![]() |
«TASDIQLAYMAN» Akademik ishlar boʻyicha prorektor I. Gʻ. Mamajonov ________________________ «____»________________ 2025-yil |
Boshlangʻich taʼlim pedagogikasi
fani boʻyicha sillabus
1. Umumiy maʼlumotlar
2. Fan maqsadi
Mazkur fanning maqsadi talabalarni boshlangʻich taʼlim pedagogikasi fanining predmeti, metodologiyasi, boshlangʻich taʼlim mazmuni va mohiyati, boshlangʻich taʼlim tizimida oʻqitishning texnik vositalaridan foydalanishning psixologik va pedagogik asoslari, taʼlimni tashkil etish shakllari va turlari, boshlangʻich taʼlimda oʻquvchillarning bilim, koʻnikma va malakalarini tashxis etish, boshlangʻich sinf oʻqituvchisi shaxsi va unga qoʻyiladigan talablar, boshlangʻich taʼlim tarixi, hozirgi davrda jahon mamlakatlari boshlangʻich taʼlim tizimi oʻquvchi shaxsi shakllanishining oʻziga xos xususiyatlari, boshlangʻich sinf oʻquvchisi shaxsining rivojlanish bosqichlari (biologik, psixologik, jismoniy) kabi nazariy maʼlumotlar bilan qurollantirishdan iborat.
3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar
1. Umumiy pedagogika (EDU 101)
2. Bolalar psixologiyasi (PSY103)
4. Taʼlim natijalari
4.1. Bilimlar jihatidan:
- boshlangʻich taʼlim pedagogikasi va uning barcha boʻlimlari: boshlangʻich taʼlim nazariyasi asoslari, boshlangʻich taʼlim-tarbiya nazariyasi asoslari, boshlangʻich taʼlim tarixi haqida bilimga ega boʻlishlari kerak;
- pedagogika fani bilan bogʻliq tarbiya, boshlangʻich taʼlimda ona tili va oʻqish, tabiiy fanlar, matematika kabi aniq, gumanitar fanlar bilan uzviy bogʻlab oʻqitish metodikasi qonuniyatlarini bilishlari lozim.
4.2. Koʻnikmalar jihatidan:
- boshlangʻich taʼlim pedagogikasi fanini oʻzlashtirgan talaba taʼlim muassasasidagi taʼlimiy-tarbiyaviy jarayonlarning mazmuni va mohiyati hamda ularni amalga oshirishni bilishi;
- Respublikamizda mavjud taʼlim shakllari, taʼlimiy prinsiplarni hamda “Taʼlim toʻgʻrisidagi” Qonunni amalga tatbiq qila olishi;
- tarbiya metodlari, olimlarimizning oʻquvchilarni qanday tarbiyalash haqidagi fikrlari boʻyicha xulosalar chiqarish;
- yangi axborot texnologiyalarini qoʻllab, olgan bilimlarini pedagogik va ilmiy faoliyatida qoʻllay olish koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak.
5. Fan mazmuni
5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni
Amaliy ish mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Amaliy ish oʻtish nazarda tutilmagan
5.2. Seminar mashgʻulotlari mazmuni
Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan
6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari
| № | Topshiriqlar mazmuni | |
|---|---|---|
| Mavzular ID bo'yicha qayta tartiblandi. Yangi tartibni ko'rish uchun shu yerga kiring! |
||
| 1. |
Didaktikaning maqsad va vazifalari |
|
| 2. |
Boshlang‘ich ta’limda mustaqil ta’limni tashkil etishning me’yoriy asoslari |
|
| 3. |
Boshlang‘ich sinflarda ta’lim jarayonini tashkil etishning psixologik xususiyatlari |
|
| 4. |
Sharq uyg‘onish davrida boshlang‘ich ta’limga oid pedagogik fikrlarning rivojlanishi |
|
| 5. |
Jamoaning shaxs rivojlanishidagi o‘rni |
|
| 6. |
Jamoa haqida tushuncha. |
|
| 7. |
Shaxsning shakllanishida sinf jamoasining tutgan o‘rni |
|
| 8. |
Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari |
|
| 9. |
Boshlang‘ich ta’limda tarbiya jarayoni |
|
| 10. |
Tarbiya jarayonining mohiyati, ahamiyati va vazifalari. |
|
| 11. |
Tarbiyajarayonining o‘ziga xos xususiyatlari |
|
| 12. |
Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari |
|
Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni loyiha ishi, kazus yoki media koʻrinishida topshirishadilar.
7. Foydalanilgan adabiyotlar:
7.1. Asosiy adabiyotlar
- Bakiyeva M.K. Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi. bakalavriyat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun darslik. – Andijon-2024. 284-b.
- Abdullayeva B.S. va boshq. Umumiy pedagogika. Pedagogika nazariyasi. Darslik. -2022.
7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar
- Axmedova D.X. Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun o‘quv qo‘llanma. – Andijon-2025.
- Xolov O.Ch. Umumiy pedagogika. O‘quv qo‘llanma. Toshkent-2023.
- Raxmonova G. Sh.,Hakimova N. S. Umumiy pedagogika. O‘quv qo‘llanma. Toshkent-2022.
- Muhammadiyeva X.K. va boshq. Boshlang‘ich va uzluksiz ta’lim pedagogikasi. O‘quv qo ‘llanma.Toshkent-2022
7.3. Axborot manbaalari
- https://renessans-edu.uz/files/books/2023-12-18-05-33-48_2e39eb0a44289373d352ed906053f940.pdf
- https://cyberleninka.ru/article/n/boshlang-ich-ta-lim-pedagogikasi-mazmuni
Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova
8. Fanni baholash mezoni va rejasi
8.1. Talabalar bilimini baholash turlari
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:
- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;
- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi;
- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;
- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.
Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.
Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida ogʻzaki shaklda olinadi.
8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni
| № | Nazorat turlari | Izoh | Ball | Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi) |
|---|---|---|---|---|
| Joriy baholash (JB) | ||||
| Kuzgi semestr | ||||
| 1 | Workshop | Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki | 5 | 2-13 hafta(lar) davomida |
| 2 | Mustaqil ish | Taqdimot / media / yozma / visual shakllarda amalga oshiriladi | 10 | 4-13 hafta(lar) davomida |
| 3 | Vazifa / topshiriqlar | Esse / hisobot koʻrinishida rasmiylashtiriladi | 10 | 4-14 hafta(lar) davomida |
| 4 | Davomat | Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi. | 15 | 1-14 hafta(lar) davomida |
| Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish | ||||
| Jami | 40 | |||
| Oraliq imtihon (OI) | ||||
| 1. | Topshiriq yuklash | Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan bileti boʻyicha | 20 | 8-hafta |
| Jami | 20 | |||
| Yakuniy imtihon (YI) | ||||
| 1. | Ogʻzaki | Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar | 40 | Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng |
| Jami | 40 | |||
| Jami | 100 | |||
8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi
| Baho | Foiz | GPA |
|---|---|---|
| A+ | 95-100 | 4.5 |
| A | 90-94 | 4.0 |
| B+ | 80-89 | 3.5 |
| B | 70-79 | 3.0 |
| C+ | 65-69 | 2.5 |
| C | 60-64 | 2.0 |
| F | 0-59 | 0 |
Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.
Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
- fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
- fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
- berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
- konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
- mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
- fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
- tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;
b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
- fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
- fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
- fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
- fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
- fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.
c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
- fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
- bayon qilish ravon boʻlmasa;
- fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
- fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
- fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
- fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
- fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
- fanni bilmasa.
9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar
|
1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi. 2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi. 3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas. 4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi. |
5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno. 6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi. 7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi. |
10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot
| Mualliflar: |
Jakbarova Oyazimxon Mutalipovna, KUAF, Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Yangi muallif qo'shsh |
|---|---|
| Elektron pochta: |
oyazimxonj@gmail.com |
| Tashkilot va kafedra: | Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi |
| Taqrizchilar: |
X.Komilova - ADPI, Boshlangʻich taʼlim metodikasi kafedrasi professori, p.f.f.d., (PhD) I.Mamajonov - KUAF, Akademik ishlar boʻyicha prorektor, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)-- Yangi taqrizchi qo'shsh |
| Talabalarni erkin qabul qilish kuni: | Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, B bino 304 – xona. |
Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.
Sillabus «Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.
|
(imzo) Gʻ.Xolbutayev Akademik ishlar departamenti boshligʻi |
(imzo) B.Kurbonov Fakultet dekani |
(imzo) M.Bakiyeva Kafedra mudiri |
(imzo) O.Jakbarova Fan oʻqituvchisi |
