![]() |
«TASDIQLAYMAN» Akademik ishlar boʻyicha prorektor I. Gʻ. Mamajonov ________________________ «____»________________ 2025-yil |
Axborot texnologiyalari
fani boʻyicha sillabus
1. Umumiy maʼlumotlar
2. Fan maqsadi
Mazkur fanning maqsadi Talabalarga axborot texnologiyalari, zamonaviy axborot tizimlari, dasturiy taʼminot va ulardan foydalana olish koʻnikmalari, bulutli servislar xizmatlaridan foydalana olishi koʻnikmalari, matn muhariri, jadvallar bilan ishlash dasturiy taʼminotlaridan foydalanish koʻnikmalari, elektron platformalar bilan ishlash koʻnikmalari hosil qilishdan iborat
3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar
1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi.
4. Taʼlim natijalari
4.1. Bilimlar jihatidan:
- kompyuter va undan foydalanish boʻyicha dastlabki bilimlarga ega boʻlish;
- matn va jadval axborotlarni shakillantirish va qayta ishlash tushunchalari haqida bilimga ega boʻlishlari kerak;
- masofaviy taʼlim texnologiyalari haqida tushunchaga ega boʻlish;
- elektron platformalar va ulardan foydalanish tushunchalariga ega boʻlish;
- zamonaviy sunʼiy intellekt tizimlari va ulardan foidlanish dastlabki tushunchalariga ega boʻlish.
4.2. Koʻnikmalar jihatidan:
- ofis dasturlari va ulardan foydalanishni bilishi;
- zamonaviy axborot tizimlari va ulardan samarali foydalanish;
- zamonaviy elektron taʼlim platformalari va ulardan foydalanish;
- ijtimoiy tarmoqlar va ulardan foydalanish koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak.
5. Fan mazmuni
5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni
5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni
| № | Mavzu va rejalar | soatlar hajmi |
|---|---|---|
| Amaliy mavzular ID bo'yicha qayta tartiblandi. Yangi tartibni ko'rish uchun shu yerga kiring! |
||
| 1. |
Matn axborotlarini qayta ishlash texnologiyalari
|
2 |
| 2. |
Elektron jadvallardan foydalanish texnologiyalari
|
2 |
| 3. |
Taqdimotlarni tayyorlash texnologiyalari
|
2 |
| 4. |
Ma’lumotlarni vizualizatsiya qilish va infografika
|
2 |
| 5. |
Internetda qidiruv tizimlaridan samarali foydalanish
|
2 |
| 6. |
|
2 |
| 7. |
Elektron va multimediyali qo’llanmalarni yaratishda foydalaniladigan texnologiyalar
|
4 |
| 8. |
Talabalar bilimini baholash platformalari
|
2 |
| 9. |
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali raqamli xizmatlaridan foydalanish
|
2 |
| 10. |
Zamonaviy Sun’iy intellekt tizimlari
|
2 |
| 11. |
Kompyuter dasturlari va axborot tizimlarida shaxsiy axborotlarning himoyasini ta’minlash
|
2 |
| Jami | 24 | |
Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan
Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan
6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari
| № | Topshiriqlar mazmuni |
|---|---|
| 1. |
Axborot texnologiyalari tushunchasi. |
| 2. |
Turli sohalarda axborot texnologiyalarining qo’llanilishi. |
| 3. |
Dasturiy ta’minot tushunchasi. |
| 4. |
Ta’lim jarayonida axborot texnologiyalardan foydalanish. |
| 5. |
Zamonaviy kompyuterlarning turlari. |
| 6. |
Kompyuter qurilmalari va ularning vazifalari. |
| 7. |
Kompyuterning qo’shimcha qurilmalari. |
| 8. |
Fayl tizimlari va ularning xususiyatlari (NTFS, FAT, exFat misolida). |
| 9. |
Operatsion tizim va ularning turlari. |
| 10. |
Windows Operatsion tizimi va uning imkoniyatlari. |
| 11. |
Ma’lumotlarni arxivlashtirish va rezervlash. |
| 12. |
Masofaviy ta’lim texnologiyalari |
| 13. |
Masofaviy ta’lim modellari. Masofaviy ta’lim jarayonini amalga oshirish bosqichlari. |
| 14. |
Masofaviy ta’lim tizimida o‘quv jarayonini tashkillashtirish usullari (Moodle tizimi misolida). |
| 15. |
Bulutli texnologiyalar nima? |
| 16. |
Zamonaviy bulutli xizmatlar. |
| 17. |
Ta’limda bulutli texnologiyalar va bulutli xizmatlarning o’rni. |
| 18. |
Google bulutli xizmatlari |
| 19. |
Zamonaviy Sun’iy intellekt tizimlari. |
| 20. |
Matn generatsiya qilish uchun Sun’iy intellekt tizimlari. |
| 21. |
Rasm generatsiya qilish uchun Sun’iy intellekt tizimlari. |
| 22. |
Sun’iy intellektni ta'limda qo''lash |
| 23. |
Infografika va uni tayyorlash uchun dasturiy vositalar. |
| 24. |
Virtual reallik va uning ta’limda qo’llanilishi |
| 25. |
Axborot tizimlari |
| 26. |
Amaliy dasturiy ta’minot. (Mikrosoft Office misolida) |
| 27. |
Internetda qidiruv tizimlari |
| 28. |
Kompyuter tarmoqlari va turlari |
| 29. |
FinTech tushunchasi. |
| 30. |
Talabalar bilimini baholash platformalari. |
Mustaqil ishlar taqdimot koʻrinishida boʻlishi kerak
7. Foydalanilgan adabiyotlar:
7.1. Asosiy adabiyotlar
- Shoaxmedova N.X. Abdullayeva I.M. Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalari va tizimlari. Darslik. -T.: “Innovatsion rivojlanish nashriyoti-matbaa uyi”, nashriyoti 2021, 504 b.
- Qudratov A.N. Ta’limda axborot texnologiyalari fanidan o'quv qo'llanma. - Toshkent: "NIF MSH”, 2024. – 180 b.
- Muxlisov S.S. Kuchkarbayev R.U. Xazratov F.X. Ta’limda axborot texnologiyalari .O‘quv qo`llanma .Buxoro – 2021
7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar
- Востретсова Е.В. Основы информационной безопасности. Учебное пособие. Екатеринбург, Издательство Уральского университета, – 2019.
- Ibraymov A. Y. Masofaviy o‘qitishning didaktik tizimi. – Toshkent: “Lesson press”, – 2020, – 112 bet..
- Трофимова. Б.Б. Информационные системе и технологии в экономике и управлении: учебник для бакалавров. 4-е изд. М.: Идательство Юрайт. – 2019. – 544 с.
- Kenneth C. Laudon, Jane P. Laudon. Management Information Systems: Managing the Digital Firm., 15 th ed., Pearson. – 2020. – 648 p
- Yunusova G. N. Ta’limda axborot texnologiyalari Namangan . 2021.-T. -275 - s
- Yuldasheva G. Ta’limda axborot texnologiyalari.1 qism“Mehr-nuri” nashriyoti, Toshkent 2024. -T. -204 - s
7.3. Axborot manbaalari
- https://digital.uz/
- https://kahoot.com/
- https://my.gov.uz/oz
- https://library.tiiame.uz+2E-librarySamMU+2
- https://www.namdu.uz
- https://(www.namdu.uz+2library.ziyonet.uz+2,library.ziyonet.uz+1//Zenodo zenodo.org / Lib.bimm lib.bimm.uz / NamDU kutubxonasi www.namdu.uz
Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova
8. Fanni baholash mezoni va rejasi
8.1. Talabalar bilimini baholash turlari
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:
- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;
- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi;
- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;
- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.
Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.
Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi.
8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni
| № | Nazorat turlari | Izoh | Ball | Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi) |
|---|---|---|---|---|
| Joriy baholash (JB) | ||||
| Kuzgi semestr | ||||
| 1 | Workshop | Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki | 5 | 3-12 hafta(lar) davomida |
| 2 | Mustaqil ish | Taqdimot / media / yozma / visual shakllarda amalga oshiriladi | 10 | 1-12 hafta(lar) davomida |
| 3 | Vazifa / topshiriqlar | Esse / hisobot koʻrinishida rasmiylashtiriladi | 10 | 1-12 hafta(lar) davomida |
| 4 | Davomat | Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. | 15 | 1-12 hafta(lar) davomida |
| Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish | ||||
| Jami | 40 | |||
| Oraliq imtihon (OI) | ||||
| 1. | Yozma | Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar bileti boʻyicha | 20 | 8-hafta |
| Jami | 20 | |||
| Yakuniy imtihon (YI) | ||||
| 1. | Test | Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar | 40 | Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng |
| Jami | 40 | |||
| Jami | 100 | |||
8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi
| Baho | Foiz | GPA |
|---|---|---|
| A+ | 95-100 | 4.5 |
| A | 90-94 | 4.0 |
| B+ | 80-89 | 3.5 |
| B | 70-79 | 3.0 |
| C+ | 65-69 | 2.5 |
| C | 60-64 | 2.0 |
| F | 0-59 | 0 |
Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.
Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
- fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
- fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
- berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
- konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
- mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
- fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
- tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;
b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
- fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
- fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
- fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
- fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.
c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
- fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
- bayon qilish ravon boʻlmasa;
- fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
- fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
- fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
- fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
- fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
- fanni bilmasa.
9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar
|
1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi. 2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi. 3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas. 4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi. |
5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno. 6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi. 7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi. |
10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot
| Mualliflar: |
Sodikjanov Jaxongirbek Shuxratbek oʻgʻli, KUAF, Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi dotsenti, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Turaxonova Shaxnoza Odiljonovna, KUAF, Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Yangi muallif qo'shsh |
|---|---|
| Elektron pochta: |
jsodikjanov@mail.ru shaxnozaxan697@gmail.com |
| Tashkilot va kafedra: | Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi |
| Taqrizchilar: |
S.Ibragimov - ADTI, Axborot texnologiyalari kafedrasi dotsenti, texnika fanlari falsafa doktori N.Alimqulov - KUAF, Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi dotsenti, t.f.f.d., (PhD) Yangi taqrizchi qo'shsh |
| Talabalarni erkin qabul qilish kuni: | Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, ______ – xona. |
Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.
Sillabus «Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.
|
(imzo) Gʻ.Xolbutayev Akademik ishlar departamenti boshligʻi |
(imzo) S.Dadabayev Fakultet dekani |
(imzo) N.Kabulov Kafedra mudiri |
(imzo) J.Sodikjanov Fan oʻqituvchisi |
|||
|
(imzo) Sh.Turaxonova Fan oʻqituvchisi |
