Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Jahon adabiyoti

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60230100 - Filologiya va tillarni oʻqitish (oʻzbek tili)
Oʻqish davomiyligi (yil) 4 Semestr 2
Fan nomi Jahon adabiyoti Fan kodi JA2-310
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    6    Baholash shakli oraliq: ogʻzaki
joriy: workshop, loyiha ishi, vazifa/topshiriqlar, davomat
yakuniy: test
Ajratilgan akademik soat hajmi 180 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
72
(aud)
108
(must)
30 42
 

2. Fan maqsadi

Mazkur fanning maqsadi Jahon adabiyoti haqida umumiy tushunchalarga ega boʻlish, jahon adabiyoti namunalari bilan tanishish; Jahon adabiyoti asarlarini davr jihatdan tahlil qila olish, mustaqil fikr bildirish va badiiy asar haqida umumiy xulosa bera olish.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi.

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:     

  • jahon adabiyoti asarlarini qiyosiy-tipologik tahlil qila olish;
  • jahon adabiyotini oʻrganishning millat hamda jamiyat ravnaqidagi oʻrnini talabalarga tushuntirish, ularda badiiy asarni mukammal tushunish, tahlil va tadqiq etish malakasini hosil qilish;
  • jamoatchilikni jahon adabiyotidagi mazmun va shakl, mavzu va gʻoyaning mohiyati bilan tanishtirishga koʻmaklashish;
  • ilgʻor tajribalarni oʻzlashtirish va amaliyotga qoʻllash, innovatsion faoliyatni amalga oshirish jarayonlarini loyihalashtirish uchun zarur boʻlgan zamonaviy texnologiyalarni qoʻllaydi.

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • jamiyatning maʼnaviy manzarasini adabiy-nazariy tafakkur orqali aks ettirish, jahon adabiyoti durdonalarini mukammal oʻrganish orqali talabalarning badiiy tafakkurini takomillashtirish;
  • “Jahon adabiyoti” fani barcha boʻlimlariga oid koʻnikmalarni amalda qoʻllay oladi;
  • adabiyot darslarida oʻquvchilar bilan xalqaro baholash dasturlari asosida ishlay oladi.

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Kirish. “Jahon adabiyoti” fanining maqsad va vazifalari.

  1. “Jahon adabiyoti” fanining obyekti, geografik miqyosi, davrlashtirilishi.
  2. Fanning maqsad va vazifalari.
2
2.

Qadimgi Sharq adabiyoti.

  1. Shumerlar – svilizatsiya beshigi.
  2. Mixxatdagi tarix.
  3. Bilgamish dostoni.
  4. Akkadlar: Bobil va Ossuriya adabiyoti.
  5. Qadimgi Misr adabiyoti.
  6. Avesto – Markaziy Osiyo va Eronning mushtarak yodgorligi.
4
3.

Mif va uning paydo bo‘lishi.

  1. Mif va jahon adabiyoti.
  2. Mifning jahon adabiyoti tadrijidagi oʻrni.
  3. Mifologiya va mif poetikasi jahon adabiyotini oʻrganishda adabiy-nazariy, falsafiy-estetik asos sifatida.
  4. Mifologik maktab: tarixi, vakillari.
  5. Mif va falsafa Mifning shakllari: tabiat, jamiyat, inson, oʻtmish, kelajak, yaratilish va inqiroz haqidagi miflar.
4
4.

Antik davr yunon adabiyoti.

  1. Qadimgi yunon adabiyoti haqida.
  2. Xalq ogʻzaki ijodining yunon yozma adabiyotiga taʼsiri.
  3. Homer dostonlari. “Illiada” va “Odissiya” dostonlarining syujeti va badiiyati.
  4. Dramaning paydo boʻlishi.
  5. Esxil, Sofokl dramaturgiyasi.
  6. “Shoh Edip” asarining tragik xususiyatlari va asar mohiyati.
  7. Attika davri yunon adabiyoti.
4
5.

Antik davr rim adabiyoti.

  1. Rim adabiyotining taraqqiyot bosqichlari; 1.1.Birinchi Rim shoirlari;1.2.Plavt ijodi.
  2. Ichki urushlar davrida Rim adabiyoti. Sitseron.
  3. Rim adabiyotining “oltin davri”. Goratsiy ijodi. Vergiliy – Rimning ulugʻ shoiri.
  4. Imperia davri. Rim adabiyoti.
4
6.

O‘rta asrlar G‘arb adabiyoti.

  1. Sharq va Gʻarb qahramonlik eposlarining mushtarak jihatlari.
  2. Fransuz, ispan, nemis qahramonlik eposlari.
  3. Oʻrta asrlarda shahar adabiyoti va uning janrlari.
  4. Fransua Viyon ijodi.
4
7.

Yevropa uyg‘onish davri adabiyoti.

  1. Ovrupa Uygʻonish adabiyoti asoslari.
  2. Italiya Uygʻonish adabiyoti. 2.1 Dante Aligeri ijodi; 2.2 Petrarka ijodi; 2.3 Bokachcho ijodi.
  3. Fransiya adabiyoti. Rable ijodi.
  4. Ispan adabiyoti. Servantes ijodi.
4
8.

XVII asr G‘arbiy Yevropa adabiyoti.

  1. Klassitsizm adabiyotining taraqqiyot bosqichlari.
  2. Klassitsizm adabiyotining nazariy asosi va janrlari.
  3. Fransuz klassitsizmi va uning vakillari.
  4. Angliya va Ispaniyada klassitsizm.
4
Jami 30
 

 

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Hind mifologiyasi.  

  1. Shumerlar – sivilizatsiya beshigi.
  2. Mixxatlardagi tarix.
  3. Qadimgi hind eposlari.
  4. “Mahabhorat” dostoni tahlili.
4
2.

Yunon antik davri adabiyoti.  

  1. Antik davr adabiyoti haqida.
  2. Qadimgi yunon adabiyoti va uning jahon adabiyoti tarixidagi ahamiyati.
  3. Qadimgi yunon miflari va Homerning “Iliada” dostoni tahlili.
4
3.

Gomer ijodi. “Iliada” dostoni tahlili.  

  1. Yunon dostonchiligining miflar bilan chambarchasligi.
  2. “Iliada” dostoniga qoʻyilgan tugunlar.
  3. Asar qahramonlarining tadrijiy oʻsib borishi.
2
4.

Esxil “Zanjirband Prometey” asar tahlili.  

  1. Haqiqatning zanjirband qilinishi.
  2. Asarda Xudolar va insonlar munosabatlarini yotitish orqali davr ruhi va idunyoqarashlarini aks ettirilishi.
2
5.

Sofokl “Shoh Edip” asar tahlili.  

  1. Edip “gunohi”ning jahon adabiyotshunosligida talqin etilishi.
  2. Asarda yunon mifologiyalarining ahamiyati.
2
6.

Yevripid ijodi. “Medeya” asar tahlili.  

  1. “Medeya” tragediyasiga qoʻyilgan tugun.
  2. “Medeya” tragediyasida davr muamosining aks ettirilishi.
2
7.

Ezop masallari.  

  1. Ezop masallarida allegorik ramzlarning ahamiyati.
  2. Masallardagi gʻoyaviy tushkunlik.
2
8.

Rim antik davr adabiyoti.  

  1. Rim adabiyotining taraqqiyot bosqichlari.
  2. Birinchi rim shoirlari. Plavt ijodi.
  3. Ichki urushlar davri adabiyoti. Sitseron.
  4. Rim davrining “Oltin davri”. Goratsiy ijodi.
4
9.

Sharq va G‘arb qahramonlik eposlarining mushtarak jihatlari.  

  1. Oʻrta asrlar adabiyotining asosiy hususiyatlari.
  2. Gʻarbiy Ovrupa qahramonlik eposi.
  3. Sharq va Gʻarb qahramonlik eposlarining mushtarak jihatlari.
4
10.

Italiya Uyg‘onish davri adabiyoti. Dante Aligeri “Ilohiy komediya” asari.  

  1. Italiya – Gʻarb uygʻonishining ilk vatani.
  2. Dante Aligeri va Oʻrta asrlarda Renessansga oʻtish.
  3. “Ilohiy komediya” asar tahlili.
2
11.

Ispan uyg‘onish davri adabiyoti. Servantesning “Don Kixot” romani.  

  1. Uygʻonish davrining Ispaniyada kechishi.
  2. Ispan “oltin asri” adabiyoti vakillari.
  3. Servantesning “Don Kixot” roman tahlili.
2
12.

Angliya uyg‘onish davri Shekspir dramalari.  

  1. XV-XVI asrlarda Angliya jamiyati. Ingliz gumanistik adabiyotining 3-bosqichi.
  2. Shekispir sheʼriyati va dostonlari.
  3. “Qirol Lir” asar tahlili.
4
13.

Klassitsizm adabiyoti.  

  1. XVII asr – Ovrupa madaniy hayotidagi muhim davr.
  2. Fransuz adabiyoti: a)Kornel ijodi; b)Molyer ijodi.
4
14.

Ma’rifatchilik adabiyoti.  

  1. Maʼrifatchilik adabiyotining ijtimoiy-falsafiy asoslari.
  2. Angliya adabiyoti: D.Defo ijodi.
  3. Nemis adabiyoti. Gyotening“Faust” asari tahlili.
4
Jami 42

Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni
Mavzular ID bo'yicha qayta tartiblandi.
Yangi tartibni ko'rish uchun shu yerga kiring!
1.

Quronov D., Rahmonov B. “G‘arb adabiy-tanqidiy tafakkuri tarixiy ocherklari”.

2.

Nazar Eshonqul “Kitob bandasi” kitobidagi maqolalarni amaliyotga tadbiq qilish.

3.

Lessing “Donishmand Natan”.

4.

“Janrlar mutatsiyasi, ijodda individ rolini inkor qilish, “muallif o‘limi” konsepsiyasi, intertekstuallik” mavzusida loyiha ishi tayyorlash.

5.

Adiblarning Nobel nutqlari.

6.

Yunon teatrining xususiyatlari.

7.

Qadimgi Sharq adabiyoti.

8.

“Shekspir tragediyalarining ijtimoiy ahamiyati” mavzusi bo‘yicha esse yozish.

9.

Sharq xaqlari adabiyotining jahon adabiyotidagi о‘rni.

10.

Jahon adabiyotining Sharq va G‘arb adabiyotiga ta’siri.

11.

“Dramaning paydo bо‘lishi. Yunon teatri” mavzusi asosida material yig‘ish.

12.

Uyg‘onish davri Sharq va G‘arb adabiy aloqalari.

13.

Shumer adabiyoti – jahon adabiyotining ibtidosi.

14.

Yunon adabiyotida bashoratlarning ahamiyati.

15.

Mif va jahon adabiyoti.

16.

“Jahon adabiyoti” jurnalini o‘qish (1997-yildan boshlab).

17.

Najmiddin Komilov. Tafakkur karvonlari.

18.

Lev Tolstoy. Asl qahramonlarim haqiqat…

19.

“Tafakkur” jurnali.

20.

Alber Kamyu esselari.

21.

Ozod Sharafiddinov “Modernizm jo‘n hodisa emas”.

22.

Modernizm haqida G‘arb va o‘zbek olimlarining qarashlari.

23.

“Jahon adiblari adabiyot haqida” kitobi.

24.

O‘rta asrlar adabiyotining asosiy hususiyatlari.

25.

T.Drayzer “Amerika fojeasi”.

  Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni loyiha ishi, kazus yoki media koʻrinishida topshiradilar.

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

  1. Hamdamov U., Qosimov A. Jahon adabiyoti. O‘quv qo‘llanma. – T.: “Akademnashr”, 2024. – 316 b.
  2. Hamdamov U. Jahon adabiyoti:modernizm va postmodernizm. O‘quv qo‘llanma. – T.: “Akademnashr”. 2020. – 288 b.

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. Quronov D., Rahmonov B. G‘arb adabiy tanqidiy tafakkuri tarixi ocherklari. O‘quv qo‘llanma-xrestomatiya. – Toshkent, 2008. – 316 b.
  2. Берковский Н. Я. Б 48. Романтизм в Германии. Монография. – СПб.: Азбука-классика,. 2001.- 512 с.
  3. Йўлдошев С. ва б. Янги ва энг янги давр Ғарбий Европа фалсафаси. Ўқув қўлланма. – Т., “Шарқ”, 2002. – 336 б.

7.3. Axborot manbaalari

  • https://ziyonet.uz/
  • https://inlibrary.uz/
  • https://arxiv.uz
  • https://mutolaa.com/uz

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi.


8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
Kuzgi semestr
1WorkshopTalabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki52-13 hafta(lar) davomida
2Mustaqil ishTaqdimot / media / hisobot shakllarda amalga oshiriladi104-14 hafta(lar) davomida
3Vazifa / topshiriqlarTaqdimot / hisobot koʻrinishida rasmiylashtiriladi104-13 hafta(lar) davomida
4DavomatTalabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.154-13 hafta(lar) davomida
Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish
Jami 40  
Oraliq imtihon (OI)
1. Ogʻzaki Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar bileti boʻyicha 20 8-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (YI)
1. Test Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar: Maxmudov Sardorbek Esonali oʻgʻli,
KUAF, Oʻzbek va rus filologiyasi kafedrasi oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--
Xudayberdiyev Akram Akbarovich,
KUAF, Oʻzbek va rus filologiyasi kafedrasi katta oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--
Yangi muallif qo'shsh
Elektron pochta: sardorbekmahmudov998@gmail.com
akromandijoniy@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Oʻzbek va rus filologiyasi kafedrasi
Taqrizchilar:

N.Azizov - Andijon davlat universiteti, filologiya fanlari falsafa doktori, dotsent, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--

F.Xabibullayeva - KUAF, Oʻzbek va rus filologiyasi kafedrasi dotsenti, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--

Yangi taqrizchi qo'shsh
Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, ______ – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Oʻzbek va rus filologiyasi» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

 

       

(imzo)

Gʻ.Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

S.Dadabayev

Fakultet dekani

(imzo)

F.Xabibullayeva

Kafedra mudiri

(imzo)

S.Maxmudov

Fan oʻqituvchisi

       

(imzo)

A.Xudayberdiyev

Fan oʻqituvchisi

Ichki taqriz yuklanmagan
Tashqi taqriz yuklanmagan