Saqlash joyi
KUAF-logo «TASDIQLAYMAN»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I. Gʻ. Mamajonov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Ichki kasalliklar, kasb kasalliklari va harbiy dala terapiyasi

fani boʻyicha sillabus

 

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60910300 - Pediatriya ishi
Oʻqish davomiyligi (yil) 6 Semestr 6
Fan nomi Ichki kasalliklar, kasb kasalliklari va harbiy dala terapiyasi Fan kodi IKKKXDT16-1012
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili Oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    3    Baholash shakli oraliq: Ogʻzaki
joriy: workshop/ talaba mustaqil ishi/ vazifa/topshiriqlar/davomat
yakuniy: Ogʻzaki
Ajratilgan akademik soat hajmi 90 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
38
(aud)
52
(must)
8 30
 

2. Fan maqsadi

Mazkur fanning maqsadi “Ichki kasalliklar, kasb kasalliklari va harbiy dala terapiyasi”fanini oʻqitishdan maqsad – ichki kasalliklar, kasb kasalliklari va harbiy dala terapiyasidan nazariy, uslubiy, amaliy koʻnikmalarni oʻzlashtirish orqali mustaqil ishlashga tayyorlashdir. Shu bilan birga talabalarda terapevtik bemorlarni umumiy parvarishlash, harbiy davrda yuzaga keladigan turli kasalliklarda mustaqil ravishda tekshirish oʻtkazish, tashxis qoʻyish, kechiktirib boʻlmaydigan holatlarda tezkor yordam koʻrsatish, davolash, keng tarqalgan kasalliklarni oldini olish, ishga layoqatliligini bilish asoslarini shakllantirish, kasb kasalliklari tashxisini aniqlash, kasbiy kasalliklarni davolash, kasbiy kasalliklarning turli koʻrinishida reabilitatsiya masalalarini hal etish, shu guruhdagi kasalliklarni oldini olishga qaratilgan profilaktik chora - tadbirlarni ishlab chiqish kabi bilimlarni oʻrgatish.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Tibbiy biologiya. Umumiy genetika (TBUG1106)

2. Odam anatomiyasi (AN11-312 )

3. Tibbiyot kasbiga kirish (TKK1104)

4. Ichki kasalliklar propedevtikasi (15608)

4. Taʼlim natijalari

4.1. Bilimlar jihatidan:     

  • .1. Bilimlar jihatidan:
  • ichki kasalliklar klinikasi, tasnifi, klinik koʻrinishlari, qiyosiy tashxislash, asoratlari, davosi va profilaktikasi boʻyicha bilimlarni shakllantirish; sistema boʻyicha kasallardan anamnez yigish va tekshirishlar oʻtkazish malakasini rivojlantirish; kasallik asosiy klinik mezonlarini aniqlashni oʻrgatish; dastlabki va klinik tashxis qoʻyishni oʻrgatish; tekshirish rejasi, vrach taktikasini tuzish va kompleks davo buyurishga oʻrgatish; laborator va instrumental tekshirish usullari natijalarini interpritatsiya qilishga oʻrgatish; ayrim shoshilinch holatlarda tez yordam berish malakasini rivojlantirish;asosiy tibbiy xujjatlarni oʻrgatish;
  • kasb kasalliklarining nazariy etio-patogenetik asoslari, kasb kasalliklarining barvaqt koʻrinishlarini aniqlash usullari va diagnostik мезонlari, koʻp uchraydigan kasbiy kasalliklarning asosiy klinik sindromlari, kasbiy zaharlanishlarda antidot davolash va boshqa davolash usullari, kasb kasalliklarida mehnat ekspertizasining alohidalik tomonlari haqida bilimlarini egallashi;
  • harbiy dala terapiyasi fani maksad va vazifalarini; taraqqiyoti tarixi; harbiy dala sharoitida kelib chiquvchi kasalliklar va ularning turlari; oshqozon - ichak tizimi kasalliklari va shikastlanishlarini davolashning zamonaviy prinsiplari; nurlanish kasalligi; nurlanish kasalligining turlari va tasnifi; jangovor xolatlarda shikastlanishlari va kasalliklarini davolashning zamonaviy usullarini oʻrganishi kerak.

4.2. Koʻnikmalar jihatidan:

  • Koʻnikmalar jihatidan:
  • bemorlardan anamnestik maʼlumotlarni yigʻa bilish (kasallik va hayot tarixi), .aʼzolar boʻyicha umumiy koʻrikdan oʻtkazish, taxminiy tashxisni asoslash:
  • bemorni tekshirish rejasini tuzish, umumiy klinik laborator tekshiruvlar natijalarini va qon, siydik, balgʻam, axlatning bakteriologik ekma natijalarini interpretatsiya qila olish;
  • Koʻkrak qafasi va qorin boʻshligʻi aʼzolari UTT va rentgenologik tekshiruvlari natijalarini interpretatsiya qila olish; EKG ni olish va oʻqishni bilish;
  • QVP/OP sharoitida OSH kasb kasalliklarini erta tashxislashi; kerakli xujjatlarni tayyorlashi va tashxisni tasdiqlash uchun ixtisoslashgan kasb kasalliklari klinikasiga yuborishnii bilishi;
  • QVP/OP da ishlab chiqarishning zararli va noxush omillari taʼsirida ishlaydigan ishlovchilarning profilaktik tibbiy koʻriklarini oʻtkazish;
  • bemor shikast olgan harakterini, ogʻirlik darajasini, somatik statusini aniqlash;
  • bemorlarni soʻrab-surishtirish, koʻzdan kechirish va klinik tekshirish; birlamchi tibbiy va shifokor yordamni, asosan shoshilinch sharoitda toʻgʻri bajarish; tibbiy evakuatsiya bosqichlarida bemorlarni navbatma-navbat oʻtkazish rejasini tuzish; darmonlar bilan shoshilinch terapevtik davolash muolajalarini oʻtkazish;
  • jaroxat olgan va harbiy sharoitda kasallangan bemorlarni tekshirish, nurlanishlarni klinik belgilari boʻyicha aniqlash, jangovor shikastlarda tibbiy yordamni tibbiy evakuatsiya bosqichlarida yordam berish, gemogramma va boshqa tekshiruvlarni tahlil qila olish, tashxisni toʻgʻri ifodalash, kasallik tarixini yozish malakasiga ega boʻlishi kerak.

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Zotiljam. YUIK. Miokard infarkti.

  1. Zotiljam – etiologiyasi, patogenezi va klinik belgilari
  2. Zotiljam – tashhislash va zamonaviy davolash usullari.
  3. YUIK. – etiologiyasi, patogenezi, tasnifi.
  4. Miokard infarkti – simptomatologiyasi, EKG belgilari, davolash va oldini olish chora-tadbirlari.
2
2.

Gipertoniya kasalligi. Jigar sirrozi

  1. Gipertoniya kasalligi – etiologiyasi, patogenezi va klinik belgilari
  2. Gipertoniya kasalligi – tashhislash va zamonaviy davolash usullari.
  3. Jigar sirrozi. – etiologiyasi, patogenezi, tasnifi.
  4. Jigar sirrozi – simptomatologiyasi, tashxislash, davolash va oldini olish chora-tadbirlari.
2
3.

Kasb kasalliklari fani tarixi.

  1. Ishlab chiqarishdagi zararli omillarining turlari. Kasb kasalliklari tasnifi.
  2. Kasb kasalliklarining diagnostik jihatlari va mezonlari. Kasb kasalliklarini davolash va profilaktik chora-tadbirlari.
  3. Kasb kasalliklarining oldini olishda profilaktik tibbiy koʻriklarning ahamiyati.
  4. Kasb kasalliklarida vrachlik mehnat ekspertizasining asosiy mezonlari. Normativ xujjatlar. Ishlab chiqarish changi taʼsiridan rivojlangan kasb kasalliklari
2
4.

“Harbiy dala terapiyasi” fanining mazmuni, predmeti va metodi, mohiyati, uning maqsadi va vazifalari

  1. Harbiy sharoitda terapevtik yordam.
  2. Urush va tinchlik davrida radiatsion zararlanish.
  3. Surunkali nurlanish kasalligi va oʻq otar jarohatlar
  4. Harbiy sharoitda hayotga havf soluvchi holatlar.
2
Jami 8
 

 

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va rejalar soatlar hajmi
1.

Zotiljam. Bronxial astma  

  1. Zotiljam – etiologiyasi, patogenezi va klinik belgilari.
  2. Zotiljam - tashxis turlari va usullari. Zamonaviy davolash mezonlari
  3. Bronxial astma - etiologiyasi, patogenezi va klinik belgilari.
  4. Bronxial astma - tashxis turlari va usullari. Zamonaviy davolash mezonlari
2
2.

Ateroskleroz. Yurak ishemik kasalligi – miokard infarkti, stenokardiya.  

  1. Ateroskleroz – etiologiyasi, patogenezi va klinik belgilari.
  2. Yurak ishemik kasalligi - etiologiyasi, patogenezi va klinik belgilari. Zamonaviy davolash mezonlari.
  3. Miokard infarkti - etiologiyasi, patogenezi va klinik belgilari. Zamonaviy davolash mezonlari
  4. Stenokardiya – etiologiyasi, patogenezi, klinikasi va tashxislash va davolash mezonlari
2
3.

Yurak revmatik kasalligi. Yurakning tug‘ma va orttirilgan nuqsonlari.  

  1. Yurak revmatik kasalligi – etiologiyasi, patogenezi va klinik belgilari.
  2. Yurak revmatik kasalligi - tashxis turlari va usullari. Zamonaviy davolash mezonlari
  3. Yurak tugʻma nuqsonlari - etiologiyasi, patogenezi va klinik belgilari. Zamonaviy davolash mezonlari.
  4. Yurak orttirilgan nuqsonlari - etiologiyasi, patogenezi va klinik belgilari. Zamonaviy davolash mezonlari
2
4.

Gipertoniya kasalligi. Yurak ritmi buzilishi - aritmiyalar.  

  1. Gipertoniya kasalligi – etiologiyasi, patogenezi va klinik belgilari.
  2. Gipertoniya kasalligi - tashxis turlari va usullari. Zamonaviy davolash mezonlari
  3. Aritmiyalar - etiologiyasi, patogenezi va klinik belgilari.
  4. Aritmiyalar - tashxis turlari va usullari. Zamonaviy davolash mezonlari
2
5.

Gastritlar. Oshqozon va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi.  

  1. Gastritlar – etiologiyasi, patogenezi va klinik belgilari.
  2. Gastritlar - tashxis turlari va usullari. Zamonaviy davolash mezonlari
  3. Yara kasalligi - etiologiyasi, patogenezi va klinik belgilari.
  4. Yara kasalligi - tashxis turlari va usullari. Zamonaviy davolash mezonlari.
2
6.

Gepatitlar. Jigar sirrozi. Jigar yetishmovchiligi  

  1. Gepatitlar – etiologiyasi, patogenezi va klinik belgilari.
  2. Gepatitlar - tashxis turlari va usullari. Zamonaviy davolash mezonlari
  3. Jigar sirrozi - etiologiyasi, patogenezi va klinik belgilari. Zamonaviy davolash mezonlari.
  4. Jigar yetishmovchiligi etiologiyasi, patogenezi va klinik belgilari. Zamonaviy davolash mezonlari
2
7.

Piyelonefrit. Glomerulonefrit. Buyrak yetishmovchiligi  

  1. Oʻtkir va surunkali piyelonefrit – etiologiyasi, patogenezi va klinik belgilari. Zamonaviy davolash mezonlari
  2. Oʻtkir va surunkali glomerulonefrit - etiologiyasi, patogenezi va klinik belgilari. Zamonaviy davolash mezonlari
  3. Oʻtkir va surunkali buyrak yetishmovchiligi – klinikasi, tashxis turlari va usullari. Zamonaviy davolash mezonlari
2
8.

Kamqonliklar. Gemorragik diatezlar. Leykozlar.  

  1. Kamqonlik – etiologiyasi, patogenezi va klinik belgilari.
  2. Kamqonlik - tashxis turlari va usullari. Zamonaviy davolash mezonlari
  3. Leykozlar - etiologiyasi, patogenezi va klinik belgilari. Zamonaviy davolash mezonlari.
  4. Gemorragik diatezlar - etiologiyasi, patogenezi va klinik belgilari. Zamonaviy davolash mezonlari
2
9.

Qandli diabet. Tireotoksikoz. Gipotireoz.  

  1. Qandli diabet – etiologiyasi, patogenezi va klinik belgilari. Zamonaviy davolash mezonlari
  2. Tireotoksikoz - etiologiyasi, patogenezi va klinik belgilari. Zamonaviy davolash mezonlari.
  3. Gipotireoz - etiologiyasi, patogenezi va klinik belgilari. Zamonaviy davolash mezonlari.
2
10.

Biriktiruvchi to‘qima diffuz kasalliklari. Revmatoiz artrit. Tizimli qizil bo‘richa (SKV). Tizimli sklerodermiya.  

  1. Revmatoid artrit – etiologiyasi, patogenezi va klinik belgilari. Zamonaviy davolash mezonlari
  2. Tizimli qizil boʻricha - etiologiyasi, patogenezi va klinik belgilari. Zamonaviy davolash mezonlari.
  3. Tizimli sklerodermiya - etiologiyasi, patogenezi va klinik belgilari. Zamonaviy davolash mezonlari.
2
11.

O‘tkir allergik reaksiyalar. Anafilaktik shok. Kvinke shishi  

  1. Oʻtkir allergik reaksiyalar – etiologiyasi, patogenezi va klinik belgilari. Zamonaviy davolash mezonlari
  2. Anafilaktik shok - etiologiyasi, patogenezi va klinik belgilari. Zamonaviy davolash mezonlari.
  3. Kvinke shishi - etiologiyasi, patogenezi va klinik belgilari. Zamonaviy davolash mezonlari.
2
12.

Ishlab chiqarishdagi zararli omillarining turlari. Kasb kasalliklari tasnifi. Kasb kasalliklarining diagnostik jihatlari va mezonlari.  

  1. Kasb kasalliklarini davolash va profilaktik chora-tadbirlari. Kasb kasalliklarining oldini olishda profilaktik tibbiy koʻriklarning ahamiyati.
  2. Kasb kasalliklarida vrachlik mehnat ekspertizasining asosiy jihatlari. Normativ xujjatlar.
  3. Ishlab chiqarish changi taʼsiridan rivojlangan kasb kasalliklari
2
13.

Ishlab chiqarishning fizik omillari ta’siridan rivojlangan kasb kasalliklari  

  1. Sanoatda ishlatiladigan kimyoviy moddalardan (qoʻrgʻoshin, simob, organik erituvchilar) zaharlanish.
  2. Pestitsidlarlardan oʻtkir va surunkali zaharlanish.
  3. Zararli sharoitlarda ishlaydigan ishchilarning dastlabki va davriy tibbiy koʻriklarini tashkil qilish va oʻtkazish.
  4. Kasb kasalliklarida vrachlik mehnat ekspertizasi
2
14.

Harbiy sharoitda terapevtik yordam. Radiatsion zararlanish  

  1. Harbiy dala sharoiti haqida umumiy tushuncha. Harbiy sharoitda yaradorlarga terapevtik yordam koʻrsatish tartibi va bosqichlari.
  2. Terapevtik yordamga muxtoj boʻlgan bemorlarni asosiy kontingenti. Terapevtik sohadagi yaradorlarni saralashni oʻziga xos tomonlari.
  3. Urush va tinchlik davrida radiatsion zararlanish. Radiatsion nurlanishlarni klinik klassifikatsiyasi.
  4. Oʻtkir nurlanish kasalligi: patogenez, klinik koʻrinishlari, klinik bosqichlari, ogʻirlik darajasiga xos diagnostik mezonlari. Davolash mezonlari. 2
2
15.

O‘qotar jarohatlar. Harbiy sharoitda hayotga havf soluvchi holatlar. Urush va tinchlik davrda uzoq ezilish sindromi va zaharlanishlar.  

  1. Oʻqotar jarohatlarda ichki aʼzolar kasalliklari. Oʻqotar jarohatlarda ichki aʼzolar kasalliklarida va profilaktikasida terapevtlarning oʻrni va vazifalari.
  2. Yaradorlarda hayotga havfli holatlar xarakteristikasi va ularda harbiy dala sharoitida zudlik bilan koʻrsatiladigan terapevtik yordam jihatlari (oʻtkir yurak-tomir yetishmovchiligi, oʻtkir buyrak yetishmovchiligi, oʻtkir psixomotor qoʻzgʻalish).
  3. Harbiy sharoitda hayotga havf soluvchi holatlar klinik belgilari, aniqlash, shoshilinch yordam koʻrsatish mezonlari.
  4. Uzoq ezilish sindromi boskichlari, klinikasi va davolash. Oʻtkir zaxarlanishlar. Etiopatogenez, klinika, tashxislash, davolash mezonlari.
2
Jami 30

Seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Seminar oʻtish nazarda tutilmagan

Laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda Laboratoriya oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni
1.

Pnevmoniya - klinikasi, tashxislash va davolash usullari.

2.

Bronxial astma – klinikasi, kechishi, tashxislash va davolash

3.

Miokard infarktidan keyingi kardioskleroz - klinikasi, tashxislash va davolash usullari

4.

Miokarditlar - klinikasi, tashxislash va davolash usullari

5.

Aritmiyalar – EKG dagi o‘zgarishlar

6.

Surunkali toshli xolesistit klinikasi, tashxislash va davolash usullari.

7.

Qandli diabetda surunkali buyrak yetishmovchiligi: klinikasi, tashxislash va davolash usullari

8.

Surunkali buyrak kasalligi klinikasi, tashxislash va davolash usullari

9.

Surunkali miyeloleykoz simptomatologiyasi

10.

Vibratsiya (tebranish) kasalligi - klinikasi, tashxislash va davolash usullari

11.

Pnevmokoniozlar - klinikasi, tashxislash va davolash usullari

12.

Silikozlar - klinikasi, tashxislash va davolash usullari

13.

Jarohatlanganlarda ichki a’zolar kasalliklarini davolash va oldini olishda terapevtlarning maqsad va vazifalari

14.

Kuyish kasalligining terapevtik aspektlari

15.

O‘tkir zaxarlanishlarda terapevtik yordam tamoyillari

  Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni taqdimot slaydlar, tahliliy maʼlumot, tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish, maqola, tezislar va maʼruza tayyorlash, amaliy mazmundagi nostandart masalalarni yechish va ijodiy ish koʻrinishida topshiradi.

 

 

7. Foydalanilgan adabiyotlar:

7.1. Asosiy adabiyotlar

  1. Gadayev A.G. Ichki kasalliklar propedevtikasi Darslik. (2 tom). Toshkent: Muharrir nashriyoti. 2021. – 807 bet.
  2. Моисеев В.С., Мартынов А.И., Мухин Н.А. Внутренние болезни (на рус.яз.) Учебник на 2х томах. Москва. М: Геотар-Медиа. 2020 г. – 951 стр.
  3. Maxmudova Sh.K. Kasb kasalliklari. Darslik Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2011 y. – 494 bet.
  4. Н.А. Мухин, В.В. Косарев, С.А. Бабанов, В.В. Фомин Профессиональные болезни (на рус.яз.) Москва. М: Геотар-Медиа Учебник. 2016 г. – 512 стр.
  5. Babadjanov A. S., Babadjanova Sh. А., Kadomtseva L.V., Harbiy-dala terapiyasi, Darslik. Тoshkent. 2020 у 124 bet.
  6. Бабаджанов А.С., Бабаджанова Ш.А., Кадомцева Л.В., Военно-полевая терапия. Учебник. Ташкент. 2020 г 130 стр.

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar

  1. Внутренние болезни по Девидсону. Учебное пособие (перевод с английского под редакцией акад. РАМН Ивашкина В.Т.) (5 томов). М: Геотар Медиа. 2023.
  2. Maxmudmuradova N.N. Kasb kasalliklari. Darslik..Samarqand. 2025 y 180 bet.
  3. Михайлов В.Г. Ҳарбий дала терапиясидан қўлланма. Тошкент. Ибн Сино нашриёти. 1994 й. 37 бет.

7.3. Axborot manbaalari

  • www.tma.uz
  • www.ziyonet.uz
  • www.medlincs.ru
  • www.medbook.ru

 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash (JB), Oraliq imtihon (OI), Yakuniy imtihon (YI).

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi;

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / hisobot / dastur koʻranishida himoya qiladi;

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi;

- Davomat. Talabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (10-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi.

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtixonlar haftasida ogʻzaki shaklda olinadi.


8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti (boshlanishi – tugashi)
Joriy baholash (JB)
Kuzgi semestr
1WorkshopTalabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki52-13 hafta(lar) davomida
2Mustaqil ishTaqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi104-14 hafta(lar) davomida
3Vazifa / topshiriqlarTaqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi104-13 hafta(lar) davomida
4DavomatTalabaning amaliy dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.154-13 hafta(lar) davomida
Joriy baholash uchun maʼlumot qoʻshish
Jami 40  
Oraliq imtihon (OI)
1. Ogʻzaki Oraliqqacha oʻtilgan mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha 20 10-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon (YI)
1. Ogʻzaki Oʻtilgan mavzular yuzasidan amaliy va nazariy savollar boʻyicha 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (feyl), akademik qarzdor hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa;
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa;
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa;
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa;
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa;
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni toʻliq oʻzlashtirgan boʻlsa;
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa;
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa;

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa;
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa;
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa;
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa;
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa;
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa.

c) qoniqarli (C, С+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa;
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa;
  • bayon qilish ravon boʻlmasa;
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa.

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa;
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa;
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa;
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa;
  • fanni bilmasa.

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi.

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi.

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas.

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi.

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno.

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi.

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi.

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar: Abdilxayeva Zuxraxon Adxamjonovna,
KUAF, Klinik fanlar kafedrasi dotsenti, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--
Yangi muallif qo'shsh
Elektron pochta: chess_genius@mail.ru
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Klinik fanlar kafedrasi
Taqrizchilar:

G.Qutlikova - KUAF, Klinik fanlar kafedrasi mudiri, dotsent, PhD:

X.Musashayxov - Kafedra mudiri, --ilmiy darajasini kiriting, masalan, t.f.f.d (PhD) (bor bo'lsa)--

Yangi taqrizchi qo'shsh
Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Chorshanba-juma, soat 15.00 – 17.00, 103 -xona

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025 yil ______________ dagi ____ - sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Klinik fanlar» kafedrasining 2025 yil _________________ dagi _____ - sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 

 

       

(imzo)

Gʻ.Xolbutayev

Akademik ishlar departamenti boshligʻi

(imzo)

F.Turdiyev

Fakultet dekani

(imzo)

G.Qutlikova

Kafedra mudiri

(imzo)

Z.Abdilxayeva

Fan oʻqituvchisi

Ichki taqriz yuklanmagan
Tashqi taqriz yuklanmagan