Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Patologik anatomiya

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60910300 - Pediatriya ishi
Oʻqish davomiyligi (yil) 6 Semestr 5
Fan nomi Patologik anatomiya Fan kodi PA13-44
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    4    Baholash shakli oraliq: test
joriy: workshop/loyiha ishi/ vazifa/topshiriqlar/davomat
yakuniy: ogʻzaki
Ajratilgan akademik soat hajmi 120 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
60
(aud)
60
(must)
20 40
 

2. Fan maqsadi

Mazkur fanning maqsadi patologik anatomiya fani boʻlajak umumiy amaliyot shifokorlarida odam organizmida umumpatologik jarayonlarda va kasalliklarda roʻy berishi mumkin boʻlgan turli xil patologoanatomik oʻzgarishlar va kasalliklarni etiologiyasi, patogenezi, morfologik oʻzgarishlari, ularning struktur asoslarini, shuningdek, kliniko-anatomik tahlil uslublarini, xamda yoshga oid oʻzgarishlari haqida bilim, koʻnikma va malakalarini shakllantirishdir.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Lotin tili va tibbiy terminologiya ( LT1204)

2. Fiziologiya ( FZ13408 )

3. Odam anatomiyasi (AN112312)

4. Tibbiy biologiya. Umumiy genetika (TBUG1106)

5. Gistologiya, sitologiya, embriologiya (GSE12308)

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:     

  • patologik anatomiya asoslari;
  • umumpatologik va xususiy patologik jarayonlarni etiologiyasi, patogenezi haqida tasavvurga ega boʻlishi;
  • kasallikning har bir bosqichidagi umumpatologik jarayonlar morfologiyasi, bir-biridan farqini va oqibatlarini oʻrganish;
  • kasalliklar etiologiyasi, pato-morfogenezi, patomorfologik oʻzgarishlarini asosiy qonuniyatlari mohiyatini bilish, ularning yoshga nisbatan oʻzgarishi xaqida tassavurga ega boʻlishi;

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • organizmda aʼzo, toʻqima va hujayralarda kechadigan umumpatologik jarayonlarni sabablari, morfogenezi va xos patomorfologik oʻzgarishlarini asosiy qonuniyatlari mohiyatini bilish, ularning yoshga nisbatan oʻzgarishi koʻnikmalarini egallash;
  • patogistologik preparatlar bilan ishlay olishi, umummorfologik va gistoximyoviy boʻyash usullarini koʻnikmalarini egallash;
  • patologik jarayonnlarni va uning turlarini mikro-makroskopik jihatidan aniqlashni bilishi va amalga oshira olishi, patologik jarayon sabablarini va rivojlanish mexanizmlarini, asoratlarini va oqibatlarini, kasalliklarni klinik belgilarini aniqlay olishni amaliy koʻnikmasi ishlab chiqish;
  • mikro-makroskopik oʻzgarishlarni yorita olish amaliy koʻnikmalarga ega boʻlishi kerak;

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Prenatal patologiya. Tugʻma nuqsonli rivojlanishlar. Gemolitik va gemorragik kasallik. Pnevmopatiya. Yoʻldoshning patologiyasi.

  1. Prenatal patologiyalar, tugʻma rivojlanish anomaliyalari.
  2. Yoʻldosh patologiyalari.
  3. Gemolitik va gemorragik kasalliklar.
2
2.

Oʻsma oʻsishi biologiyasi: yaxshi sifatli va yomon sifatli oʻsmalar. Klassifikasiyasi. Oʻsmaning organizmga ta’siri. Oʻsmalardagi ikkilamchi oʻzgarishlar.

  1. Oʻsma oʻsishi biologiyasi: yaxshi sifatli va yomon sifatli oʻsmalar. Etiologiyasi va patogenezi.
  2. Oʻsmalar klassifikasiyasi.
  3. Oʻsmalarning organizmga koʻrsatadigan taʼsiri.
2
3.

Immun tizim kasalliklari. Gipersezuvchanlik. Immuntolerantlik. Autoimmun kasalliklar mexanizmi. Immuntanqislik sindromi. Timusning rivojlanish buzilishlari.

  1. Gipersezuvchanlik, immunotolerantlik rivojlanish mexanizmi.
  2. Autoimmun kasalliklar patologik anatomiyasi.
  3. Timusning rivojlanish anomaliyalari. Timomalar.
2
4.

Qon tomirlar patologiyalari (Gipertenziya. Ateroskleroz. Anevrizmalar. Vaskulitlar). Yurak ishemik kasalliklari. Revmatik kasalliklar. Kardiomiopatiyalar.

  1. Endokardit, miokardit, perekardit, ateroskleroz, gipertoniya kasalligi.
  2. Flebotromboz.Tromboflebit.
  3. Takayasu arteriti.Tomirlarni anevrizmasi
2
5.

Oʻpka oʻtkir infeksiyalari. Erta yoshdagi bolalar pnevmoniyasi. Oʻtkir respirator distress sindromi. Oʻpkalarning obstruktiv va restriktiv kasalliklari. Surunkali kasalliklari. Oʻsmalar Bolalarda nafas a’zolarini maxsus boʻlmagan kasalliklari.

  1. Oʻpka patologiyalari, bolalardagi xususiyatlari.
  2. Oʻtkir respirator distress sindromi.
  3. Oʻpkalarning obstruktiv va restriktiv kasalliklari .Oʻsmalari.
2
6.

Oshqozon-ichak trakti patologiyalari. Ezofagit. Oʻtkir va surunkali gastritlar. Yara kasalligi. Oshqozon polipozlari va oʻsmalari. Ichak ishemik kasalligi. Ichak oʻsmalari.

  1. Qiziloʻngach kakalliklari etiopatogenezi, klassifikatsiyasi.
  2. Gastritlar, oshqozon va oʻn ikki barmoq ichakning yara kasalliklari patologik anatomiyasi.
  3. Ichak kasalliklari, malabsorbsiya, Kron kasalligi, idopatik yarali kolit, appenditsit, ichak divertikuli.
2
7.

Jigar va oʻt yoʻllari patologiyasi. Infeksion kasalliklar (virusli, bakterial, parazitar gepatitlar). Xolesistitlar, xolangiosellyulyar raklar. Jigarni toksik va dori vositalari ta’sirida zararlanishi. Gepatozlar. Jigar sirrozlari. Jigar oʻsmalari

  1. Infeksion kasalliklar (virusli, bakterial, parazitar gepatitlar).
  2. Jigarni toksik va dori vositalari taʼsirida zararlanishi.
  3. Xolesistitlar, xolangiosellyulyar raklar. Jigar oʻsmalari
2
8.

Buyrak kasalliklari. Glomerulopatiyalar. Rivojlanish anomaliyalari. Tubulointersisial kasalliklar. Buyrak oʻsmalari. Obstruktiv urinopatiya.

  1. Buyrak kasalliklari patologik anatomiyasi, tasnifi.
  2. Rivojlanish anomaliyalari. Tubulointersisial kasalliklar.
  3. Buyrak oʻsmalari. Obstruktiv urinopatiya.
2
9.

Endokrin kasalliklar. Yalligʻlanish, disfunksional va oʻsma kasalliklari.

  1. Gipofiz giper va gipofunksiyasi.
  2. Qalqonsimon bez, buyrak usti bezi, kasalliklari kechishi, klassifikatsiyasi.
  3. Qandli diabet.
2
10.

Perinatal patologiya. Tugʻma infeksiyalar. Asfiksiya. Tugʻruqdagi travmalar. Chaqaloqlar va bolalarda oʻsma va oʻsmasimon zararlanishlar.

  1. Perinatal patologiyalar, asfiksiya turlari.
  2. Tugʻruqdagi travmalari patologik anatomiyasi.
  3. Chaqaloqlar va bolalarda oʻsma va oʻsmasimon zararlanishlar.
2
Jami 20
 

 

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
Amaliy mavzular ID bo'yicha qayta tartiblandi.
Yangi tartibni ko'rish uchun shu yerga kiring!
1.

Kompensator moslanish jarayonlari.  

  1. .Kompensator-moslashtiruvchi protsesslar.
  2. Metaplaziya.belvosita metaplaziya.bilvosita metaplaziya.
  3. Gipertrofiya(ishchi.vikar.neyro-gumoral.gipotrofikusmalar)
  4. Atrofiya(fiziologik va patologik atrofiya)
2
2.

Neoplaziya. Yaxshi sifatli va yomon sifatli oʻsmalar. Klassifikasiyasi. Bolalar yoshidagi rivojlanadigan oʻsmalar, xususiyatlari. Epitelial oʻsmalar. Mezenximal, melanin xosil qiluvchi toʻqima oʻsmalari. Bolalardagi oʻziga xos xususiyatlari, patomorfologiyasi.  

  1. Neoplaziya. Yaxshi sifatli va yomon sifatli oʻsmalar. Klassifikasiyasi
  2. Melanoblastoma(makroskopik koʻrinishi).Mezenximal oʻsmalar, fibroma,lipoma,miksoma
  3. Oʻsmalarning tuzulishi.
  4. Bolalardagi oʻziga xos xususiyatlari, patomorfologiyasi
2
3.

Leykoz. Bolalardagi oʻziga xos xususiyatlari, patomorfologiyasi.  

  1. Leykozlarni etiologiya va patogenezi.
  2. Leykozni klassifikatsiyasi.
  3. Leykozlar sxemasi.
  4. Leykemik, subleykimik,leykopenik,aleykemik leykozlar
2
4.

Anemiyalar. Bolalardagi oʻziga xos xususiyatlari, patomorfologiyasi.  

  1. Anemiyalar tasnifi va kechishi.
  2. Bolalardagi oʻziga xos xususiyatlari, patomorfologiyasi
  3. Oʻtkir va surunkali anemiya.
  4. Gemolitik anemiya.
2
5.

Qon tomirlar patologiyalari .  

  1. Endokardit.miokardit.perekardit.ateroskleroz.gipertniya kasalligi.
  2. Flebotromboz.Tromboflebit.
  3. Arterit Takayasu.
  4. Tomirlarni anevrizmasi.
2
6.

Yurak ishemik kasalliklari, aritmiyalar, gipertenziv kasalliklari.  

  1. Yurak ishemik kasalliklari
  2. Stenokardiya.-etiologiya-patogenez.
  3. Aritmiyalar.
  4. Tetrado Fallo.
2
7.

Yurak klapanlari kasalliklari. Revmatik kasalliklar. Kardiomiopatiyalar.  

  1. Yurak klapanlari kasalliklari
  2. Kardiomiopatiyalar.
  3. Tugʻma yurak yetishmovchiligi.
  4. Infeksion endokardit.
2
8.

Oʻpka patologiyasi. Oʻtkir respirator distress sindromi.  

  1. Oʻpka oʻtkir infeksiyalari. Bolalardagi xususiyatlari.
  2. Oʻpka patologiyasi
  3. Oʻtkir respirator distress sindromi.
  4. Bolalardagi xususiyatlari.
2
9.

Oʻpkalarning obstruktiv va restriktiv kasalliklari. Oʻsmalari.  

  1. Oʻpkalarning obstruktiv va restriktiv kasalliklari
  2. Oʻsmalari.
  3. Oʻpka atelektazi
2
10.

Ogʻiz boʻshligʻi, yuqori nafas yoʻllari, quloq, soʻlak bezlari kasalliklari.  

  1. Ogʻiz boʻshligʻi kasalliklari patologik anatomiyasi.
  2. Yuqori nafas yoʻllari kasalliklari etiopatogenezi.
  3. Quloq, soʻlak bezlari kasalliklari klassifikatsiyasi va kechishi
2
11.

Qiziloʻgach, me’da, ichaklarni kasalliklari. Gastritlar. Yara kasalligi. Ishemik kasalliklari. Oʻsmalari.  

  1. Qiziloʻgach, meʼda kasalliklari.
  2. 2 Ishemik kasalliklari
  3. 3Gastritlar. Yara kasalligi.
  4. Oʻsmalari.
2
12.

Jigar va oʻt yoʻllari patologiyasi. Yalliglanish va oʻsma kasalliklari. Gepatozlar. Jigar sirrozlari. Jigar oʻsmalari.  

  1. Jigar va oʻt yoʻllari patologiyasi.
  2. Jigar tsirrozi.
  3. Jigar saratoni.
  4. Xolitsistit.
2
13.

Buyrak kasalliklari. Glomerulopatiyalar. Rivojlanish anomaliyalari.  

  1. Xavfli usmalar(embrional nefroma,Vilms oʻsmasi)
  2. Xavfsiz usmalar( adenoma,papilyar kistadenoma)
  3. Glomerulopatiyalar. Rivojlanish anomaliyala
  4. Etio-patogenez,patanatomiya.
2
14.

Tubulointersisial kasalliklar. Buyrak oʻsmalari. Obstruktiv urinopatiya.  

  1. Tubulointerstistial nefrit.
  2. Buyrak oʻsmalari
  3. Nekrotik nefroz.
  4. Amiloid nefroz-patogenez.
2
15.

Endokrin kasalliklar. Yalligʻlanish va oʻsma kasalliklari.  

  1. Gipofiz,Gipoterioz,Adenoma(etio-patogenez,patanatomiyasi)
  2. Addison kasallik.
  3. Qand kasalligi.
  4. Qalqonsimon bezni oʻsma kasalliklari.Uni turlari.
2
16.

Ayollar jinsiy a’zolari kasalliklari. Infeksiyalar. Homiladorlik va tugʻuruq patologiyalari. Koʻkrak bezi kasalliklari. Yalligʻlanish va oʻsma kasalliklari.  

  1. Ayollar jinsiy azolari kasalliklari. Bachadon boʻyni raki. Endometriy raki. Leyomioma va leyomiosarkoma.
  2. Mastopatiya,mastit. Koʻkrak bezi saratoni.
  3. Fibroadenoma.
  4. Erkaklarda sut bezi kasallilari.
2
17.

Perinatal patologiya. Tugʻma infeksiyalar. Asfiksiya. Tugʻruqdagi travmalar. Chaqaloqlar va bolalarda oʻsma va oʻsmasimon zararlanishlar.  

  1. Perinatal patologiya.
  2. Chaqaloqlar va bolalarda oʻsma va oʻsmasimon zararlanishlar.
  3. Asfiksiya. Tugʻruqdagi travmalar.
  4. Tugʻma infeksiyalar.
2
18.

Prenatal patologiya. Tugʻma nuqsonli rivojlanishlar. Gemolitik va gemorragik kasallik. Pnevmopatiya. Yoʻldoshning patologiyasi.  

  1. Prenatal patologiya.
  2. Pnevmopatiya.
  3. Yoʻldoshning patologiyasi.
  4. Gemolitik va gemorragik kasallik.
2
19.

Virusli infeksiyalari – etio-pato-morfogenezi, ogʻirlashuvlari, Oʻlim sabablari.  

  1. Gripp(inflyuensa)patologik anatomiyasi.
  2. Sitomegavirus infeksiya.
  3. Qizamiq etio-patogenezi,patologik anatomiyasi.
  4. Adenovirus infeksiyasi.
2
20.

Oʻta xavfli infeksiya– etio-pato-morfogenezi, ogʻirlashuvlari, Oʻlim sabablari.  

  1. Vabo.
  2. Kuydirgi.
  3. Xolera.Sifilis
  4. Sil.(tuberkulez)
2
Jami 40

Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni
1.

Vena va limfa tomirlari patologiyasi. Tomirlarga aralashishdagi patologiya (intervensiyasi)

2.

Tasodifiy yurakdan oʻlim sindromi. Bolalardagi oʻziga xosligi

3.

Bolalarda ortirilgan yurak poroglari - etio-patogenezi, morfologiyasi.

4.

Perikard kasalliklari. Yurak oʻsmalari. Yurak transplantastiyasi.

5.

Skelet mushaklar kasalliklari: atrofiyasi, yalliglanishi, miopatiyalar.

6.

Biriktiruvchi toʻqimaning somatik va irsiy xastaliklari.

7.

Oʻpkaning metabolik funkstiyalari va ularning buzilishlari. Oʻpkaning tugʻma anomaliyalar.

8.

Qorin boʻshligʻi kasalliklari.

9.

Koʻz toʻr pardasi degenerativ kasalliklari. Uveit. Katarakta. Retinopatiyalar. Toʻr parda oʻsmalari.

10.

Koʻruv nerv patologiyalari. Orbita, kon’yunktiva, sklera va shox pardasi kasalliklari.

11.

Prion kasalliklari.

12.

Suyaklarni rivojlanishini buzilishlari. Sinishlar. Osteonekroz.

13.

Taloqning tugʻma anomaliyalari va oʻsmalari.

14.

Suyak va boʻgʻimlar o‘smalari. Artrozlar va artritlar.

15.

Periferik nerv oʻsmalari. Periferik nervlarni shikastlanishi umumiy turlari neyropatiyalar.

16.

Teri kasalliklari. Yalligʻlanish va oʻsma kasalliklari.

17.

Iqlim oʻzgarishlarining tibbiy oqibatlari.

  Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni loyiha ishi, kazus yoki media koʻrinishida topshirishadilar.

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

  1. Abdullaxoʻjaeva M.S “Patologik anatomiya”. Darslik. 1,2-qism, lotin shriftida, 2012.
  2. Абдуллаходжаева М.С. АТЛАС по паталогии. Ташкент. 2013 г.-333 стр
  3. Патологическая анатомия: Атлас / B.C. Пауков, В.В. Серов, Н.Е. Ярыгин. — М.: ООО «Издательство «Медицинское информационное агентство», 2015. — 392 с.4.
  4. Струков А.И., Серов В.В. «Патологическая анатомия».- М. Медицина. 2015 г.
  5. Основы патологии заболеваний по Роббинсу и Котрану / Кумар В. И др. пер. с англ.; под ред. Е.А. Коган. В 3 т. Том 1-3: М.: Логосфера, 2014.
  6. Magrupov B.А., Don A.N., Mamataliev A.R. Onkomorfologiya. Oʻquv qoʻllanma. 2022y. 263b.

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. Пальцев М.А., Аничков Н. И., Рыбакова М. Г .Руководство к практическим занятиям по пат. анатомии. - М.: Медицина, 2002 г
  2. Ma’rupov. A.I Umumiy patologik anatomiyadan amaliy mashgʻulotlar uchun qoʻllanma. 2011 y.

7.3. Axborot manbaalari

  • www.Patology.com.uz
  • http://www.edu.uz
  • www.adti.uz
  • https://namdu.uz/media/Books/pdf/2024/11/11/NamDU-ARM-14192-Patologik_anatomiya.pdf
  • https://morfopatologie.usmf.md/sites/default/files/inline-files
  • https://uz.ozon.com/product/patologicheskaya-anatomiya-atlas

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Loyiha ishi. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan vazifa / topshiriqlarni bajarish:konspekt yozish,rasm chizish,lugat yozish koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchisi bergan namuna asosida bajaradi.;

- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (10-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida ogʻzaki shaklda olinadi.


8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
Kuzgi semestr
1WorkshopTalabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki52-13 hafta(lar) davomida
2Loyiha ishiTaqdimot / media / yozma / visual shakllarda amalga oshiriladi102-14 hafta(lar) davomida
3Vazifa / topshiriqlarkonspekt yozish,rasm chizish,lugat yozish koʻrinishida rasmiylashtiriladi102-14 hafta(lar) davomida
4DavomatTalabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.151-15 hafta(lar) davomida
Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish
Jami 40  
Oraliq imtihon (OI)
1. Test Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar bileti boʻyicha 20 10-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (YI)
1. Ogʻzaki Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar: Saliyeva Minaraxon Yulbarsovna,
KUAF, Anatomiya, klinik va patalogik anatomiya kafedrasi mudiri, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--
Ibragimova Dilxumar Dilshodbekovna,
KUAF, Anatomiya, klinik va patalogik anatomiya kafedrasi oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--
Yangi muallif qo'shsh
Elektron pochta: minora@saliyeva
--pochta kiriting--
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Anatomiya, klinik va patalogik anatomiya kafedrasi
Taqrizchilar:

D.Qosimov - KUAF, Gistologiya, sitologiya va embriologiya kafedrasi oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--

O.O.Alibekov - A.D.T.I Patologik anatomiya kafedrasi mudiri phd dotsent, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--

Yangi taqrizchi qo'shsh
Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 18:00, A 415– xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Anatomiya, klinik va patalogik anatomiya» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

 

       

(imzo)

Gʻ.Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

F.Turdiyev

Fakultet dekani

(imzo)

M.Saliyeva

Kafedra mudiri

(imzo)

D.Ibragimova

Fan oʻqituvchisi

       

(imzo)

M.Saliyeva

Fan oʻqituvchisi

Ichki taqriz yuklanmagan
Tashqi taqriz yuklanmagan