![]() |
«TASDIQLAYMAN» Akademik ishlar boʻyicha prorektor I. Gʻ. Mamajonov ________________________ «____»________________ 2025-yil |
Gistologiya, Sitologiya, Embriologiya
fani boʻyicha sillabus
1. Umumiy maʼlumotlar
2. Fan maqsadi
Mazkur fanning maqsadi odam organizmi tizimlarini embrional rivojlanishi, ular organ va toʻqimalarini mikroskopik va submikroskopik tuzilishi, tisimlarning sito va gistofiziologiyasining asosiy qonuniyatlarini oʻrganish, gistologik preparatlarni identifikatsiya va interpretatsiya qilish koʻnikmalarini egallash.
3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar
Boshlangʻich bilimlar uchun fan qoʻshish
1. Odam anatomiyasi (AN11-312)
4. Taʼlim natijalari
4.1. Bilimlar jihatidan:
- biologik obʼekt sifatida odam tanasining koʻpdarajali (hujayra, toʻqima aʼzo, tizim, organizm) tuzilishi tamoyili va undagi ierarxik oʻzaro aloqalar;
- odam organizmidagi funksional tizimlar, ularning boshqarilishi haqida tasavvurga ega boʻlishi;
- Xar bir tizim gistostrukturaviy tuzilishi, turlari, umumiy tuzilishi va vazifalarini;
- regeneratsiya, differensirovka, proliferatsiya jarayonlari, toʻqima va aʼzolar integratsiyasi boʻyicha umumiy biologik qonuniyatlarni
- nerv tizimi, nafas olish sistemasi aʼzolari, siydik ayiruv sistemasi, ovqat-xazm qilish, jinsiy sistema, sezgi va teri va uning xosilalari aʼzolarining taraqqiyot manbalari, shakllanish muddatlari, umumiy tuzilish asoslari, vazifalari. va yoshga koʻra boʻladigan oʻzgarishlarini bilishi kerak
4.2. Koʻnikmalar jihatidan:
- mikroskop bilan ishlashni biladi
- mikropreparatlarni yorugʻlik mikroskopi ostida toʻgʻri diagnostika qila oladi;
- muhim organlar mikropreparatlari turlarini toʻgʻri ajratish;
- preparatlardagi asosiy tuzilmalarni albomda toʻgʻri tasvirlay olishni biladi.
- tasvirlay olishni biladi.
5. Fan mazmuni
5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni
5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni
Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan
Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan
6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari
| № | Topshiriqlar mazmuni | POS | |
|---|---|---|---|
| Mavzular ID bo'yicha qayta tartiblandi. Yangi tartibni ko'rish uchun shu yerga kiring! |
|||
| 1. |
Nerv sistemasi gistologik tuzilishi |
10941 |
|
| 2. |
Oʻpka va nafas yoʻllarining gistologiyasi |
10943 |
|
| 3. |
Ogʻiz boʻshligʻi va hazm yoʻllari |
10944 |
|
| 4. |
Jigar va yordamchi hazm bezlari |
10945 |
|
| 5. |
Buyrak va siydik chiqarish a'zolari |
10947 |
|
| 6. |
Erkak va ayol jinsiy a'zolari |
10948 |
|
| 7. |
Koz. Gistologik tuzilishi |
10949 |
|
| 8. |
Quloq. Gistologik tuzilishi |
10950 |
|
| 9. |
Teri va uning xosilalari |
10951 |
|
Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni loyiha ishi, kazus yoki media koʻrinishida topshiradilar.
7. Foydalanilgan adabiyotlar:
7.1. Asosiy adabiyotlar
- Toʻxtaev Q.R.,Gistologiya, sitologiya, embriologiya, Darslik. Toshkent 2022y.
- Zufarov K.A., Gistologiya. Darslik.Toshkent. 2005 y.
- Tuychiyev G.U., Kosimov D., Yulbarsova M., Sotvoldiyev O.I. Embriologiya. Darslik-“Omadbek print number one”MCHJ Andijon: 2025y.
- Antoni Meysher. Junkeyraning gistologiya asoslari va atlas. Darslik. 2013 y.
- Yuldashev A.Y., Knyasev L.S., Islamova G.R.. Gistologiya, sitologiya, embriologiya Oʻquv qoʻllanma. Toshkent. 2010 y.
7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar
- Tursunov E.A. Gistologiya. O'quv qollanma. I qism.Toshkent. 2010 y
- Tursunov E.A. Gistologiya. O'quv qollanma. II qism.Toshkent. 2011 y
- Улумбекова Е.А. и Челушева Ю.А. Гистология, эмбриология, цитология. Учебник. Москва 2009 г.
7.3. Axborot manbaalari
- http://www.histology.narod.ru/
- http://histologyatlas.wisc.edu/
- http://www.histology-world.com/
- http://www.ziyonet.uz
- http://www.edu.uz
Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova
8. Fanni baholash mezoni va rejasi
8.1. Talabalar bilimini baholash turlari
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:
- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;
- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / hisobot / koʻranishida himoya qiladi;
- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot / koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;
- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.
Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (10-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.
Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi.
8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni
| № | Nazorat turlari | Izoh | Ball | Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi) | |
|---|---|---|---|---|---|
| Joriy baholash (JB) | |||||
| Kuzgi semestr | |||||
| 1 | Workshop | Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki | 5 | 2-13 hafta(lar) davomida | |
| 2 | Mustaqil ish | Taqdimot / media / hisobot / shakllarda amalga oshiriladi | 10 | 4-14 hafta(lar) davomida | |
| 3 | Vazifa / topshiriqlar | Taqdimot / hisobot koʻrinishida rasmiylashtiriladi | 10 | 4-13 hafta(lar) davomida | |
| 4 | Davomat | Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. | 15 | 4-13 hafta(lar) davomida | |
| Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish | |||||
| Jami | 40 | ||||
| Oraliq imtihon (OI) | |||||
| 1. | Ogʻzaki | Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar bileti boʻyicha | 20 | 10-hafta | |
| Jami | 20 | ||||
| Yakuniy imtihon (YI) | |||||
| 1. | Test | Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar | 40 | Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng | |
| Jami | 40 | ||||
| Jami | 100 | ||||
8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi
| Baho | Foiz | GPA |
|---|---|---|
| A+ | 95-100 | 4.5 |
| A | 90-94 | 4.0 |
| B+ | 80-89 | 3.5 |
| B | 70-79 | 3.0 |
| C+ | 65-69 | 2.5 |
| C | 60-64 | 2.0 |
| F | 0-59 | 0 |
Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.
Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
- fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
- fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
- berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
- konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
- mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
- fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
- tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;
b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
- fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
- fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
- fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
- fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.
c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
- fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
- bayon qilish ravon boʻlmasa;
- fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
- fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
- fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
- fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
- fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
- fanni bilmasa.
9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar
|
1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi. 2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi. 3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas. 4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi. |
5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno. 6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi. 7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi. |
10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot
| Mualliflar: |
Kosimov Dilmurot , KUAF, Gistologiya, sitologiya va embriologiya kafedrasi mudiri, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Xojimatov Sardorbek Ravshanbek oʻgʻli, KUAF, Gistologiya, sitologiya va embriologiya kafedrasi oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Yangi muallif qo'shsh |
|---|---|
| Elektron pochta: |
dilmurodq643@gmail.com xojimatovsardorbek7@gmail.com |
| Tashkilot va kafedra: | Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Gistologiya, sitologiya va embriologiya kafedrasi |
| Taqrizchilar: |
M.Saliyeva - KUAF, Anatomiya, klinik va patalogik anatomiya kafedrasi mudiri, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- X.M.Aliyev - Andijon Davlat tibbiyot instituti dotsenti, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Yangi taqrizchi qo'shsh |
| Talabalarni erkin qabul qilish kuni: | Chorshanba soat 15:00 – 16:00, 613 – xona. |
Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.
Sillabus «Gistologiya, sitologiya va embriologiya» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.
|
(imzo) Gʻ.Xolbutayev Akademik ishlar departamenti boshligʻi |
(imzo) F.Turdiyev Fakultet dekani |
(imzo) B.Ibragimov Kafedra mudiri |
(imzo) D.Kosimov Fan oʻqituvchisi |
|||
|
(imzo) S.Xojimatov Fan oʻqituvchisi |
