Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Umumiy xirurgiya 2

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60910200 - Davolash ishi
Oʻqish davomiyligi (yil) 6 Semestr 6
Fan nomi Umumiy xirurgiya 2 Fan kodi UX 15606
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    3    Baholash shakli oraliq: Ogʻzaki
joriy: workshop/ Talaba mustaqil ishi/ vazifa/ topshiriqlar/davomat
yakuniy: Ogʻzaki
Ajratilgan akademik soat hajmi 90 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
46
(aud)
44
(must)
12 34
 

2. Fan maqsadi

Mazkur fanning maqsadi Fanni oʻqitishdan maqsad - jarrohlikda antiseptika va aseptika, xirurgik infeksiya haqida tushuncha, uni oldini olish muammolarini, yiringli infeksiya turlarini (yuzaki joylashgan yiringli kasalliklar), shoshilinch jarrohlik holatlarida birinchi yordam koʻrsatishni (qon ketishini toʻxtatish, bogʻlam qoʻyish, jarohatlanganlarga birlamchi jarrohlik ishlovi, immobilizatsiya va transportirovka qilish) oʻrgatishdan iborat.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Biokimyo (BK 13-408)

2. Tibbiy kimyo (TK1106)

3. Odam anatomiyasi (AN11-312 )

4. Ichki kasalliklar propedevtikasi (IKP15-608)

5. Normal fiziologiya (FZ13-408)

6. Patologik fiziologiya (PFZ15-606)

7. Farmakologiya (FR15-606)

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:     

  • Bilimlar jihatidan:
  • jarrohlik asboblari va operatsiya choyshablarini sterilash;
  • qon quyish texnikasi;
  • jarohat turlari;
  • jarohatga birlamchi ishlov berish;
  • jarohat infeksiyasini oldini olish asoslari
  • jarohlik infeksiyasini turlari
  • davolash asoslarini tasavvurga ega boʻlishi;
  • tez-tez uchraydigan xirurgik kasalliklar bilan ogʻrigan bemorlarni erta tashxislashni va samarali davolashni, reabilitatsiyasini taʼminlashni bilishi;
  • koʻkrak qafasi va qorin boʻshligi aʼzolarining oʻtkir xirurgik kasalliklaridagi klinik belgilarini erta va toʻgʻri aniqlashni bilishi;
  • operatsiya talab qiluvchi koʻp uchraydigan surunkali xirurgik kasalliklarining belgilarini erta va toʻgʻri aniqlashni bilishi;
  • yuqorida koʻrsatilgan holatlarda mos, samarali va maqsadga muvofiq davo choralarini oʻtkazish;
  • qvp da qilishning imkoni boʻlmaydigan holatlarda barcha choratadbirlarni oʻtkazish uchun toʻgʻri va oʻz vaqtida yoʻllanma berishni bilishi va ulardan foydalana olishni bilishi.

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • Koʻnikmalar jihatidan:
  • qoʻllarni oqar suv ostida toʻgʻri yuvish texnikasi
  • steril xalatni kiyish bosqichlari
  • steril qoʻlqoplarni kiyish tartibi
  • rumolli bogʻlamlarni qoʻyish texnikasi
  • “chepets” bogʻlamini qoʻyish: koʻrsatmalar va ketma-ketlik
  • gippokrat qalpogʻini qoʻyish texnikasi
  • yugansimon bogʻlamni qoʻyish texnikasi
  • barmoqlar bilan qon tomirlarni bosib, qon toʻxtatish sohalarini aniqlash
  • esmarx jgutini qoʻyish texnikasi
  • yumshoq toʻqimalarning yopiq shikastlanishida birinchi yordam koʻrsatish bosqichlari
  • oshqozonga zond oʻrnatish va yuvish texnikasi
  • sifon klizma bajarish texnikasi
  • toʻgʻri ichakni barmoq yordamida tekshirish usuli
  • “yoʻtal turtki” belgisini aniqlash va baholash

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Yumshoq tuqimalar nospetsifik xirurgik infeksiyasi.

  1. Oʻtkir xirurgik infektsiyalar;
  2. Oʻtkir nospetsefik yiringli infektsiyalar;
  3. Mahalliy oʻtkir yiringli kasalliklar;
  4. Yumshoq toʻqimalarning oʻtkir yiringli kasalliklari;
  5. Seroz pardalarning oʻtkir yiringli kasalliklari.
2
2.

Suyak, pay va bo‘g‘imlar xirurgik infeksiyasi.

  1. Periostit
  2. Osteomiyelit, oʻtkir gematogen osteomiyelit, oʻtkir travmatik osteomiyelit, ikkilamchi surunkali osteomiyelit, birlamchi xronik osteomiyelit
  3. Yiringli artrit
  4. Yiringli bursit
  5. Xondrit
  6. Yiringli tendovaginit
  7. Panaritsiy, Pandaktilit
  8. Suyak hasmoli
  9. Boʻgʻim hasmoli
2
3.

Anaerob va o‘tkir spetsifik xirurgik infeksiyasi.

  1. Anaerob infeksiya va oʻtkir spetsifik infeksiyalarning umumiy tavsifi
  2. Anaerob infeksiya: etiologiyasi va patogenezi
  3. Anaerob infeksiyaning klinik shakllari
  4. Anaerob infeksiyani tashxislas
  5. Anaerob infeksiyalarni davolash va profilaktika
  6. Oʻtkir spetsifik xirurgik infeksiyalar
  7. Oʻtkir spetsifik infeksiyalarning klinik kechishi va tashxisi
  8. Davolash va oldini olish choralari
2
4.

Umumiy xirurgik infeksiya (sepsis). Surunkali va parazitar xirurgik infeksiyasi.

  1. Umumiy nospetsifik yiringli infektsiya (sepsis);
  2. Surunkali xirurgik infektsiya: Sil, Aktinomikoz, Zaxm
  3. Parazitar xirurgik kasalliklar: Exinokokkoz, Alveokokkoz, Askaridoz
2
5.

To‘qimalar o‘limi. Qon-tomir va rentgenendovaskulyar xirurgiya asoslari.

  1. Toʻqimalar hayotiyligi va ularning normal fiziologik funksiyasi
  2. Toʻqimalar oʻlimining (nekroz) umumiy tushunchasi.
  3. Qon-tomir tizimining toʻqimalar hayotidagi oʻrni.
  4. Toʻqimalar oʻlimining sabablari va patogenez
  5. Nekroz turlari va ularning klinik koʻrinishlari
  6. Nekrozni tashxislash va davolash
  7. Qon-tomir xirurgiyasi asoslari
  8. Rentgenendovaskulyar xirurgiya asoslari
  9. Qon-tomir va rentgenendovaskulyar xirurgiyaning klinik ahamiyati
2
6.

Xirurgik yordamga muhtoj bo‘lgan tug‘ma nuqsonlar. Plastik va estetik xirurgiya asoslari.

  1. Tugʻma nuqsonlarning umumiy taʼrifi, etiologiyasi va tasnifi. Irsiy va tashqi omillarning (teratogenlar, infektsiyalar, radiatsiya, dori taʼsiri va h.k.) roli, Tugʻma nuqsonlarning ahamiyati – hayot sifati, psixologik va ijtimoiy, oqibatlari.
  2. Tugʻma nuqsonlarning asosiy turlari
  3. Tugʻma nuqsonlarni aniqlash va diagnostika
  4. Tugʻma nuqsonlarni jarrohlik yoʻli bilan tuzatish prinsiplari
  5. Plastik xirurgiya asoslari
  6. Estetik xirurgiya asoslari
  7. Asoratlar va ularni oldini olish
  8. Zamonaviy yutuqlar
2
Jami 12
 

 

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Bosh, ko’krak qafas va qorin shikastlanishlari.  

  1. Bosh, koʻkrak va qorin shikastlanishlarining asosiy anatomik xususiyatlari va mexanizmlari.
  2. ATLS tamoyillari boʻyicha shikastlangan bemorni tezkor baholash (primary/secondary survey).
  3. Eng keng tarqalgan hayot uchun xavfli jarohatlar.
  4. Diagnostika usullarini.
  5. Bosh, koʻkrakqafasi va qorin jarohatlari boʻyicha boshqaruv algoritmlari va operativ koʻrsatmalar.
  6. Kasalliklar asoratlarini oldini olish va bemorni tizimli ravishda yoʻnaltirish.
2
2.

Travmatik toksikoz  

  1. Travmatik toksikoz tushunchasi.
  2. Etiologiyasi va patogenezi.
  3. Kasallikning rivojlanish bosqichlari.
  4. Klinik kechishini va asosiy simptomlari.
  5. Laborator va instrumental tashxis usullari.
  6. Davolash va profilaktika tamoyillari.
2
3.

Yumshoq to’qimalar ochiq shikasti (jarohatlar to’g’risida ta’lim). Jarohatlar tasnifi. Jarohatning bitishi. Zamonaviy jaroxat qoplamalari  

  1. Yumshoq toʻqimalar ochiq shikasti
  2. Jarohatlar tasnifi.
  3. Jarohatning bitishi.
  4. Zamonaviy jaroxat qoplamalari
2
4.

Suyak sinishlari, chiqishlar, tasnifi, klinikasi va davolash usullari. Chiqishlarni o’z o’rniga qo’yish metodlari. Tugma chiqishlar, zamonaviy tekshirish va davolash usullari. Repozisiya, turlari. Gipsli bog’lamlar texnikasi va turlari. Transport immobilizatsiyasi.  

  1. Suyak sinishlari, chiqishlar, tasnifi, klinikasi va davolash usullari.
  2. Chiqishlarni oʻz oʻrniga qoʻyish metodlari.
  3. Tugma chiqishlar, zamonaviy tekshirish va davolash usullari.
  4. Repozisiya, turlari.
  5. Gipsli bogʻlamlar texnikasi va turlari.
  6. Transport immobilizatsiyasi
2
5.

O’tkir yiringli infeksiya, teri va teri osti yog to’qimasining anatomik xususiyatlari, kasalliklari: furunkul, karbunkul, saramas, abssess, flegmona, gidradenit.  

  1. Teri va teri osti yogʻ toʻqimasining anatomo-fiziologik xususiyatlari.
  2. Oʻtkir yiringli infeksiyalarning etiologiyasi, patogenezi va klinikasi.
  3. Furunkul, karbunkul, saramas, abssess, flegmona va gidradenit.
  4. Kasalliklarni tashxislash, davolash va oldini olish tamoyillari.
2
6.

Bo’yin chuqur flegmonalari, yiringli mediastinitlar, qorinparda orqa bo’shlig’i va to’g'ri ichak atrofi to’qimasi bo’shliq flegmonalari -paraproktit.  

  1. Yiringli yalligʻlanish jarayonlarining ahamiyati va ogʻir oqibatlari.
  2. Boʻyin chuqur flegmonalari.
  3. Yiringli mediastinitlar.
  4. Qorinparda orqa boʻshligʻi flegmonalari.
  5. Toʻgʻri ichak atrofi toʻqimasi boʻshliq flegmonalari — paraproktit.
  6. Asoratlar va ularning oldini olish.
2
7.

Bezsimon a’zolar yiringli-yallig’lanish kasalliklari: yiringli paratit va o’tkir yiringli mastit. Limfa tugunlari, qon va limfa tomirlari yiringili yallig’lanish kasalliklari: limfadenit, limfangit, tromboflebit.  

  1. Mavzuning dolzarbligi va ahamiyati.
  2. Yiringli yalligʻlanish jarayonlarining umumiy patogenezi.
  3. Bez, limfa tuguni va tomirlarning anatomik-fiziologik xususiyatlari.
  4. Bezsimon aʼzolarning yiringli yalligʻlanish kasalliklari.
  5. Limfa tizimi yiringli yalligʻlanish kasalliklari
  6. Qon tomirlarining yiringli yalligʻlanish kasalliklari
2
8.

Qo’l va oyoq panjalari yiringli yallig’lanish kasalliklari: panaritsiylar, qo’l flegmonalari, tirnoqni et ichiga o’sib kirishi. Suyak va bo’g’imlar yiringli xirurgik kasalliklari, osteomiyelit, klinik manzarasi, diagnostikasi, davolash usullari.  

  1. Qoʻl va oyoq panjalari anatomik tuzilishining yiringli jarayonlar rivojlanishidagi oʻrni.
  2. Yiringli jarayonlarning patogenezi va umumiy mexanizmlari.
  3. Infeksiya kirish yoʻllari va mahalliy immun javob.
  4. Panaritsiylar.
  5. Qoʻl flegmonalari.
  6. Tirnoqni et ichiga oʻsib kirishi (Unguis incarnatus).
  7. Suyak va boʻgʻimlarning yiringli xirurgik kasalliklari.
  8. Yiringli kasalliklarning erta tashxislash va kompleks davolash ahamiyati.
  9. Asoratlarning oldini olish va reabilitatsiya choralari.
2
9.

Surunkali yiringli spetsifik infeksiya, suyak va bo’gimlar sili, tekshirish usullari va davolash asoslari.  

  1. Surunkali yiringli-spetsifik infeksiya tushunchasi.
  2. Spetsifik infeksiyalar ichida suyak va boʻgʻim silining oʻrni.
  3. Etiologiyasi va patogenezi.
  4. Klinik manzarasi.
  5. Diagnostika usullari.
  6. Davolash printsiplari.
  7. Asoratlar va profilaktikasi.
2
10.

Anaerob va chirituvchi infeksiya xaqida umumiy tushuncha, gazli gangrena, klinika va davolash xususiyatlari.  

  1. Anaerob mikroorganizmlar va ularning turlari haqida tushuncha hosil qilish.
  2. Chirituvchi va gaz hosil qiluvchi infeksiyalar patogenezini bilish.
  3. Gazli gangrenaning klinik belgilari va rivojlanish bosqichlarini oʻrganish.
  4. Diagnostika usullari va davolash prinsiplarini bilish.
2
11.

Xirurgik sepsis, patogenez, klinika, diagnostika, davolash usullari.  

  1. Sepsis tushunchasi va tarixiy maʼlumotlar.
  2. Xirurgik infeksiyalar orasida sepsisning oʻrni va ahamiyati.
  3. Sepsisning zamonaviy taʼrifi (SOFA, qSOFA mezonlari asosida).
  4. Sepsis etiologiyasi.
  5. Patogenezi.
  6. Klinik manzarasi.
  7. Diagnostikasi.
  8. Davolash asoslari.
  9. Profilaktikasi.
2
12.

Qon aylanishini buzilish xastaliklari, tromboz va emboliyalar. Nekroz va gangrenalar, trofik yaralar, oqmalar, yotoq yaralari. Ularni davolash va profilaktikasi.  

  1. Qon aylanishining buzilishi, tromboz va emboliyaning patogenezi.
  2. Nekroz va gangrenaning turlari hamda rivojlanish bosqichlari.
  3. Trofik yara, oqma va yotoq yaralarning klinik belgilari va oqibatlari.
  4. Ushbu patologiyalarda qoʻllaniladigan asosiy davolash va profilaktika usullari.
2
13.

Plastik va rekonstruktiv (tiklovchi) xirurgiya, zamonaviy qarashlar va yutuqlar. Kam invaziv kardioxirurgiya.  

  1. Plastik va rekonstruktiv xirurgiyaning rivojlanish tarixi.
  2. Kardioxirurgiyada kam invaziv texnologiyalarga umumiy kirish.
  3. Plastik va rekonstruktiv (tiklovchi) xirurgiya.
  4. Kam invaziv kardioxirurgiya.
  5. Plastik va kam invaziv jarrohlikning kelajakdagi yoʻnalishlari.
2
14.

O’smalar, o’sma oldi kasalliklari, kelib chikish sabablari, klassifikatsiyasi, diagnostikasi, davolash printsiplari.  

  1. Oʻsma va oʻsma oldi holatlari tushunchasi.
  2. Oʻsmalarning etiologik omillari.
  3. Oʻsmalarning morfologik va klinik klassifikatsiyasi.
  4. Yaxshi (benign) va yomon (malign) oʻsmalarning farqlari.
  5. Diagnostika va differensial diagnostika usullari.
  6. Davolash prinsiplari va profilaktika choralari.
4
15.

Xirurgik yordamga muhtoj bo’lgan tug’ma nuqsonlar  

  1. Tugʻma nuqsonlar tushunchasi va ularning kelib chiqishi.
  2. Organ va tizimlar boʻyicha tugʻma nuqsonlarning tasnifi.
  3. Asosiy klinik belgilari.
  4. Diagnostika usullari.
  5. Xirurgik davolash va reabilitatsiya tamoyillari.
4
Jami 34

Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni
Mavzular ID bo'yicha qayta tartiblandi.
Yangi tartibni ko'rish uchun shu yerga kiring!
1.

Zamonaviy xirurgik asboblar. Zamonaviy tikuv materiallari Zamonaviy fizik antiseptika usullari

2.

Mahalliy gemostaz uchun zamonaviy dori-vositalar

3.

Gibrid operatsiyalar

4.

Suyak sinishlarda zamonaviy davolash usullari

5.

Kuyish kasalligi

6.

Qandli diabetli bemorlarda yumshoq to‘qimalar xirurgik infeksiyasini davolash usullari

7.

Sepsisning zamonaviy tasnifi

8.

Arterial qon tomirlarni surunkali obliteratsiyasida zamonaviy davolash usullari

9.

Ichak oqma yaralarni bartaraf qilish usullari

10.

Oshqozon raki kasalligi

11.

Xirurgiyada kichik invaziv aralashuvlar

12.

Surunkali jarrohlik infektsiyani davolashning zamonaviy usullari

13.

Seroz bo'shliqlarning yiringli kasalliklarini davolashda minimal invaziv aralashuvlar

  Talabalar fan boʼyicha mustaqil ishni taqdimot slaydlar, tahliliy maʼlumot, tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish, maqola, tezislar va maʼruza tayyorlash, amaliy mazmundagi nostandart masalalarni yechish va ijodiy ish koʼrinishida topshiradi.

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

  1. Аripov U.А., Karimov Sh.I. Umumiy xirurgiya. Darslik. –Toshkent. Аbu Аli Ibn Sino. 2008 y. 528 b.
  2. Гостищев.В. К. Общая хирургия. Учебник. Москва 2013 г. 636 стр.

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. Бабаджанов Б.Д., Охунов А.О. Антисептика. Сценарии для проведения практических занятий с использованием современных педагогических технологий составленные на основе единой методической систем. Методическая рекомендация. – Ташкент. "Focus Print". 2012 г.
  2. Бабаджанов Б.Д., Охунов А.О., Шарипов Ю.Ю. /Неспецифическая хирургическая инфекция. Электронное учебное пособие на узбекском, русском и английском языках. – Ташкент. "Focus Print".2013 г.
  3. Charles Brunicardi. F. Schwartz’s principles of surgery.10th edition.E-Book. -USA.McGraw Hill Professional.2015 y
  4. Das. S. A manual clinical surgery.Special investigations and differential diagnosis.11th edition.eBook. – Kolkata. McGraw-Hill Education.2014 y
  5. Norman Williams. Bailey Loves. Short practice of surgery.26th edition.Medical textbook. - London. CRC Press.2012 y

7.3. Axborot manbaalari

  • https://tma.uz/
  • https://ziyonet.uz/
  • https://www.mediasphera.ru/
  • https://adti.uz/
  • https://www.studentlibrary.ru

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (10-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida ogʻzaki shaklda olinadi.


8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
Kuzgi semestr
1WorkshopTalabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki52-13 hafta(lar) davomida
2Mustaqil ishTaqdimot / media / yozma / visual shakllarda amalga oshiriladi104-14 hafta(lar) davomida
3Vazifa / topshiriqlarEsse / hisobot koʻrinishida rasmiylashtiriladi104-13 hafta(lar) davomida
4DavomatTalabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.154-13 hafta(lar) davomida
Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish
Jami 40  
Oraliq imtihon (OI)
1. Ogʻzaki Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha 20 10-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (YI)
1. Ogʻzaki Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar boʻyicha 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar: Sultonqulov Baxtiyor Baxodirovich,
KUAF, Klinik fanlar kafedrasi oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--
Yangi muallif qo'shsh
Elektron pochta: bahtiyorsultonkulov@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Klinik fanlar kafedrasi
Taqrizchilar:

G.Qutliqova - Qoʻqon universiteti Andijon filiali Klinik fanlar kafedrasi mudiri k.m.n.dotsent, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--

X.Musashayxov - Kafedra mudiri, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--

Yangi taqrizchi qo'shsh
Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Payshanba-juma, soat 15 : 00 – 17 : 00, 105 -xona

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Klinik fanlar» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

 

       

(imzo)

Gʻ.Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

F.Turdiyev

Fakultet dekani

(imzo)

G.Qutlikova

Kafedra mudiri

(imzo)

B.Sultonqulov

Fan oʻqituvchisi

Ichki taqriz yuklanmagan
Tashqi taqriz yuklanmagan