovchi moddalar. 2. Sulfanilamid moddalar. Mikroblarga qarshi tuzilishi turlicha bo‘lgan sintetik moddalar. 3. Ximiyaterapiyaning asosiy negizlari. Antibiotiklar.

2
12.

.Silga, zaxmga, virusga qarshi vositalar. 2.Protozoolarga, zamburug‘larga, gijjalarga qarshi vositalar.

2
Jami 24
 

 

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
Amaliy mavzular ID bo'yicha qayta tartiblandi.
Yangi tartibni ko'rish uchun shu yerga kiring!
Kuzgi semestr
1.

1. Retsepturaning UASH tayyorlashdagi ahamiyati. 2. Retsept va uning tuzilishi. 3. Dorilarning halqaro patentlanmagan nomi. Al-Farabi Kazakh National University (QS-163). 4. Kukun dori shakllariga retsept yozish.  

2
2.

1. Qattiq dori shakllari. 2. Tabletka, kapsula, draje, karamel va boshqa qattiq dori vositalariga retsept yozish.  

2
3.

1. Suyuq dori shakllari. 2. Eritma, damlama, qaynatma, emulsiyalar, tomchilar, tindirma, ekstraktlar, aralashmalarga retsept yozish  

2
4.

1. Yumshoq dori shakllari. 2. In’eksiya uchun dorilar. 3. Surtma, pasta, shamchalar, linimentlarga, in’eksiya uchun dorilarga retsept yozish.  

2
5.

1. Umumiy farmakologiya. 2. Dori moddalarning farmakokinetikasi va farmakodinamikasi  

2
6.

Afferent nerv tizimiga ta’sir etuvchi vositalar.  

2
7.

.Xolinoretseptorlarga ta’sir etuvchi vositalar.  

2
8.

Adrenoretseptorlarni ta’sir etuvchi vositalar  

2
9.

1. Narkoz vositalari. 2.Etil spirti.  

2
10.

1. Uxlatuvchi vositalar. 2. Tutqanoqka qarshi vositalar. 3. Parkinsonizmga qarshi vositalar.  

2
11.

Analgetiklar.  

2
12.

1. Neyroleptiklar. 2. Trankvilizatorlar. 3. Sedativ vositalar.  

2
13.

Antidepressantlar, psixostimulyatorlar vositalar.  

2
14.

1. Litiy tuzlari. Nootrop vositalar. 2. Analeptiklar.  

2
Bahorgi semestr
15.

Me’da ichak tizimiga ta’sir etuvchi vositalar.  

2
16.

Kardiotonik vositalari.  

2
17.

1. Antiaritmik vositalar. 2. Toj tomirlar etishmovchiligida ishlatiladigan vositalar.  

2
18.

1. Gipotenziv vositalar. 2. Gipertenziv vositalar.  

2
19.

1. Diuretik vositalar. 2. Bachadon mushaklariga ta’sir etuvchi vositalar.  

2
20.

.Qon tizimiga ta’sir etuvchi vositalar.  

2
21.

Gormonal preparatlar.  

2
22.

Suvda va yog‘da eriydigan vitamin preparatlari.  

2
23.

.YAllig‘lanishga, allergiyaga va aterosklerozga qarshi vositalar  

2
24.

1. Antiseptik va dezinfeksiyalovchi vositalar. 2. Sulfanilamid preparatlari. 3. Kimyoviy tuzilishi xar xil mikroblarga qarshi vositalar.  

2
25.

1. Antibiotiklar. 2. Ximioterapiyaning asosiy mezonlari va talablari.  

2
26.

1. Silga qarshi vositalar. 2. Viruslarga (atsiklovir, neyraminidaza ingibitorlari, gepatit C va B ga qarshi preparatlar, OITSga qarshi preparatlar) Al-Farabi Kazakh National University (QS-163) va zahmga qarshi vositalar.  

2
27.

1Sodd.a mikroorganizmlarga ta’sir etuvchi vositalar.  

2
28.

.Gijjalarga qarshi vositalar.  

2
Jami 56

Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan

 

5.3. Laboratoriya mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
Kuzgi semestr
1.

Nafas a’zolari faoliyatiga ta’sir etuvchi vositalar.

2
2.

Neyroleptiklar. Trankvilizatorlar. Sedativ vositalar. Antidepressantlar, psixostimulyatorlar vositalar.

2
3.

Narkoz vositalari. Etil spirti.

2
4.

Xavfli o‘smalarga qarshi vositalar.

2
5.

Kardiotonik vositalari.

2
Bahorgi semestr
Jami 10

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni
1.

Renin-angiotenzin sistemasiga taʼsir qiluvchi yangi dori vositalar.

2.

1. Nikotinizm va uning asoratlari.

3.

2. Nikotinizmning o‘smirlar va ayollar organizmiga ta’siri.

4.

3. Alkogolizm va uning asoratlari.

5.

4. Alkogolizmning homilaga ta’siri.

6.

5. Narkomaniya va uning asoratlari.

7.

6. Parkinson kasalligini davolashda ishlatiladigan dori vositalar.

8.

7. Epilepsiyaga qarshi dori vositalari.

9.

8. Psixostimulyatorlarning farmakologik xususiyatlari

10.

9. Afferent innervatsiyaga ta’sir etuvchi moddalar

11.

10. Nonarkotik analgetiklarning boshqa dorilar bilan nomutanosibligi.

12.

11. Trankvilizatorlar.

13.

12. Neyroleptiklarning boshqa dorilar bilan nomutanosibligi.

14.

13. MNT faoliyatini susaytiruvchi, tinchlantiruvchi dorivor o‘simliklar

15.

14. Adrenergik va antiadrenergik moddalarning boshqa dorilar bilan nomutanosibligi.

16.

15. Giyohvandlikning yangi formalari.

17.

16. Dorilarni organizmga qayta-qayta yuborishda kuzatiladigan o‘zgarishlar.

18.

17. MNT faoliyatini stimullovchi dorivor o‘simliklar.

19.

18. Odam organizmi tonusini kuchaytiruvchi dori vositalari.

20.

19. Dorilarning o‘zaro ta’siri.

21.

20. Aritmiyani davolashda ishlatiladigan dori vositalari.

22.

21. Dorilar ta’sirida yuzaga kelgan gepatitlarni davolashda qo‘llaniladigan gepatoprotektor vositalar.

23.

22. Bezgakka qarshi dori vositalarini qo‘llash tamoyillari

24.

23. Vitaminlar

25.

24. Xavfli o‘smalarni davolashda ishlatiladigan zamonaviy target preparatlar. Monoklonal antitanachalar. Proteinkinaza ingibitorlari

26.

25. Zamonaviy antiseptik va dezinfeksiyalovchi vositalar.

27.

26. Allergik kasalliklarni davolashda ishlatiladigan dori vositalari

28.

27. Gijjalarni davolashda qo‘llaniladigan yangi avlod dori vositalari.

29.

28. Anafilaktik shok va uni davolash.

30.

29. O‘tkir va surunkali yurak etishmovchiligida kardiotonik vositalarning ahamiyati.

  Talabalar fan masullari tomonidan berilgan topshiriqlarda berilgan mavzularni barchasini ozlashtirishi zarur va ulardan biriga mustaqil ravishda tayyorgarlik koʻrib, taqdimot/media/yozma/viziual koʻranishida himoya qiladilar.

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

  1. Azizova S.S. Farmakologiya. Darslik, T., 2006 y.
  2. Allaeva M.J., Xakimov Z.Z., Ismailov S.R., Aminov S.S., Mustanov B.T. Farmakologiya. Darslik, T., 2020.

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. Xarkevich.D.A. Farmakologiya. Darslik. M.-2017 y.
  2. Allaeva M.J., Xakimov Z.Z., Ismailov S.R., Aminov S.S., Mustanov B.T. Farmakologiya. Darslik, T., 2020

7.3. Axborot manbaalari

  • http://www.fito.nnov.ru/special/alkaloids.html
  • http://www.pharmax.m/articles.

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma koʻranishida himoya qiladi;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (10-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi.


8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
Kuzgi semestr
1WorkshopTalabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki52-29 hafta(lar) davomida
2Mustaqil ishTaqdimot / media / hisobot shakllarda amalga oshiriladi104-26 hafta(lar) davomida
3Vazifa / topshiriqlarTaqdimot / hisobot / yozma koʻrinishida rasmiylashtiriladi104-26 hafta(lar) davomida
4DavomatTalabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.152-29 hafta(lar) davomida
Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish
Jami 40  
Oraliq imtihon (OI)
1. Yozma Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar bileti boʻyicha 20 10-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (YI)
1. Test Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar: Turgʻunov Abrorbek Dilmurodjon oʻgʻli,
KUAF, Biologik kimyo va farmatsevtika kafedrasi oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--
Yangi muallif qo'shsh
Elektron pochta: turgʻunovabrorbek850@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Biologik kimyo va farmatsevtika kafedrasi
Taqrizchilar:

G.Tuychiyev - Andijon davlat tibbiyot instituti farmatsevtika kafedrasi dotsenti, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--

F.Zagruddinov - Andijon davlat tibbiyot instituti farmatsevtika kafedrasi katta oʻqituvchi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--

Yangi taqrizchi qo'shsh
Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Seshanba-chorshanba, soat 15:00 – 16:00, ____410__ – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Biologik kimyo va farmatsevtika» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

 

       

(imzo)

Gʻ.Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

F.Turdiyev

Fakultet dekani

(imzo)

S.Saidobbozov

Kafedra mudiri

(imzo)

A.Turgʻunov

Fan oʻqituvchisi

Ichki taqriz yuklanmagan
Tashqi taqriz yuklanmagan