Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Sharq tillari (arab tili)

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60230100 - Filologiya va tillarni oʻqitish (oʻzbek tili)
Oʻqish davomiyligi (yil) 4 Semestr 3
Fan nomi Sharq tillari (arab tili) Fan kodi SHTAT2306
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi tanlov
Fan tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    6    Baholash shakli oraliq: ogʻzaki
joriy: amaliy mashgʻulot
yakuniy: test
Ajratilgan akademik soat hajmi 180 Auditoriya soatlari taqsimoti amal
72
(aud)
108
(must)
72
 

2. Fan maqsadi

Mazkur fanning maqsadi oʻzbek tili va adabiyotining har tomonlama taraqqiy topishida Mahmud Koshgʻariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy kabi ilmu fan va adabiyot namoyandalarining xizmati va qoldirgan merosini, ayniqsa Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Muhammadrizo Ogahiy, Boborahim Mashrab, Muqimiy, Furqat kabi oʻnlab mumtoz adiblarimizning umumbashariyat madaniy xazinasidan munosib oʻrin olgan oʻlmas asarlarini chuqur oʻrganish va ilmiy asosda tadqiq etishga qaratilgan boʻlib talabalarda ilmiy axborot bilan ishlash koʻnikmalarini va malakalarini shakllantirish, oʻqish, yozish, arab imlosidagi qoʻlyozma, toshbosma gazeta, jurnal va ilmiy asarlarni oʻqishga, ulardan oʻz faoliyati uchun zarur boʻlgan axborotlarni olishga oʻrgatish, joriy imloga tabdil va tahlil qila olishlariga erishish. “Sharq tillari” fani “Oʻzbek tili tarixi”, “Oʻzbek folklori”, “Oʻzbek adabiyoti tarixi”, “Navoiyshunoslik”, “Matnshunoslik”, “Oʻzbek tilshunosligi tarixi”, “Leksikografiya asoslari”, “Oʻzbek dialektologiyasi”, “Oʻzbek mumtoz poetikasi asoslari” kabi umumkasbiy fanlar bilan uzviy bogʻlangan boʻlib, ushbu fanlarda aks etgan ayrim adabiy-nazariy masalalarni qamrab olishi jihatidan uygʻunlik kasb etadi.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Tilshunoslik nazariyasi (TN1,809)

2. Hozirgi oʻzbek adabiy tili (HOʻAT2-311)

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:     

  • arab yozuvi va uning tarqalishi, arab harflarining oʻziga xos xususiyatlari, arab tili fonetikasi, morfologiyasi, punktuatsiyasi, arab tili lugʻati, arab tiliga xos qisqa va choʻziq unlilar va boshqa belgilar, arab va eski oʻzbek yozuvidagi oʻzaro farqlar haqida tasavvurga ega boʻlishi;
  • arab tilida imlo qoidalarini, arab tilida soʻz yasalishini, arab tilida oʻzak va u orqali soʻzlarni topa bilishni, arab imlosidagi matnlarni qiyinchiliksiz mutolaa qilib tabdil qila olishni, oʻzbek tili tarkibidagi arab soʻzlarni tahlil qila olishni.

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • arab imlosining oʻziga xos xususiyatlarini aniqlash, arab tilida soʻz yasalishi va grammatik qoidalarini aniqlash, arab yozuvidagi manbalarni farqlash, arab alifbosidagi matnlarni oʻqish, arab imlosidagi matnlarini transkripsiya qilish, arab imlosida yozishni bilish, arab tilidagi soʻz va iboralarini tarjima qilishda lugʻatdan foydalana bilish, arab imlosida xatosiz yoza bilishi va ulardan foydalana olishi;
  • ilmiy axborot bilan ishlash, oʻqish, yozish, arab imlosidagi qoʻlyozma, toshbosma gazeta, jurnal va ilmiy asarlami oʻqish, ulardan oʻz faoliyati uchun zarur boʻlgan axborotlarni olish, joriy imloga tabdil va tahlil qila olish va ulardan foydalanish koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak.

5. Fan mazmuni

Maʼruza mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Maʼruza oʻtish nazarda tutilmagan

 

 

5.1. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va rejalar
Agar mavzular tartibini ID bo'yicha qayta tartiblashni xohlasangiz, shu yerga bosing!
soatlar hajmi
1.

Kirish. Fonetika va yozuv.  

  1. Kirish. Fanining maqsadi va vazifalari
  2. Arab tilining geneologik tasnifi.
  3. Arab alifbоsi.
  4. Hozirgi zamon arab adabiy tili va lahjalari
2
2.

Alif, ba, ta, nun undoshlari, harakatlar, sukun  

  1. Arab tilida unli tovushlar va ularning yozilishi.
  2. Alif harfining imlosi. Alif kursi vazifasini bajarishi. Alif uzun «a:» unlisi sifatida
2
3.

Vov, yoy, alif undoshlari va ularning cho‘ziq unli vazifasida kelishi  

  1. Choʻziq unlilar
  2. vov, yoy harflarining imlosi va ularning talaffuzi.
  3. vov, yoy harflarining choʻziq unli sifatida qoʻllanilishi.
2
4.

dol va zol undoshlari, ta marbuta, tanvin  

  1. dol harflarining imlosi va ularning talaffuzi.
  2. zol harflarining imlosi va ularning talaffuzi.
  3. Ta-marbuta, yaʼni bogʻlangan “t” shaklining soʻzda kelishi.
2
5.

lom, mim, kof undoshlari, tashdid, alif maqsura  

  1. Arab tilida tasahdid
  2. kof harfining imlosi.
  3. lom va mim harflarining talaffuzi
2
6.

haun, re va sin undoshlari, urg’u  

  1. Arab tilida urgʻu
  2. haun, re va sin harflarining imlosi.
  3. haun, re va sin harflarining talaffuzi
2
7.

shin, ze va xo undoshlari, hamza  

  1. Arab tilida hamzaning turlari. Qatʼiy (oʻqiladigan) hamza va uning imlo qoidalari.
  2. shin, ze va xo undoshlarining imlosi va talaffuzi.
  3. Madda belgisi.
2
8.

sod, zod, to va zo undoshlari  

  1. sod, zod, harflarining imlosi.
  2. to va zo harflarining talaffuzi.
  3. Matn ustida ishlash
2
9.

se, jim va a’yn undoshlari, vaslali hamza  

  1. jim harfining imlosi. se harfining talaffuzi.
  2. Vaslali (biriktiruvchi) hamza.
  3. Al artikli. Al artiklining hamzasi
2
10.

g’oyn, fe, qof undoshlari  

  1. fe, qof harflarining imlosi va talaffuzi.
  2. gʻoyn harflarining imlosi va talaffuzi.
  3. Matn ustida ishlash
2
11.

Shamsiy va qamariy harflar  

  1. Gapning bоrishiga qarab jumladagi soʻz aniq yoki nоaniq hоlatda boʻlishi.
  2. Oʻn toʻrtta qamariya harflar.
  3. Oʻn toʻrtta shamsiya harflar.
2
12.

Raqamlar va abjad hisobi  

  1. Arab tilida raqamlar.
  2. Abjad hisobi va tarix sanʼati.
  3. Matn ustida ishlash
2
13.

So‘z turkumi. Ot so‘z turkumi (olmosh)  

  1. Arab tilida otlarning turlari
  2. Turdosh va atoqli otlar.
  3. Olmoshlar
2
14.

Sifat. Tub, nisbiy va rangni anglatuvchi sifatlar  

  1. Tub sifatlar
  2. Yasama sifatlar
  3. Nisbiy sifatlar
2
15.

So‘z o‘zagi. So‘z vaznlari. Lug‘at bilan ishlash  

  1. Soʻzning oʻzagi faqat undоsh harflardan ibоrat boʻlishi.
  2. Nooʻzak undоshlar
  3. Arab tilida vazn yaʼni qoliplarning mavjudligi.
  4. Lugʻat turlari.
2
16.

Jins kategoriyasi  

  1. Muzakkar jins
  2. Muannas jins
  3. Matn ustida ishlash.
2
17.

Kelishik kategoriyasi  

  1. Arab tilida kelishiklar
  2. Ikki kelishikli ismlar
  3. Matn ustida ishlash.
2
18.

Son kategoriyasi. Ikkilik son  

  1. Muzakkar jinsda . ikkilik son
  2. Muannas jinsda ikkilik son
  3. Ikkilik sonda kelishik
2
19.

Ko‘plik son. To‘g‘ri ko‘plik  

  1. Muzakkar jinsda toʻgʻri koʻplik
  2. Muannas jinsda toʻgʻri koʻplik
  3. Toʻgʻri koʻplikda kelishik
2
20.

Siniq ko‘plik  

  1. Siniq koʻplik ahamiyati
  2. Siniq koʻplik yasalishi
  3. Siniq koʻplik formalari
2
21.

Holat kategoriyasi  

  1. Aniqlik va noaniqlik holati
  2. Qamariy harflar
  3. Shamsiy harflar
2
22.

Ismiy gaplar  

  1. Sodda gap haqida tushuncha
  2. Sodda yigʻiq gap
  3. Sodda yoyiq gap
2
23.

So‘roq gaplar va uning turlari  

  1. Soʻroq gaplarning qismlarga boʻlinishi
  2. Soʻroq gaplar haqida maʼlumot
  3. Soʻroq soʻzlarning ishlatilish oʻrinlari
2
24.

Old ko‘makchilar (predloglar)  

  1. Tub predloglar
  2. Yasama predloglar
  3. Qoʻshib yoziladigan predloglar
2
25.

Predloglarga qo‘shiluvchi birikma olmoshlari  

  1. Predloglarga qoʻshiluvchi birikma olmoshlari
  2. “ila” kabi «alif maqsura» bilan tugagan old koʻmakchiga birikishi
  3. ”li” «...niki;...da bor» va “fi” «...da; ichida» koʻmakchilariga birikma olmoshlarining qoʻshilishi
2
26.

Kesimi old ko‘makchi bilan kelgan ismiy gap  

  1. Ismiy gapda kesim old koʻmakchi bilan kelishi
  2. Egani taʼkidlab koʻrsatishda “Inna –haqiqatda" yuklamasi
  3. Matn ustida ishlash.
2
27.

So‘z birikmasi. Moslashgan (sifatlovchi) aniqlovchi  

  1. Aniqlovchi turlari
  2. Aniqlovchi-aniqlanmish munosabati
  3. Aniqlovchi vazifasidagi koʻrsatish olmoshlari
  4. Sondagi moslashuv
2
28.

Fe’lning o‘tkan zamon shakli  

  1. Uch oʻzakli undoshli feʼllarning I bobining vaznlari
  2. Feʼlning oʻtkan zamon shakllari
  3. Oʻtkan zamon feʼlining inkor shakli
2
29.

Fe’liy gaplar  

  1. Feʼliy gaplar strukturasi
  2. Feʼl kesimning ega bilan moslashuvi.
  3. Matn ustida ishlash.
2
30.

Arab tilida to‘ldiruvchi.  

  1. Vositali toʻldiruvchi
  2. Vositasiz toʻldiruvchi
  3. Matn ustida ishlash.
2
31.

Moslashmagan (qaratqichli) aniqlovchi (izofa)  

  1. Izofa birikmasi haqida maʼlumot
  2. Izofa turlari haqida maʼlumot
  3. Izofa birikmasining kelishiklarda turlanishi
2
32.

Birikma olmoshlari  

  1. Birikma olmoshlari ismga birikishi
  2. Birikma olmoshlari birikkan soʻzlar kelishiklarda
  3. Matn ustida ishlash
2
33.

Fe’lning hozirgi va kelasi zamon shakli  

  1. Hozirgi-kelasi zamon
  2. Hozirgi-kelasi zamon inkor shakli
  3. “qod” va “savfa” yuklamasi
2
34.

Fe’l bilan kelgan birikma olmosh  

  1. Birikma olmoshi
  2. Birikma olmoshining feʼllarga birikishi
  3. Matn ustida ishlash.
2
35.

Fe’l vaznlaridan yasalgan sifatdosh shakllari  

  1. Oʻzbek tilida arabizmlarning salmogʻi.
  2. Arab oʻzlashmalari semantikasi.
2
36.

Fe’l vaznlarida yasalgan masdar shakllari  

  1. Oʻzbek tilida arabizmlarning salmogʻi.
  2. Arab oʻzlashmalari semantikasi.
  3. Masdar shakldagi oʻzlashmalar
2
Jami 72

Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni
Agar mavzular tartibini ID bo'yicha qayta tartiblashni xohlasangiz, shu yerga bosing!
1.

Shamsiy va qamariy harflar

2.

Jins kategoriyasi

3.

Kelishik kategoriyasi

4.

Son kategoriyasi. Ikkilik son

5.

Ko‘plik son. To‘g‘ri ko‘plik

6.

Siniq ko‘plik

7.

Holat kategoriyasi

8.

So‘z birikmasi. Moslashgan (sifatlovchi) aniqlovchi

9.

Moslashmagan (qaratqichli) aniqlovchi (izofa)

10.

Fe’l vaznlaridan yasalgan sifatdosh shakllari

11.

Fe’l vaznlarida yasalgan masdar shakllari

  Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni loyiha ishi, kazus yoki media koʻrinishida topshirishadilar

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

  1. Иброҳимов Неъматулло, Юсупов Муҳаммадю Араб тили грамматикаси (дарслик). I жилд. “Ўзбекистон миллий энциклопедияси”, Тошкент, 1997 йил, 453 бет.
  2. Ҳасанов Мирқобил. Араб тили. (ўқув қўлланма), “INVEST BOOK”, 2025 йил, 348 бет.

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. Шермуҳаммедов Т., Абдуллаев Ф., Халилов Л., Ўқиш китоби (қўлланма). Ўқитувчи, Тошкент, 1973 йил, 122 бет.
  2. Холидов Б., Ааб тили дарслиги, Ўқитувчи, Тошкент, 2007 йил, 221 бет.
  3. Абдужабборов А., Араб тили (қўлланма), Тошкент, 2007 йил, 186 бет.

7.3. Axborot manbaalari

  • https://uz.wikipedia.org/wiki/Eski_o‘zbek_yozuvi
  • https://www.ziyouz.com/kutubxona/category/29-eski-o-zbek-yozuvi
  • https://ziyonet.uz/

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi.


8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
Kuzgi semestr
1Mustaqil ishTaqdimot / media / hisobot / shakllarda amalga oshiriladi102-13 hata(lar) davomida
2Vazifa / topshiriqlarTaqdimot / hisobot / koʻrinishida rasmiylashtiriladi104-14 haf ta(lar) davomida
3DavomatTalabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.154-13 haf avomida
4WorkshopTalabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki52-13 -hafta(lar) davomida
Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish
Jami 40  
Oraliq imtihon (OI)
1. Ogʻzaki Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar bileti boʻyicha 20 8-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (YI)
1. Test Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar: Umarov Adaxamjon Abdusalomovich,
KUAF, Oʻzbek va rus filologiyasi kafedrasi oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--
Yangi muallif qo'shsh
Elektron pochta: umarsalom@gmail.ru
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Oʻzbek va rus filologiyasi kafedrasi
Taqrizchilar:

G.Kabuljonova - KUAF, Oʻzbek va rus filologiyasi kafedrasi dotsenti, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--

Z.Qodirov - ADU, Oʻzbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--

Yangi taqrizchi qo'shsh
Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, ______ – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Oʻzbek va rus filologiyasi» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

 

       

(imzo)

Gʻ.Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

S.Dadabayev

Fakultet dekani

(imzo)

F.Xabibullayeva

Kafedra mudiri

(imzo)

A.Umarov

Fan oʻqituvchisi

Ichki taqriz yuklanmagan
Tashqi taqriz yuklanmagan