![]() |
«TASDIQLAYMAN» Akademik ishlar boʻyicha prorektor I. Gʻ. Mamajonov ________________________ «____»________________ 2025-yil |
Axborot kommunikatsiya texnologiyalari
fani boʻyicha sillabus
1. Umumiy maʼlumotlar
2. Fan maqsadi
Mazkur fanning maqsadi talabalarga axborot kommunikatsiya texnologiyalari, zamonaviy axborot tizimlari, dasturiy taʼminot va ulardan foydalana olish koʻnikmalari, bulutli servislar xizmatlaridan foydalana olishi koʻnikmalari, matn muhariri, elektron jadvallar bilan ishlash dasturiy taʼminotlaridan foydalanish koʻnikmalari, elektron platformalar bilan ishlash koʻnikmalari hosil qilishdan iborat
3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar
1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi.
4. Taʼlim natijalari
4.1. Bilimlar jihatidan:
- kompyuter va undan foydalanish boʻyicha dastlabki bilimlarga ega boʻlish;
- matn va jadval axborotlarni shakillantirish va qayta ishlash tushunchalari haqida bilimga ega boʻlishlari kerak;
- maʼlumotlar bazasi haqida tushunchaga ega boʻlish;
- Elektron hukumat haqida tushunchaga ega boʻlish;
- elektron platformalar va ulardan foydalanish tushunchalariga ega boʻlish;
- zamonaviy sunʼiy intellekt tizimlari va ulardan foydlanish dastlabki tushunchalariga ega boʻlish.
4.2. Koʻnikmalar jihatidan:
- ofis dasturlari va ulardan foydalanishni bilishi;
- elektron jadvallar va ulardagi maʼlumotlar bilan ishlash;
- zamonaviy axborot tizimlari va ulardan samarali foydalanish;
- zamonaviy sunʼiy intellekt tizimlari va ulardan foydalanish;
5. Fan mazmuni
Maʼruza mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Maʼruza oʻtish nazarda tutilmagan
5.1. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni
| № | Mavzu va rejalar | soatlar hajmi |
|---|---|---|
| Amaliy mavzular ID bo'yicha qayta tartiblandi. Yangi tartibni ko'rish uchun shu yerga kiring! |
||
| 1. |
Fanga kirish. Zamonaviy AKT tushunchasi va tasnifi
|
2 |
| 2. |
Axborot texnologiyalari infratuzilmasi.
|
2 |
| 3. |
Iqtisodiyotda dasturiy mahsulotlar
|
2 |
| 4. |
|
2 |
| 5. |
Jadval redaktorlari va iqtisodiy masalalar
|
2 |
| 6. |
MS Excelda ma’lumotlarni tahlil qilish
|
2 |
| 7. |
Taqdimotlarni ishlab chiqish vositalari
|
2 |
| 8. |
Tarmoqli texnologiyalari va Internet xizmatlari
|
2 |
| 9. |
Ma’lumotlar bazalari va ular bilan ishlash
|
2 |
| 10. |
|
2 |
| 11. |
|
2 |
| 12. |
|
2 |
| 13. |
|
2 |
| 14. |
Elektron biznes va mobil tijorat
|
2 |
| 15. |
Axborot xavfsizligini ta’minlash
|
2 |
| Jami | 30 | |
Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan
Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan
6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari
| № | Topshiriqlar mazmuni |
|---|---|
| 1. |
Axborot va ma’lumot tushunchasi |
| 2. |
Axborot turlari (analog va diskret) |
| 3. |
Zamonaviy AKT texnologiyalari klassifikatsiyasi |
| 4. |
Axborot texnologiyalarining rivojlanish tarixi |
| 5. |
Dasturiy ta’minot tushunchasi va turlari |
| 6. |
Microsoft Word dasturining imkoniyatlari |
| 7. |
Axborot tizimlari va ularning hayotiy sikli |
| 8. |
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari |
| 9. |
Kompyuter viruslari va antivirus dasturlari |
| 10. |
Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish usullari |
| 11. |
Dasturiy xavfsizlik va autentifikatsiya |
| 12. |
Elektron hukumat va Yagona interaktiv davlat portali |
| 13. |
Internet tarmoqlari va protokollar |
| 14. |
Ijtimoiy tarmoqlar va ularning tahdidlari |
| 15. |
Ma’lumotlarni vizualizatsiya qilish turlari |
| 16. |
Samarali infografika yaratish vositalari |
| 17. |
PowerPoint: Taqdimotlar dizayni va animatsiya |
| 18. |
Datawrapper, Canva va boshqa vizualizatsiya vositalari |
| 19. |
Mashinaviy o‘rganish asoslari |
| 20. |
AI yordamida matn generatsiyasi: ChatGPT |
| 21. |
Rasmlar yaratish texnologiyalari: DALL·E, Flux AI |
| 22. |
Sun’iy intellekt etikasi va xavflari |
| 23. |
Dasturlash tillari: Python, Java, C++ |
| 24. |
Veb dasturlash asoslari: HTML, CSS, JavaScript |
| 25. |
Bulutli ma’lumotlar bazasi va Google Sheets |
| 26. |
Aqlli qurilmalar va IoT ilovalari (Smart Home, Smart City) |
| 27. |
Bulutli texnologiyalar va bulutli xizmatlar (Google Drive, Microsoft OneDrive) |
| 28. |
Virtual va kengaytirilgan reallik (VR/AR) |
| 29. |
Blokcheyn texnologiyasi va kriptovalyutalar |
| 30. |
FinTech ilovalari (Click, Payme, Uzum) |
Mustaqil ishlar taqdimot koʻrinishida boʻlishi kerak
7. Foydalanilgan adabiyotlar:
7.1. Asosiy adabiyotlar
- Dadabaeva R., Nasridinova Sh., N.Shoaxmedova, Ibragimova L., Ermatov Sh. Axborot – kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar. “Sanoatstandart” nashriyoti. O‘quv qo‘llanma. – 2020. -T. – 552 bet.
- Трофимова Б.Б. Информационные системе и технологии в экономике и управлении: учебник для бакалавров. 4-е изд. М.: Идательство Юрайт. – 2019. – 544 с.
7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar
- Востретсова Е.В.. Основы информационной безопасности. Учебное пособие. Екатеринбург, Издательство Уральского университета, – 2019.
- Kelly R., Brad Prince, Hugh J. Watson. Management Information Systems. – 3rd Ed. Wiley, – 2015. – 576 p.
- Kenneth C. Laudon, Jane P. Laudon. Management Information Systems: Managing the Digital Firm., 15 th ed., Pearson. – 2022. – 648 p
7.3. Axborot manbaalari
- https://kitob.sies.uz
- https://ru.scribd.com
- https:// namdu.uz
Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova
8. Fanni baholash mezoni va rejasi
8.1. Talabalar bilimini baholash turlari
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:
- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;
- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi;
- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;
- . .
Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.
Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi.
8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni
| № | Nazorat turlari | Izoh | Ball | Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi) |
|---|---|---|---|---|
| Joriy baholash (JB) | ||||
| Kuzgi semestr | ||||
| 1 | Workshop | Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki | 10 | 2-13 hafta(lar) davomida |
| 2 | Mustaqil ish | Taqdimot / media / yozma / visual shakllarda amalga oshiriladi | 15 | 4-14 hafta(lar) davomida |
| 3 | Vazifa / topshiriqlar | Esse / hisobot koʻrinishida rasmiylashtiriladi | 15 | 4-13 hafta(lar) davomida |
| Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish | ||||
| Jami | 40 | |||
| Oraliq imtihon (OI) | ||||
| 1. | Yozma | Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar bileti boʻyicha | 20 | 8-hafta |
| Jami | 20 | |||
| Yakuniy imtihon (YI) | ||||
| 1. | Test | Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar | 40 | Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng |
| Jami | 40 | |||
| Jami | 100 | |||
8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi
| Baho | Foiz | GPA |
|---|---|---|
| A+ | 95-100 | 4.5 |
| A | 90-94 | 4.0 |
| B+ | 80-89 | 3.5 |
| B | 70-79 | 3.0 |
| C+ | 65-69 | 2.5 |
| C | 60-64 | 2.0 |
| F | 0-59 | 0 |
Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.
Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
- fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
- fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
- berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
- konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
- mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
- fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
- tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;
b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
- fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
- fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
- fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
- fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.
c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
- fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
- bayon qilish ravon boʻlmasa;
- fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
- fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
- fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
- fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
- fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
- fanni bilmasa.
9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar
|
1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi. 2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi. 3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas. 4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi. |
5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno. 6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi. 7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi. |
10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot
| Mualliflar: |
Eraliyev Humoyun Mamirjon oʻgʻli, KUAF, Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Yangi muallif qo'shsh |
|---|---|
| Elektron pochta: |
eraliyevhumoyunmirzo@gmail.com |
| Tashkilot va kafedra: | Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi |
| Taqrizchilar: |
A.Medatov - ADU, Axborot texnologiyalari kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi M.Abduvoxidov - KUAF, Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi dotsenti, t.f.f.d (PhD) Yangi taqrizchi qo'shsh |
| Talabalarni erkin qabul qilish kuni: | Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, ______ – xona. |
Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.
Sillabus «Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.
|
(imzo) Gʻ.Xolbutayev Akademik ishlar departamenti boshligʻi |
(imzo) S.Dadabayev Fakultet dekani |
(imzo) N.Kabulov Kafedra mudiri |
(imzo) Fan oʻqituvchisi |
