Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2026-yil

 

Navoiyshunoslik

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60230100 - Filologiya va tillarni oʻqitish (oʻzbek tili)
Oʻqish davomiyligi (yil) 4 Semestr 4
Fan nomi Navoiyshunoslik Fan kodi NSH4-505
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    5    Baholash shakli oraliq: ogʻzaki
joriy: amaliy topshiriqlar
yakuniy: test
Ajratilgan akademik soat hajmi 150 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal sem
60
(aud)
90
(must)
30 14 16
 

2. Fan maqsadi

Mazkur fanning maqsadi Navoiyning boy adabiy va ilmiy merosini oʻqitish orqali talabalarni yuksak maʼnaviyatli va keng maʼrifat sohibi etib tarbiyalash, ayni paytda, oʻzbek mumtoz adabiyoti va oʻzbek milliy maʼnaviyatining shaklanish va rivojlanish qonuniyatlarini anglash yoʻlida ochqich – kalit vazifasini bajaradigan Navoiy ijodini oʻrganish orqali oʻzbek adabiyoti tarixining eng muhim davri haqida har tomonlama bilim hosil qilish, maʼnaviy dunyosi mukammal boʻlishiga koʻmaklashishdir.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Adabiyot nazariyasi (ANI, 809)

2. O‘zbek adabiyoti tarixi (O‘AT2-415)

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:     

  • Navoiyshunoslik fani bilan tanishtirishda turli metodlarni qoʻllash va til bilan tanishtirish mashgʻulotlarini loyihalashtirish texnologiyalari haqida bilim berish;
  • Darslarda zamonaviy taʼlim vositalardan foydalanish;
  • Zamonaviy talablar asosida darslarini samarali tashkil qilish yoʻllari;
  • Taʼlim sohasidagi innovatsion faoliyat asoslari bilan tanishtirish;
  • Fanni oʻqitishda hamda ilmiy tadqiqotlar olib borishda qoʻllaniladigan zamonaviy yondashuvlar va innovatsion texnologiyalardan xabardor boʻlish;
  • Fanni oʻqitishda qoʻyiladigan hozirgi zamon talablarini bilish;

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • Fanning mazmuni, vositalari, metodlari va shakllarining uzviyligi va izchilligini taʼminlash;
  • Mashgʻulotlarda taʼlim resurslaridan samarali foydalanish;
  • Oʻqitish mazmuniga oid axborotlarni qayta ishlash, umumlashtirish va talabalarga yetkazish koʻnikmalariga ega boʻlishi;
  • Darslarda zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni qoʻllash;
  • Darsga qoʻyiladigan zamonaviy talablar asosida darslarni tashkil etish malakalariga ega boʻlishi;
  • Zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalardan kasbiy faoliyatda foydalanish;
  • Fanning yutuqlari, amaliyotda qoʻllanishi boʻyicha tadqiqotlardan xabardor boʻlish.

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Alisher Navoiy ijodining o‘rganilishi. Alisher Navoiyning hayoti va ijodiy faoliyati

  1. Navoiy ijodining ilmiy mezonlar asosida oʻrganilishi.
  2. Alisher Navoiy hayotining manbalari.
  3. XX asr oʻzbek navoiyshunosligi.
  4. Navoiy ijodining xorijda tadqiq etilishi.
  5. Navoiyshunoslik muammolari.
2
2.

Alisher Navoiyning lirik merosi

  1. Alisher Navoiy devonlari: Ilk devon, Oqquyunli muxlislar devoni, “Badoyiʼ ul-bidoya”, “Navodir un-nihoya» devonlari.
  2. “Xazoyin ul-maoniy” kulliyotning yaratilish tarixi, tarkibiy tuzilishi.
  3. «Devoni Foniy»ning tarkibiy tuzilishi, janr xususiyatlari, Devondagi gʻazallar talqini.
2
3.

Xamsanavislik anʼanasi va Alisher Navoiy “Xamsa”si

  1. Xamsachilik tarixidan. Nizomiy Ganjaviy, Xisrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy “Xamsa”lari.
  2. “Xamsa”sining gʻoyaviy-badiiy xususiyatlari. Alisher Navoiy beshligi birinchi turkiy “Xamsa” sifatida.
  3. “Hayrat ul-abror” mundarijaviy doston sifatida.
  4. Dostonning tarkibiy tuzilishi, syujet tartibi va kompozitsiyasi. 5.Maqolat va hikoyatlar tahlili. Falsafiy va tasavvufiy talqinlar.
2
4.

“Farhod va Shirin” hamda “Layli va Majnun” dostonlarida muallif badiiy niyatining ifodalanishi

  1. “Farhod va Shirin” dostoni mundarijasi, timsollar tizimi va badiiyati.
  2. «Layli va Majnun» dostonining yaratilish tarixi, gʻoyaviy mundarijasi, timsollar olami va badiiy xususiyatlari.
2
5.

“Sabʼai sayyor” va “Saddi Iskandariy” dostonlarining tarkibiy tuzilishi va badiiyati

  1. “Sabʼai sayyor” dostoni kompozitsiyasi, timsollar tizimi va badiiy xususiyatlari.
  2. Dostondagi hikoyatlar tahlili.
  3. “Saddi Iskandariy” dostonning gʻoyaviy-badiiy xususiyatlari.
2
6.

“Lison ut-tayr” dostonining g`oyaviy-badiiy xususiyatlari

  1. “Lison ut-tayr” dostoni kompozitsiyasi.
  2. Dostondagi vodiylar tavsifi va hikoyatlar mohiyati.
  3. “Lison ut-tayr” da irfoniy, tasavvufiy-falsafiy qarashlar badiiy ifodasi.
  4. Dostonning ramziy- tasavvufiy timsollari tizimi.
2
7.

Alisher Navoiyning ilmiy merosi

  1. Adabiyotshunoslik asarlari: “Mufradot”, “Majolis un-nafois”, “Mezon ul-avzon”, “Muhokamat ul-lugʻatayn”.
  2. Tarixiy asarlari: “Tarixi muluki ajam”, “Tarixi anbiyo va hukamo”. 3.Yodnoma asarlari: “Xamsat ul-mutahayyirin”, «Holoti Sayyid Hasan Ardasher», «Holoti Pahlavon Muhammad» asarlarida tarixiy shaxslar talqini.
2
8.

Ma’rifiy-ta’limiy asarlari

  1. “Arbaʼin” va hadislarni sheʼrga solish anʼanasi.
  2. “Nazm ul-javohir” asaridagi ruboiylar talqini.
  3. ”Siroj ul-muslimin”da taʼlimiy masalalar.
  4. “Nasoyim ul-muhabbat” tazkirasida tasavvuf masalalari.
  5. “Vaqfiya” asarida Alisher Navoiyning ijtimoiy faoliyati bilan bogʻliq masalalar.
2
9.

Navoiy sheʼriyati va janrlar poetikasi

  1. Navoiy davrida adabiy turlar, nazm va nasrga munosabat.
  2. “Xazoyin ul-maoniy” kulliyotining janr xususiyatlari.
  3. Gʻazal va mustazod janrlari.
  4. Musammatlarning gʻoyaviy-badiiy xususiyatlari.
  5. Tarkibband, tarjiʼband, soqiynoma va masnaviy janrlari.
  6. Kulliyotdagi kichik lirik janrlar:ruboiy, tuyuq, qitʼa va fardlar.
2
10.

“Devoni Foniy” poetikasi

  1. Gʻazallarning yaratilish xususiyatlari.
  2. Musaddas va tarkibband janrlari.
  3. Navoiy qasidalari kompozitsiyasi.
  4. Taʼrix, lugʻz va muammo janrlarining badiiyati.
2
11.

Alisher Navoiy aruzi. Ruboiy vaznlari

  1. Alisher Navoiygacha turkiy sheʼriyatda aruz tizimi.
  2. Navoiy devonlaridagi bahrlar miqdori.
  3. “Xazoyin ul-maoniy” kulliyotining vazn xususiyatlari.
  4. Ruboiy vaznlari:axrab va axram shajarasiga xos xususiyatlar.
  5. “Mezon ul-avzon”da aruz masalalari.
2
12.

Nasriy asarlar poetikasi

  1. «Mahbub ul-qulub» asari tarkibiy tuzilishi va badiiy xususiyatlari.
  2. “Mahbub ul-qulub” sajʼning betakror namunasi sifatida.
  3. Munojot”da tavba-tazarru va Haqqa boʻlgan ishq ohanglari.
  4. “Munojot” asari poetikasi.
2
13.

Navoiy “Xamsa”sining vazn xususiyatlari

  1. “Xamsa” dostonlari vazni masalasi.
  2. Vazn va ritmik variatsiyalar.
  3. Hazaji axrab va xafif bahrlariga xos ritmik variatsiyalarning dostonlar mazmunini ochishdagi oʻrni.
2
14.

Badiiy sanʼatlar va ularning Navoiy sheʼriyatidagi oʼrni

  1. Badiiy sanʼatlar:lafziy, maʼnaviy va mushtarak sanʼatlar.
  2. Badiiy sanʼatlarning Navoiy lirikasidagi oʻrni.
  3. “Xamsa” dostonlarida qoʻllanilgan badiiy sanʼatlar.
2
15.

Navoiy ijodida qofiya tizimi

  1. Navoiy ijodida qoʻllanilgan qofiya turlari.
  2. Oʻzak tarkibiga koʻra farqlanuvchi qofiya turlari.
  3. Tuzilishiga koʻra farqlanuvchi qofiya turlari.
  4. Radif va hojib.
  5. Saj va qofiya munosabatlari.
2
Jami 30
 

 

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
Amaliy mavzular ID bo'yicha qayta tartiblandi.
Yangi tartibni ko'rish uchun shu yerga kiring!
1.

Navoiy sheʼriyati janrlar tahlili  

  1. Gʻazal va mustazod janrlari tahlili
  2. Musammatlarning gʻoyaviy-badiiy xususiyatlari.
  3. Ruboiy, tuyuq, qitʼa va fardlar tahlili.
2
2.

“Devoni Foniy” devonidagi janrlar badiiyati  

  1. Musaddas va tarkibband janrlari.
  2. Navoiy qasidalari kompozitsiyasi.
  3. Taʼrix, lugʻz va muammo janrlari tahlili
2
3.

Alisher Navoiy aruzi. Ruboiy vaznlari  

  1. Navoiy devonlaridagi bahrlar miqdorini tahlillar orqali aniqlash.
  2. “Xazoyin ul-maoniy” kulliyotining vazn xususiyatlari.
  3. Ruboiy vaznlari:axrab va axram shajarasiga xos xususiyatlar.
2
4.

Nasriy asarlar poetikasi  

  1. «Mahbub ul-qulub» asaridagi hikoyatlar badiiy talqini.
  2. “Munojot” asari tahlili
2
5.

Navoiy “Xamsa”sining vazn xususiyatlarini tahlillar orqali yoritish  

  1. “Xamsa” dostonlari vazni masalasi.
  2. Vazn va ritmik variatsiyalar.
  3. Hazaji axrab va xafif bahrlariga xos ritmik variatsiyalarning dostonlar mazmunini ochishdagi oʻrni.
2
6.

Badiiy sanʼatlar va ularning Navoiy sheʼriyatidagi oʼrni  

  1. Badiiy sanʼatlar:lafziy, maʼnaviy va mushtarak sanʼatlar.
  2. Navoiy lirikasidagi badiiy sanʼatlarni tahlillar orqali koʻrsatish
  3. “Xamsa” dostonlarida qoʻllanilgan badiiy sanʼatlar tahlili
2
7.

Navoiy ijodida qofiya tizimini tahlil qilish  

  1. Navoiy ijodida qoʻllanilgan qofiya turlari.
  2. Oʻzak tarkibiga koʻra farqlanuvchi qofiya turlari.
  3. Tuzilishiga koʻra farqlanuvchi qofiya turlarini aniqlash
  4. Radif va hojib, sajʼ va qofiya munosabatlarini tahlillar orqali yoritish
2
Jami 14

 

5.3. Seminar mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Alisher Navoiy ijodining o‘rganilishi. Alisher Navoiyning hayoti va ijodiy faoliyati

  1. Navoiy ijodining ilmiy mezonlar asosida oʻrganilishi.
  2. Alisher Navoiy hayotining manbalari.
  3. XX asr oʻzbek navoiyshunosligi.
  4. Navoiy ijodining xorijda tadqiq etilishi.
  5. Navoiyshunoslik muammolari.
2
2.

Alisher Navoiyning lirik merosi

  1. Alisher Navoiy devonlari: Ilk devon, Oqquyunli muxlislar devoni, “Badoyiʼ ul-bidoya”, “Navodir un-nihoya» devonlari.
  2. “Xazoyin ul-maoniy” kulliyotning yaratilish tarixi, tarkibiy tuzilishi.
  3. «Devoni Foniy»ning tarkibiy tuzilishi, janr xususiyatlari, Devondagi gʻazallar talqini.
2
3.

Xamsanavislik anʼanasi va Alisher Navoiy “Xamsa”si

  1. Xamsachilik tarixidan. Nizomiy Ganjaviy, Xisrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy “Xamsa”lari.
  2. Navoiy “Xamsa”sining gʻoyaviy-badiiy xususiyatlari.
  3. “Hayrat ul-abror” mundarijaviy doston sifatida.
  4. Dostonning tarkibiy tuzilishi, syujet tartibi va kompozitsiyasi. 5.Maqolat va hikoyatlar tahlili. Falsafiy va tasavvufiy talqinlar.
2
4.

“Farhod va Shirin” hamda “Layli va Majnun” dostonlarida muallif badiiy niyatining ifodalanishi

  1. “Farhod va Shirin” dostoni mundarijasi, timsollar tizimi va badiiyati.
  2. «Layli va Majnun» dostonining yaratilish tarixi, gʻoyaviy mundarijasi, timsollar olami va badiiy xususiyatlari.
2
5.

“Sabʼai sayyor” va “Saddi Iskandariy” dostonlarining tarkibiy tuzilishi va badiiyati

  1. “Sabʼai sayyor” dostoni kompozitsiyasi, timsollar tizimi va badiiy xususiyatlari.
  2. Dostondagi hikoyatlar tahlili.
  3. “Saddi Iskandariy” dostonning gʻoyaviy-badiiy xususiyatlari.
2
6.

“Lison ut-tayr” dostonining g`oyaviy-badiiy xususiyatlari

  1. “Lison ut-tayr” dostoni kompozitsiyasi.
  2. Dostondagi vodiylar tavsifi va hikoyatlar mohiyati.
  3. “Lison ut-tayr” da irfoniy, tasavvufiy-falsafiy qarashlar badiiy ifodasi.
  4. Dostonning ramziy- tasavvufiy timsollari tizimi.
2
7.

Alisher Navoiyning ilmiy merosi

  1. Adabiyotshunoslik asarlari: “Mufradot”, “Majolis un-nafois”, “Mezon ul-avzon”, “Muhokamat ul-lugʻatayn”.
  2. Tarixiy asarlari: “Tarixi muluki ajam”, “Tarixi anbiyo va hukamo”.
  3. Yodnoma asarlari: “Xamsat ul-mutahayyirin”, «Holoti Sayyid Hasan Ardasher», «Holoti Pahlavon Muhammad» asarlarida tarixiy shaxslar talqini.
2
8.

Ma’rifiy-ta’limiy asarlari

  1. “Arbaʼin” va hadislarni sheʼrga solish anʼanasi.
  2. “Nazm ul-javohir” asaridagi ruboiylar talqini.
  3. ”Siroj ul-muslimin”da taʼlimiy masalalar.
  4. “Nasoyim ul-muhabbat” tazkirasida tasavvuf masalalari.
  5. “Vaqfiya” asarida Alisher Navoiyning ijtimoiy faoliyati bilan bogʻliq masalalar.
2
Jami 16

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni
1.

Navoiyshunoslik tarixidan. Alisher Navoiy ijodining o‘rganilishi mavzulari bo‘yicha savol-javoblar tashkil qilish

2.

“Sharq adabiyotida xamsachilik an’anasi va Navoiy “Xamsa”sining o‘ziga xos jihatlari” mavzusida tezis tayyorlash

3.

Navoiyning “Xamsa” asarini o‘qib o‘rganish

4.

Navoiy g`azallaridan namuna yodlash

5.

“Alisher Navoiy ijodi va lirik merosi” bo`yicha tezis tayyorlash

6.

“Majolis un-nafois” – turkiy tildagi birinchi tazkira sifatida

7.

“Mezon ul-avzon”da aruz nazariyasiga doir masalalarning yoritilishi

8.

Alisher Navoiy – tilshunos olim. “Muhokamat ul-lug‘atayn”da ikki til mubohasasi

9.

“Xazoyin ul-maoniy” kulliyotning yaratilish tarixi, tarkibiy tuzilishi

10.

Hayrat ul-abror” dostonidagi maqolat va hikoyatlar tahlili

11.

“Farhod va Shirin” dostoni mundarijasi, timsollar tizimi va badiiyati

12.

«Layli va Majnun» dostonining g‘oyaviy mundarijasi, timsollar olami va badiiy xususiyatlari

13.

“Sabʼai sayyor” dostoni kompozitsiyasi, timsollar tizimi va badiiy xususiyatlari

14.

“Saddi Iskandariy” dostonning g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari

15.

“Lison ut-tayr” da irfoniy, tasavvufiy-falsafiy qarashlar badiiy ifodasi

16.

“Lison ut-tayr” da dostonidagi ramziy- tasavvufiy timsollari talqini

17.

“Mufradot” asarida muammo janri

18.

“Tarixi muluki ajam”, “Tarixi anbiyo va hukamo” asarlari tarixiy asar sifatida

19.

“Mufradot”, “Majolis un-nafois”, “Mezon ul-avzon”, “Muhokamat ul-lug‘atayn”

20.

“Majolis un-nafois” asarida shoirlar ta’rifi

21.

“Mezon ul-avzon” asarida aruz vazni xususiyatlarining yoritilishi

22.

“Muhokamat ul-lug‘atayn” asarida ikki til muhokamasi

23.

“Xamsat ul-mutahayyirin” asarida Jomiy ta’rifi

24.

«Holoti Sayyid Hasan Ardasher» «Holoti Pahlavon Muhammad» asarlarida tarixiy shaxslar talqini

25.

“Arba'in” va hadislarni she'rga solish an'anasi

26.

“Nazm ul-javohir” asaridagi ruboiylar talqini

27.

”Siroj ul-muslimin”da ta’limiy masalalar

28.

“Nasoyim ul-muhabbat” tazkirasida tasavvuf masalalari

29.

G‘azal va mustazod janrlari tahlili

30.

Musammatlarning g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari

31.

Ruboiylar tahlili

32.

Tuyuqlar tahlili

33.

Fardlar tahlili

34.

Musaddas va tarkibband janrlari

35.

Navoiy qasidalari kompozitsiyasi

36.

Ta’rix, lug‘z va muammo janrlari tahlili

37.

Ruboiy vaznlari: axrab va axram shajarasiga xos xususiyatlar

38.

«Mahbub ul-qulub» asaridagi hikoyatlar badiiy talqini

39.

“Munojot” asari tahlili

40.

Navoiy lirikasidagi badiiy san'atlarni tahlillar orqali ko`rsatish

41.

“Xamsa” dostonlarida qo‘llanilgan badiiy san'atlar tahlili

42.

Navoiy ijodida qo‘llanilgan qofiya turlari

43.

“Xamsa” dostonlari vazni masalasi

44.

“Xazoyin ul-maoniy” kulliyotining vazn xususiyatlari

  Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni loyiha ishi, kazus yoki media koʻrinishida topshirishadilar.

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

  1. Sirojiddinov Sh., Yusupova D, Davlatov O.. Navoiyshunoslik. Darslik. – Toshkent: TAMADDUN, 2018.-B 295
  2. Avaznazarov O.. Navoiyshunoslik. O`quv qo`llanma. – Toshkent: Spectrum, 2024.

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. Avaznazarov O. Navoiyshunoslik. O`quv qo`llanma. – Toshkent: Spectrum, 2024.
  2. Sirojiddinov Sh.,Yusupova D., Davlatov O. Navoiyshunoslik. – Toshkent: Akademnashr, 2020.
  3. Yusupova D. O‘zbek mumtoz va milliy uyg‘onish adabiyoti (Alisher Navoiy davri). O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: TAMADDUN, 2016.
  4. Alisher Navoiy: qomusiy lug‘at. 1-2-jildlar /Mas’ul muharrir SH.Sirojiddinov. – Toshkent: Sharq, 2016.
  5. Navoiy Alisher. Mukammal asarlar to‘plami. 20 jildlik. 1-20 jildlar. –Toshkent. Fan, 1987-2003.

7.3. Axborot manbaalari

  • https://e-library.sammu.uz/uploads/Navoiyshunoslik-%20Sirojiddinov%20Sh-%202020.pdf
  • https://tsuull.uz/sites/default/files/navoiyshunoslik.pdf
  • https://edu.utu-ranch.uz/media/files/2024/08/02/Navoiyshunoslik.pdf
  • www.alishernavoiy.uz
  • www.ziyo-net.uz
  • www.literature.uz
  • www.kutubxona.uz

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi.


8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
Kuzgi semestr
1WorkshopTalabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki52-13 hafta(lar) davomida
2Mustaqil ishTaqdimot / media / yozma / visual shakllarda amalga oshiriladi104-14 hafta(lar) davomida
3Vazifa / topshiriqlarEsse / hisobot koʻrinishida rasmiylashtiriladi104-13 hafta(lar) davomida
4DavomatTalabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.154-13 hafta(lar) davomida
Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish
Jami 40  
Oraliq imtihon (OI)
1. Ogʻzaki Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar bileti boʻyicha 20 8-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (YI)
1. Test Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar: Eshanova Zilolaxon Qoʻchqarovna,
KUAF, Oʻzbek va rus filologiyasi kafedrasi dotsenti, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--
Bektasheva Gulbahor Rayimjonovna,
KUAF, Oʻzbek va rus filologiyasi kafedrasi katta oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--
Xudayberdiyev Akram Akbarovich,
KUAF, Oʻzbek va rus filologiyasi kafedrasi katta oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--
Yangi muallif qo'shsh
Elektron pochta: eshonovazilola@gmail.com
bektashevagulbahor764@gmail.com
akromandijoniy@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Oʻzbek va rus filologiyasi kafedrasi
Taqrizchilar:

M.Tojiboyeva - Andijon davlat pedagogika instituti professori, filologiya fanlari doktori, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--

A.Qodirov - KUAF, Oʻzbek va rus filologiyasi kafedrasi dotsenti, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--

Yangi taqrizchi qo'shsh
Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Dushanba-Payshanba, soat 15:00 – 18:00, 104 – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Oʻzbek va rus filologiyasi» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

 

       

(imzo)

Gʻ.Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

S.Dadabayev

Fakultet dekani

(imzo)

F.Xabibullayeva

Kafedra mudiri

(imzo)

G.Bektasheva

Fan oʻqituvchisi

       

(imzo)

Z.Eshanova

Fan oʻqituvchisi

       

(imzo)

A.Xudayberdiyev

Fan oʻqituvchisi

Ichki taqriz yuklanmagan
Tashqi taqriz yuklanmagan
Tashqi taqriz ikkinchi sahifasi