Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Odam anatomiyasi

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60910100 - Stomatologiya
Oʻqish davomiyligi (yil) 5 Semestr 1,2
Fan nomi Odam anatomiyasi Fan kodi АN1123011
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    8    Baholash shakli oraliq: test
joriy: workshop/loyiha ishi/ vazifa/topshiriqlar/davomat
yakuniy: ogʻzaki
Ajratilgan akademik soat hajmi 240 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
120
(aud)
120
(must)
32 88
16 | 16 44 | 44
 

2. Fan maqsadi

Mazkur fanning maqsadi talabalarda odam organizmining tuzilishi, aʼzo va toʻqimalarining funktsional va topografik anatomiyasi, yoshga qarab oʻzgarishi haqida bilim, koʻnikma (uquvlar) va malakani shakllantirishdir. Тalabalarga - anatomiya moduli, maqsadi va vazifalari haqida tushuncha berish, organizm tuzilishining individual va jinsiy tafovutlarini oʻrgatish, organizm tuzilishining yoshga qarab oʻzgarishini oʻrgatish, tizim va aʼzolarning anatomo-topografik munosabatlarini oʻrgatish, tizim va aʼzolarning rentgenoanatomiyasini oʻrgatish, tizim va aʼzolarning taraqqiyotida uchraydigan nuqsonlarini oʻrgatish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni dars jarayoniga tadbiq etib, mantiqiy fikrlash va bilimini saqlash darajasini oshirish.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi.

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:     

  • boshqa fundamental va klinik modullarni oʻzlashtirishi uchun anatomiya modulining zarurligi;
  • barcha kasalliklarning asosida aʼzolarning anatomo-fiziologik funktsiyalarining buzilishi;
  • organizmning bir butunligini, organizmni tashkil etgan tizimlarning (tayanch-harakat, ichki aʼzolar, qon tomirlar,nerv va sezgi aʼzolar tizimlari) ahamiyati;
  • organizmning oʻsishi, shakllanishi, rivojlanishining asosiy qonuniyatlarining mohiyati, ularning tashqi muhit bilan munosabatini taʼminlayotgan tizimlar hamda ularning yoshga nisbatan oʻzgarishi;
  • kalla suyagi va tayanch-xarakat apparati (suyak, boʻgʻimlar va mushaklar) taraqqiyotining asoslarida koʻp uchraydigan nuqsonlar, ularning umumiy tuzilishi va funtsional anatomiyasi;
  • periodont, paradont, tish-jagʻ segmentlari va prikus turlari, ularda uchraydigan anomialiyalari toʻgʻrisida tasavvurga ega boʻlishi

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • koʻz kosasining ostki teshigi, engak teshigi, soʻrgʻichsimon oʻsimta sohasi;
  • yuz sohasidagi kontroforslarni teri orqali, rentgen taʼsvirida, boʻgʻim boʻshliqlari va shakllarini rentgen taʼsvirida;
  • qoʻl, oyoq, orqa, koʻkrak va qorin sohalarining asosiy yirik mushaklarning teri orqali relefini;
  • mimika va chaynov mushaklarini proektsiyasini;
  • boʻyin sohasidagi mushaklar, uchburchaklar, kletchatka boʻshliqlar va fastsiyalarni koʻrsatish;
  • qoʻltiq osti va tirsak chuqurchalari, chov kanali, son uchburchagi va kanali, taqim osti chuqurcha, boldir sohasidagi kanallarning proektsiyasini teri orqali topa olish;
  • oʻpka ekskursiyasini aniqlash;
  • yurak topografiyasini aniqlash;
  • uyqu, bilak, son va boldir arteriyalarida pulsni;
  • teri osti venalarini, limfa tugunlarini topa olishi kabi malakalariga (shu jumladan amaliy koʻnikmalariga) ega boʻlishi kerak.
  • suyaklarni tuzilmalarni, kalla suyagi asosidagi teshiklar, kanallar va yoriqlarni koʻrsata olishni;
  • tana har bir boʻgʻimdagi harakat oʻqlarini koʻrsata olishni;
  • bosh (mimika va chaynov) va boʻyin sohasidagi mushkalarning oʻziga xos harakat xususiyatlarini koʻrsata olishni;
  • ogʻiz boʻshligʻi devorlarini; tishlarni formulasini; Pirogov–Velder halqasini; meʼda topografiyasini; ingichka ichakni yoʻgʻon ichakdan farqini; jigar tuzilishi va topografiyasini; plevra qismlarini; koʻks oraligʻi qismlarini; buyraklar topografiyasini, erkaklar tanosil aʼzolari; ayollar tanosil aʼzolarini koʻrsata olishni bilishi va ulardan foydalana olishi;

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
Kuzgi semestr
1.

Anatomiya moduliga kirish. Odam skeleti haqida umumiy ma’lumot.

  1. . Anatomiya faniga kirish. Anatomiya fanning rivojlanish tarixi.
  2. Anatomiyaning asosiy boʻlimlari. Anatomiyani oʻrganish usullari.
  3. Suyaklarning rivojlanishi (filogenez, ontogenez).
  4. Odam skeleti haqida umumiy maʼlumot.
  5. Skeletning yoshga qarab oʻzgarishi.
2
2.

Kalla suyaklarining umumiy anatomiyasi.

  1. . Kalla suyaklarining tasnifi, filo-ontogenezi.
  2. Kallaning miya qismi suyaklari.
  3. Yuqori va pastki jagʻ suyaklari: rivojlanishi, tuzilishi, suyaklanish nuqtalari, kontroforslar.
  4. Yuz sohasidagi mayda suyaklar.
  5. Yosh bola kalla suyagining tuzilishi. Tugʻilgandan keyin kalla suyagining oʻzgarishi.
  6. Kalla suyaklarini birlashuvlari. Kalla suyaklari choklari.
2
3.

Kalla suyagining topografiyasi. Yosh bola kalla suyagining tuzilishi. Kalla suyaklarini birlashuvlari. Kalla suyaklari choklari.

  1. . Kalla asosi va gumbazi.
  2. Kallaning tashqi asosi.
  3. Kallaning ichki asosi.
  4. Koʻz kosasi. Burun boʻshligʻi.
  5. Chakka chuquri. Chakkaosti chuquri. Qanot-tanglay chuquri.
2
4.

Suyaklarning birlashuvi haqidagi ilm.

  1. Birlashmalarning anatomik va funktsional tasnifi.
  2. Boʻgʻimlarning hosil boʻlish shartlari, asosiy va yordamchi elementlari haqida maʼlumot.
  3. Tana , qoʻ va oyoq suyaklari birlashuvi.
  4. Rentgenosindesmologiya.
2
5.

Mushaklarning tuzilishi va ishining umumiy printsiplari. Tana mushaklari va fastsiyalari, ularning yoshga qarab o‘zgarishi.

  1. Mushaklarning tasnifi.
  2. Mushaklar tuzilishining umumiy printsipi, ularning funktsional anatomiyasi va yoshga qarab oʻzgarishi.
  3. Tana mushaklari va diafragmaning funktsional anatomiyasi.
2
6.

Qo‘l va oyoq mushaklari, ularning yoshga qarab o‘zgarishi.

  1. Qoʻlning kamar mushaklari (elka kamari).
  2. Qoʻlning erkin qismi mushaklari.
  3. Chanoq mushaklari.
  4. Oyoqning erkin qismi mushaklari
  5. Ularning yoshga qarab oʻzgarishi.
2
7.

Bo‘yin mushaklari, fastsiyalari. Ularning yoshga qarab o‘zgarishi. Bo‘yin topografiyasi. Abu Ali Ibn-Sinoning anatomiya fanining rivojlanishiga qo’shgan hissasi.

  1. Boʻyin mushaklari.
  2. Boʻyin uchburchaklari.
  3. Boʻyin fassiyalari.
2
8.

Bosh mushaklari, fastsiyalari. Ularning yoshga qarab o‘zgarishi.

  1. Mimika mushaklari.
  2. Chaynov mushaklari.
  3. Bosh fassiyalari.
2
Bahorgi semestr
9.

Splanxnologiyaga kirish. Xazm a’zolarining umumiy anatomiyasi.

  1. Ichki aʼzolar boʻyicha umumiy malumot.
  2. Ogʻiz boʻshligʻi, xalqum, ularning funktsional va yoshli anatomiyasi.
  3. Ogʻiz boʻshligʻi va unda joylashgan aʼzolarning taraqqiyoti, rivojlanish anomaliyalari.
  4. Qiziloʻngachning funktsional va yoshli anatomiyasi.
2
10.

Tish-jag’ apparatining funtsional va klinik anatomiyasi.Tishlarning umumiy va xususiy anatomiyasi

  1. Tishlar: rivojlanishi, tuzilishi va rivojlanish anomaliyalari. 2.Umumiy tish tuzilishi, yuzalari, tish formulalari, belgilari, periodont va parodont.
  2. Sut va doimiy tishlarning tuzilishi, oʻzaro farqlari, chiqish muddatlari, anomaliyalari.
  3. Tish-jagʻ segmentlari, tish ildizlarining burun boʻshligʻi, yuqori jagʻ boʻshligʻi va pastki jagʻ kanaliga nisbatan joylashuvi.
  4. Prikuslar: fiziologik va patologik turlari, shakllanish xususiyatlari.
2
11.

Qorin bo’shlig’I a’zolarining funktsional anatomiyasi va yoshga oid xususiyatlari. Qorin pardaning klinik anatomiyasi.

  1. . Qorin boʻshligʻi aʼzolari haqida umumiy maʼlumot.
  2. Meʼda. Ingichka va yoʻgʻon ichakning funktsional, topografik va yoshga oid anatomiyasi.
  3. Jigar, oʻt pufagi va meʼda osti bezining funktsional va topografik anatomiyasi, yoshga oid oʻzgarishlari.
  4. Korinpardaning klinik anatomiyasi, boʻshligʻi aʼzolarining topografiyasi. Qorin parda hosilalari: charvi, xaltalar, boylamlar, boʻshliqlar, burmalar va chuqurchalar.
  5. Xazm azolari anomaliyalari.
2
12.

Nafas a’zolarining funktsional va yoshga oid anatomiyasi. Endokrin tizim.

  1. Nafas aʼzolarining funktsional va yoshli anatomiyai.
  2. Plevra, koʻks oraligʻi.
  3. Endokrin tizim. Gipofiz. Epifiz. Jinsiy bezlarning endokrin qismi.
  4. Qalqonsimon, qalqon orqa va ayrisimon bezlar.
  5. Buyrak usti bezi va meʼda osti bezining endokrin qismi.
2
13.

Siydik-tanosil a’zolarining funktsional va yoshli anatomiyasi.

  1. Siydik-tanosil aʼzolarining filo- va ontogenezi, rivojlanish anomaliyalari.
  2. Buyrak: funktsional, topografik va yoshga oid anatomiyasi, siydik xosil boʻlishi, nefron, klinik ahamiyati. Siydik yoʻli, siydik pufagi va siydik chiqarish kanali.
  3. Tanosil aʼzolari. Oraliq sohasi: qismlari, diafragmalarni hosil etuvchi mushaklar, fastsiyalar, klinik ahamiyati.
  4. Siydik-tanosil aʼzolarining va oraliqning rivojlanish nuqsonlari haqida maʼlumotlar.
2
14.

Qon tomirlar tizimini o‘rganishga kirish. Yurakning funktsional va yoshli anatomiyasi. Aorta. Aorta ravog‘i shoxlari. Bosh miyaning qon bilan ta’minlanishi. Qo‘l arteriyalari. Oyoq arteriyalari.

  1. Qon tomirlar tizimi. Yurakning funktsional va yoshli anatomiyasi.
  2. Aorta. Aorta ravogʻi shoxlari.
  3. Bosh miyaning qon bilan taʼminlanishi.
  4. Qoʻl arteriyalari. Qoʻlning qon bilan taʼminlanishi.
2
15.

Ko‘krak va qorin aortasi. Orqa miya va ichki a’zolarni qon bilan ta’minlanishi. Arteriya tizimining yoshga qarab o‘zgarishi.

  1. Koʻkrak aortasi tarmoqlari, aʼzolarni qon bilan taʼminlanishi.
  2. Qorin aortasi tarmoqlari, aʼzolarni qon bilan taʼminlanishi.
  3. Orqa miyani qon bilan taʼminlanishi.
  4. Oyoq arteriyalari. Oyoqning qon bilan taʼminlanishi
2
16.

Vena tizimining funktsional va yoshli anatomiyasi. Limfa va immun tizimining funktsional va yoshli anatomiyasi.

  1. Vena tizimining funktsional va yoshli anatomiyasi.
  2. Kava-kaval, porto-kaval, kava-porto-kaval anastomozlar va ularning klinik ahamiyati.
  3. Limfa va immun tizimining funktsional va yoshli anatomiyasi.
  4. Limfa tugunining tuzilishi.
2
Jami 32
 

 

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
Kuzgi semestr
1.

Skelet haqida umumiy tushuncha. Umumiy osteologiya.  

  1. Skelet haqida umumiy maʼlumot.
  2. Satxlar haqida tushuncha. Boshlangich terminologiya.
  3. Suyaklarning tuzilishi.
  4. Boʻyin, koʻkrak umurtqalari. Bel umurtqalari, ularning yoshga doir xususiyatlari
2
2.

Dumg‘aza va dum umurtqalari, ularning yoshga doir xususiyatlari.  

  1. Dumgʻaza va dum suyagining tuzilishi.
  2. Kifoz, lordoz, skolioz, osteomalyatsiya, osteoporoz.
  3. Umurtqalarda uchraydigan anomaliyalar.
  4. Dumgʻaza va dum suyagining yoshga doir xususiyatlari.
2
3.

Qovurg‘alar, to‘sh suyagi va ko‘krak kafasi, ularning yoshga doir xususiyatlari.  

  1. Qovurgʻalarni xillari va tuzilishi.
  2. Toʻsh suyagi tuzilishi.
  3. Koʻkrak qafasi.
  4. Tuberkulyozga aloqador spondilit.
  5. Tana suyaklari anomaliyasi.
2
4.

Elka kamari va qo‘l erkin qismi suyaklari: tuzilishi, yoshga doir xususiyatlari.  

  1. Qoʻl kamari suyaklari.
  2. Erkin qismi suyaklari.
  3. Yuvenil kifoz (Sheurman kasalligi).
2
5.

Chanoq kamari suyaklari, оyoq erkin qismi suyaklari: tuzilishi va ularning yoshga doir xususiyatlari.  

  1. Chanoq suyagini tuzilishi.
  2. Yonbosh suyagini tuzilishi.
  3. Qov suyagini tuzilishi.
  4. Quymich suyagini tuzilishi.
  5. Son suyagini tuzilishi.
  6. Boldir suyaklarini tuzilishi. Oyoq panja suyaklari.
2
6.

Kalla suyagi umumiy tuzilishi va qismlari. Kalla suyagining miya qismi suyaklari: tepa, peshona suyaklari, ularning yoshga doir xususiyatlari.  

  1. Kalla suyaklarini klassifikastiyasi.
  2. Tepa suyagini tuzilishi.
  3. Peshona, gʻalvir suyagini qismlari va ularning tuzilishi.
  4. Kraniosinostozlar.
2
7.

Kalla suyagi. Kalla suyagining miya qismi suyaklari: ensa va ponasimon suyaklari, ularning yoshga doir xususiyatlari.  

  1. Ensa suyagini qismlari va ularning tuzilishi.
  2. Ponasimon suyak tanasi va oʻsiqlari.
  3. Ponasimon suyakdagi teshik va yoriqlarni ahamiyati..
2
8.

Chakka va g‘alvir suyaklari: tuzilishi, yoshga oid xususiyatlari.  

  1. Chakka suyagi qismlari va ularning tuzilishi.
  2. Chakka suyagining kanallari.
  3. gʻalvirsimon suyak plastinkalari va labirenti.
  4. gʻalvirsimon suyak ahamiyati.
2
9.

Kalla suyagining yuz qismi suyaklari. Yuqori va pastki jag‘ suyagi. Yuz sohasidagi mayda suyaklari.  

  1. Yuqori va Pastki jagʻ suyagi qismlari va ularning tuzilishi.
  2. Yuqori va Pastki jagʻ suyagidagi teshiklarni ahamiyati.
  3. Yuz sohasidagi mayda suyaklar.
  4. Kallaning yuz qism suyaklarida uchraydigan anomaliyalar.
  5. Yuqori jagʻsuyagi boʻshligʻi.
  6. Bell falaji, uch shohli nerv nevralgiyasi.
2
10.

Butun kalla. Kalla suyagini asosi. Kalla topografiyasi.  

  1. Kalla suyagining tashqi asosi.
  2. Kalla suyagining ichki asosi.
  3. Koʻz kosasi va uning devorlari.
  4. Ogʻiz boʻshligʻi va ahamiyati.
  5. Yangi tugʻilgan chaqalloqning kalla suyagi: liqildoqlar, suyaklanish nuqtqlari.
2
11.

Chakka chuqurchasi. Chakka osti chuqurchasi. Qanot-tanglay chuqurchasi.  

  1. Kalla suyagidagi chakka chuqurchasi.
  2. Chakka osti chuqurchasi, devorlari va ahamiyati.
  3. Qanot-tanglay chuqurchasi: devorlari,ochiladigan kanallar, teshiklar va yoriqlar,ularning klinik ahamiyati.
2
12.

Birlashuvlar to‘g‘risida umumiy tushuncha. Sinflanishi. Tana suyaklarini birlashuvi va ularning bolalardagi xususiyatlari.  

  1. Birlashuvlarning sinflanishi.
  2. Qovurgʻalarning toʻsh suyagi bilan birlashuvi.
  3. Qovurgʻalarning umurtqa pogʻonasi bilan birlashuvi.
  4. Boʻgʻimlar biomehanikasi.
2
13.

Kalla suyaklarini birlashuvi va ularning bolalardagi xususiyatlari.  

  1. Kalla suyaklarini birlashuvlari: chok turlari.
  2. CHakka-pastki jagʻ boʻgʻimi.
  3. Boʻgʻimlarining artrografiya, KT, YaMR, MRT larda umumiy koʻrinishi.
2
14.

Elka kamari va qo‘l erkin qismi suyaklarning birlashuvi: xosil bo‘lishi, tuzilishi, xarakat o‘qlari va sathlari.  

  1. Elka kamari suyaklarining birlashuvi.
  2. Elka boʻgʻimi, boylamlari, biomehanikasi.
  3. Tirsak boʻgʻimi, boylamlari, biomehanikasi.
  4. Bilak suyaklarining oʻzaro birlashuvlari.
  5. Qoʻl panjasi suyaklarining birlashuvlari.
2
15.

CHanoq kamari erkin oyoq suyaklarining birlashuvi: xosil bo‘lishi, tuzilishi. xarakat o‘qlari va sathlari. Bo‘g‘imlarining artrografiyasi, KT, YaMR, MRT larda umumiy ko‘rinishi.  

  1. Oyoq kamari suyaklarining birlashuvi.
  2. Butun chanoq.
  3. Chanoq-son boʻgʻimi.
  4. Tizza boʻgʻimi.
  5. Boldir suyaklarining oʻzaro birlashuvlari.
  6. Oyoq panjasi suyaklarining birlashuvlari.
2
16.

Gavdaning orqa guruh yuza va chuqur guruh mushaklari, funktsional va topografik anatomiyasi.  

  1. Muskullarni sinflanishi.
  2. Muskullarni yordamchi apparatlari.
  3. Orqaning yuza guruh mushaklari.
  4. Orqaning chuqur guruh mushaklari.
  5. Mushaklarni yoshga qarab oʻzgarishi.
2
17.

Ko‘krak mushaklari. Diafragma. Ularning yoshga qarab o‘zgarishi.  

  1. Koʻkrakning yuza mushaklari.
  2. Diafragma.
  3. Koʻkrakning autoxton mushaklari.
  4. Koʻkrak fassiyalari.
2
18.

Qorin mushaklari va fassiyalari..  

  1. Qorin mushaklari:oldingi, lateral va orqa guruh mushaklari.
  2. Qorin toʻgʻri mushagini qini.
  3. Chov kanali. : devorlari, halqalari, yoshga qarab oʻzgarishi.
  4. Qorinning oq chizigʻi.
2
19.

Yelka kamari va yelka mushaklari. Bilak mushaklari va fastsiyalari. Qo‘l kafti mushaklari.  

  1. Yelka kamari mushaklari.
  2. Yelkaning oldingi va orqa guruh mushaklari.
  3. Bilak mushaklari va fasssiyalari
  4. Qoʻl kafti mushaklari.
  5. Qoʻl topografiyasi: qoʻltiq osti chuquri,tirsak chuquri.
2
20.

CHanoq va son mushaklari. Boldir va oyoq panjasi mushaklari. Oyoqning sinovial qinlari. Ularning yoshga doir xususiyatlari.  

  1. Chanoq mushaklari.
  2. Son mushaklari.
  3. Boldir mushaklari.
  4. Oyoq panjasining mushaklari.
  5. Oyoq fassiyalari va pay qinlari.
  6. Oyoq topografiyasi: son uchburchagi, lakunalar,yaqinlashtiruvchi kanal, taqimosti chuquri, kanal va egatlar.
2
21.

Bo‘yin mushaklari: tasnifi, topografik va funktsional anatomiyasi. Bo‘yin uchburchaklari, fastsiyalari.  

  1. Boyinning yuza mushaklari.
  2. Boyinning chuqur mushaklari.
  3. Boyinning oʻrta guruh mushaklari.
  4. Boʻyin fassiyalari.
  5. Boʻyin topografiyasi.Boʻyin uchburchakalri.
2
22.

Bosh sohasi mushaklari. Mimika va chaynov mushaklarining xususiyatlari, topografik va funktsional anatomiyasi. Bosh va bo‘yin sohasidagi kletchatka bo‘shliqlari.  

  1. Chaynov mushaklari.
  2. Boshning mimika mushaklari.
  3. Yuzning mimika mushaklari.
  4. Mimika mushaklarini oʻziga xosligi.
2
Bahorgi semestr
23.

Og‘iz bo‘shlig‘i anatomiyasi.  

  1. Milklar: tuzilishi, qismlari, mikl choʻntagi.
  2. Til: tuzilishi, mushaklari va soʻrgʻichlari.
  3. Qattiq va yumshoq tanglay.
  4. Protez oʻrni toʻgʻrisida tushuncha.
  5. Katta va kichik soʻlak bezlari.
2
24.

Tishlarning umumiy anatomiyasi.  

  1. Tishlar: rivojlanishi, tuzilishi va rivojlanish anomaliyalari.
  2. Tish qatori, formulalari.
  3. Tishning umumiy tuzilishi: toj, boʻyin va ildiz qismlarning anatomik xususiyatlari. Tish boʻshligʻi. Tish yuzalari.
  4. Tishning qattiq toʻqimalari: emal, sement va dentinlarning rivojlanishi va tuzilishi..
  5. Periodont va paradont.
2
25.

Tishlarning xususiy anatomiyasi.  

  1. Doimiy kesuvchi, tishlarning anatomiyasi: umumiy tasnifi, chiqish vaqti, xar bir tish turining tuzilishi va ularning oʻzaro farqlari, anomaliyalari.
  2. Qoziq tishlarning anatomiyasi: umumiy tasnifi, chiqish vaqti, xar bir tish turining tuzilishi va ularning oʻzaro farqlari, anomaliyalari.
  3. Katta oziq tishlarning anatomiyasi: umumiy tasnifi, chiqish vaqti, xar bir tish turining tuzilishi va ularning oʻzaro farqlari, anomaliyalari.
  4. Premolyar tishlarning anatomiyasi: umumiy tasnifi, chiqish vaqti, xar bir tish turining tuzilishi va ularning oʻzaro farqlari, anomaliyalari.
2
26.

Sut tishlarning anatomiyasi:  

  1. Umumiy tasnifi.
  2. Tuzilish xususiyatlari.
  3. Chiqish vaqti.
  4. Doimiy tishlardan farqlari, rivojlanish anomaliyalari.
2
27.

Tish-jag‘ segmentlari: segment to‘g‘risida tushuncha, xususiyatlari.  

  1. Burun boʻshligʻi.
  2. Yuqori jagʻ boʻshligʻi.
  3. Pastki jagʻ kanali va ularning doimiy tish ildizlari bilan oʻzaro munosabati.
  4. Prikuslar: turlari va anomaliyalari.
2
28.

Halqum. Pirogov-Valdeyer halqasi, ularning yoshga qarab o‘zgarishi. Qizilungach. Qorin bo‘shlig‘i a’zolari haqida umumiy ma’lumot. Me’da.  

  1. Halqum tuzilishi. Pirogov limfoepitelial halqasi,ahamiyati.
  2. Qiziloʻngach: funktsional va topografik anatomiyasi.
  3. Qorin boʻshligʻida joylashgan aʼzolarning umumiy obzori.
  4. Meʼdaning funktsional va klinik anatomiyasi.
2
29.

Ingichka va yo‘g‘on ichaklarning funktsional va klinik anatomiyasi.  

  1. Ingichka va yoʻgʻon ichaklar tuzilishi.
  2. Ingichka va yoʻgʻon ichaklarni bir-biridan farqlari.
2
30.

Xazm bezlari. Jigar va me’da osti bezi: tuzilishi, klinik ahamiyati. o‘t pufagi va o‘t chiqaruvchi yullar.  

  1. Jigar: tuzilishi, klinik ahamiyati.
  2. Meʼda osti bezi: tuzilishi, klinik ahamiyati.
  3. oʻt pufagi va oʻt chiqaruvchi yoʻllar.
2
31.

Qorin pardaning klinik anatomiyasi.  

  1. Yoʻnalishi, parietal va vistseral varaqlari
  2. Qorinparda boʻshligʻi topografiyasi.
  3. Erkak va ayollar qorin pardasining farqi.
2
32.

Nafas azolari tizimi.  

  1. Tashqi burun.
  2. Burun boʻshligʻi devorini tuzilishi, burun yoʻllari.
  3. Paranazal boʻshliqlar.
2
33.

Kekirdak. Hiqildoq : tuzilishi, bo‘shlig‘i, yoshga doir xususiyatlari, tovush paydo bo‘lishi.  

  1. Kekirdak tuzilishi, ahamiyati.
  2. Xiqildoq togʻaylari,boylamlari, muskullari, boʻshligʻi.
  3. Tovush paydo boʻlishi.
  4. Yoshga doir xususiyatlari.
2
34.

O‘pka: funktsional va topografik anatomiyasi. Bronxlar.  

  1. Oʻpka: funktsional va topografik anatomiyasi.
  2. Bronxlarni boʻlinishi: Bronx daraxti, alveolyar daraxt.
2
35.

Plevra: sinuslari, chegaralari. Ko‘ks oralig‘i. Qalqonsimon va qalqonsimon orqa bezlari. Ayrisimon bez.  

  1. Plevra: sinuslari, chegaralari.
  2. Koʻks oraligʻi.
  3. Qalqonsimon va qalqonsimon orqa bezlari.
  4. Ayrisimon bez.
2
36.

Siydik chiqarish tizimning funktsional va klinik anatomiyasi. Yoshga oid o‘zgarishlari, rivojlanish anomaliyalari.  

  1. Buyrak topografiyasi.
  2. Buyrakni katta va kichik kosalari.
  3. Buyrakni fiksatsiya va fornikal apparati.
2
37.

Siydik chiqarish tizimning funktsional va klinik anatomiyasi. Yoshga oid o‘zgarishlari, rivojlanish anomaliyalari.  

  1. Siydik yoʻli.
  2. Siydik pufagi.
  3. Ayollar va erkaklar siydik chiqarish kanali.
2
38.

Tanosil a’zolarning funktsional va klinik anatomiyasi. Oraliq.  

  1. Ayollar jinsiy tizim anatomiyasi
  2. Erkaklar jinsiy tizim anatomiyasi
  3. Oraliq.
2
39.

Yurakning funktsional va klinik anatomiyasi. Yoshga oid o‘zgarishlari, rivojlanish anomaliyalari. Aorta.  

  1. Yurak topografiyasi.
  2. Yurak kameralari.
  3. Yurakni oʻtkazuvchi sistemasi.
  4. Yurakni qon tomirlari.
  5. Aorta va uning qismlari.
2
40.

Umumiy uyqu arteriyasi, tashqi va ichki uyqu arteriyalari.  

  1. Tashqi uyqu arteriasi tarmoqlari, tishlarni qon bilan taʼminlanishi.
  2. Bosh va orqa miyani qon bilan taminlanishi.
2
41.

Qo‘l arteriyalari, tarmoqlari, pulsatsiya nuqtalari.  

  1. Oʻmrov osti arteriyasi.
  2. Elka arteriyasi.
  3. Bilak va tirsak arteriasi.
  4. Qoʻl kaft sohasini qon bilan taminlanishi.
  5. Qoʻ sohasidagi anastomozlar.
2
42.

Ko‘krak va qorin aortasi: asosiy tarmoqlari, ichki a’zolarni qon bilan ta’minlanishi.  

  1. Koʻkrak aortasini parietal va visceral tarmoqlari.
  2. Qorin aortasini parietal va visceral tarmoqlari.
  3. Ichki azolarni qon bilan taminlanishi.
  4. Orqa miyani qon bilan taminlanishi.
2
43.

Oyoq arteriyalari, tarmoqlari, pulsatsiya nuqtalari.  

  1. Yonbosh arteriyasi.
  2. Son arteriyasi.
  3. Boldir arteriasi.
  4. Oyoq kaft sohasini qon bilan taminlanishi.
  5. Oyoq sohasidagi anastomozlar.
2
44.

Yuqori va pastki kovak venalari, ularning asosiy irmoqlari. Darvoza venasi: topografiyasi, irmoqlari.Yuqori va pastki kovak venani xosil bo‘lishi. Limfa tizimning funktsional va klinik anatomiyasi.  

  1. Vena tizimidagi asosiy anastomozlar.
  2. Darvoza venasini xosil boʻlishi va ahamiyati.
  3. Homilada qon aylanishi.
  4. Limfa tizimning ahamiyati.
  5. Yuza va chuqur limfa tugunlari.
  6. Taloq: tuzilishi, klinik ahamiyati.
2
Jami 88

Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni
1.

Skelet suyaklarining rentgenanatomiyasi.

2.

Skeletning rivojlanish anomaliyalari.

3.

Qo‘l suyaklarining variantli anatomiyasi, rivojlanish nuqsonlari, qo‘l suyaklarining rivojlanishiga ichki va tashqi faktorlarning ta’siri

4.

CHanoq va oyoq suyaklarining yoshga nisbatan xususiyatlari.

5.

Sport va mehnat faoliyatini chanoq va oyoq suyaklariga ta’siri, rivojlanish nuqsonlari.

6.

Kalla suyaklarining rentgenanatomiyasi.

7.

Kalla suyagining yoshi va jin siy tafovutlari.

8.

Bo‘g‘imlar tuzilishiga tashqi va ichki faktorlarni ta’siri.

9.

Bo‘g‘imlarning biomexanikasi.

10.

Birlashmalarning rentgenanatomiyasi.

11.

Rentgen nurlarini o‘rganish tarixi, suyak va bo‘g‘imlar rivojlanishini rentgen nurlari yordamida o‘rganish.

12.

Rentgenoanatomiyada yangi texnologiyalar

13.

Mushaklarning ishi va biomexanikasi.

14.

Lesgaft mushaklar to‘g‘risida ta’limoti.

15.

Sport va mehnat faoliyatini mushaklarning rivojlanishiga ta’siri.

16.

Hazm a’zolarining rentgenanatomiyasi va rivojlanish nuqsonlari.

17.

Tishlarning rentgen anatomiyasi. Prikus va tish taraqqiyotida uchraydigan anamaliyalar.

18.

Nafas olish jarayoni. Nafas a’zolarining rentgenanatomiyasi va rivojlanish nuqsonlari.

19.

Ovoz paydo bo‘lishi mexanizmi.

20.

Siydik ayiruv a’zolarining rivojlanish nuqsonlari.

21.

Erkaklar jinsiy a’zolarining rivojlanish nuqsonlari.

22.

Ayollar jinsiy a’zolarining rivojlanish nuqsonlari.

23.

Moyakning yorg‘oqqa tushish jarayoni va jinsiy a’zolarning rivojlanish nuqsonlari.

24.

Suyak iligi: taraqqiyoti, tuzilishi, vazifasi. Qizil ilik, sariq ilik.

25.

Limfa

26.

Timus tuzilishi,taraqqiyoti va vazifasi.

27.

Yurakning rivojlanish nuqsonlari.

28.

Yurak va qon tomirlar rentgenanatomiyasi.

29.

Arteriyalarning tarqalish qonuniyatlari.

30.

Mikrotsirkulyatsiya haqida tushuncha.

  Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni loyiha ishi, kazus yoki media koʻrinishida topshirishadilar.

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

  1. Mirsharapov U.М., Sodiqova Z.Sh., Ahmedova S.M., Pulatov Х.Х.. Odam anatomiyasi. Darslik. Тoshkent. 2024 y.- 528 bet.
  2. Ahmedov A.G., Mirsharapov O.M., Sagatov T.A., Rasulov H.A. Anatomiya, darslik. Tom I – II.Toshkent. 2018 y. - I jild 432 с. - II jild 416 с.
  3. Сапин М.Р., Никитюк Д.Б., Николенко Б.Н., С.В.Чава. Анатомия человека. Учебник. Toм I – II. Moсква. 2018 г. - I том 464 с. - II том 406 с.
  4. Синельников Р.Д., Синельников Я.Р., Синельников A.Я., Aтлас анатомия человека. Toм I, II, III, IV.Moсква. 2022 г. - I том 488 с, -II том 272 с, - III том 216 с, -IV том 316 с.
  5. Гайворонский И.В.. Нормальная анатомия человека. Tom I – II.Учебник 2024 г. - I том 736с, -II том 496 с.

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. Axmedov A.G., Rasulov X.A. Odam anatomiyasi bolalar anatomiyasi asoslari bilan. Darslik.Tashkent. 2021 g.- 634 bet.
  2. Неттер Ф. Aтлас анатомии человека. 6-e издание, Moсква. 2018 г. – 769 с.
  3. Axmedov N.K. Atlas odam anatomiyasi. Tom I – II.Toshkent 2005 y. - I jild 265 bet. - II jild 257 bet.

7.3. Axborot manbaalari

  • https://www.memorixanatomy.com
  • https://www.anatomystandard.com
  • https://www.academia.edu/116586763/Atlas_of_Human_Anatomy_by_Netter
  • https://meduniver.com/Medical/Anatom/
  • https://anatomylearning.com
  • https://uzsmart.uz/kitoblar/view/7188
  • https://www.studentlibrary.ru/book/ISBN9785970428047.html

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi::

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Loyiha ishi. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot/media/yozma/viziual koʻranishida himoya qiladi. Guruh aʼzolari (komanda) uyushgan holda pedagog-oʻqituvchi tomonidan berilgan topshiriqni bajarib kelishadi. Guruhga qoʻyilgan umumiy ball, har bir aʼzo-talabaga qoʻyilgan individual ball sifatida qayd etiladi.;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individual tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan vazifa (topshiriqlarni) bajarish: konspekt yozish, rasm chizish, lugʻat yozish koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi.;

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi..

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (10 - haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtixon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi..

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida test shaklda olinadi.


8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
Kuzgi semestr
1WorkshopTalabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki102-13 hafta(lar) davomida
2Mustaqil ishTaqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi102-14 hafta(lar) davomida
3Vazifa / topshiriqlarTaqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi52-14 hafta(lar) davomida
4DavomatTalabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.151-15 hafta(lar) davomida
Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish
Jami 40  
Oraliq imtihon (OI)
1. Test Oʻtilgan mavzular boʻyicha tayyorlangan testlar asosida. 20 10-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (YI)
1. Ogʻzaki Barcha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar bʼyicha. 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar: Nazirjonov Orifxoʻja Xusanxoʻja oʻgʻli,
KUAF, Anatomiya, klinik va patalogik anatomiya kafedrasi oʻqituvchisi, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--
Yangi muallif qo'shsh
Elektron pochta: noxwera@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Anatomiya, klinik va patalogik anatomiya kafedrasi
Taqrizchilar:

D.Kosimov - KUAF, Gistologiya, sitologiya va embriologiya kafedrasi mudiri, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--

Z.Kaxarov - Zaveduyusciy kafedroy anatomii i klinicheskoy anatomii AGMI, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--

Yangi taqrizchi qo'shsh
Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, ______ – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Anatomiya, klinik va patalogik anatomiya» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

 

       

(imzo)

Gʻ.Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

F.Turdiyev

Fakultet dekani

(imzo)

M.Saliyeva

Kafedra mudiri

(imzo)

O.Nazirjonov

Fan oʻqituvchisi

Ichki taqriz yuklanmagan
Tashqi taqriz yuklanmagan